Muzaffarov Firdavs Fuzayl o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasini ishlash samaradorligini oshirish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2898
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Xujakulov Saydulla Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba mahalliy va kompozit materiallardan tayyorlangan shamol g‘ildiragi parraklari tashqi sirti α burchak ostida joylashtirilgan hamda vertikal plastinkalar bilan qoplangan, parraklarni vtulka bilan bog‘lab turuvchi tayanchlarda statik holatda ochiq turadigan yordamchi yuzalar o‘rnatilgan, kichik tezlikli shamol oqimlarida ishlash samaradorligi 3…8 foizgacha oshirilgan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi ishlab chiqilgan (№ FAP 02138, 2022 y.);
shamol oqimi tezligining o‘zgarishi, turbinaning diametri, parraklarining soni va balandligi, aerodinamik sirt uzunligi, parraklarning aylana urinmasiga nisbatan og‘ishi va parraklarga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘tarish va tortish kuchlarini hisobga olgan holda, balans tenglamalari asosida shamol energetik qurilmasining shamol energiyasidan foydalanish koeffisientini hisoblash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
shamol turbinasining konstruktiv va yordamchi yuzalarining geometrik o‘lchamlari, unga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘tarish hamda tortish kuchlari, parraklar soni, shamol oqimining parrakka urilish burchagi, shamol energiyasidan foydalanish koeffisientini optimal qiymatlarini hisobga olgan holda, konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kichik tezlikli shamol oqimlarida ham ishonchli ishlaydigan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasining parraklari soni, shamol oqimining tezligini hisobga olgan holda shamol energiyasidan foydalanish va ildamlilik koeffisientlarining egri chiziqli qonuniyat asosida o‘zgarishini ifodalaydigan empirik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasining ishlash samaradorligini oshirish hamda joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik tezlikli shamol oqimlarida samarali ishlashga moslashtirilgan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№ FAP02138, 2022-yil 31-oktyabr). Natijada qurilmaning shamol energiyasidan foydalanish koeffisienti (Cp)ni 3...8 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
kichik tezlikli shamol oqimlarida ishlovchi vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasining konstruksiyasi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi № 04-13-6286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shamol tezligi 2,5-12 m/s bo‘lgan oraliqda ham elektr energiyasini ishlab chiqarish 3,1 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilib, energiya ta’minoti uzlyuksizligini ta’minlashga erishilgan;
ishlab chiqilgan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Amirxon bog‘bon” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi № 04-13-6286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki yonuv generatoriga nisbatan yillik 75,8 million so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.