Dalmuradova Nargiza Nurillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikaning iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya tizimlaridan samarali foydalanishni baholash va bashoratlash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2894.
Ilmiy rahbar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Aliev Rayimjon Usmanovich, texnika fanlari doktori, pforessor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan energiya tizimlaridan samarali foydalanishni energetik xavfsizligi tamoyillarini hisobga olgan holda baholash va bashoratlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p mezonli qarorlar hamda omillarni tahlil qilish usullari asosida mamlakat energetik xavfsizlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ratsional foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlangan va asoslangan;
ilk bor, 7 blok va 29 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lgan va mamlakat energiya balansi tuzilmasida qayta tiklanuvchi energiya ko‘rsatkichlari hamda suv zahiralari va ularning energetika sohasidagi ulushi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan energetik xavfsizlik darajasini baholash uslubiyoti taklif qilingan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan va tarmoqqa ulangan energiya tizimlaridan foydalanish orqali obektning elektr ta’minoti tizimidagi an’anaviy energiya resurslari o’rnini samarali qoplash koeffisientini baholash uslubiyoti, ularning yagona elektr energetika tarmog‘iga salbiy oqibatlarsiz ulanish ko’rsatkichini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
abonent energiya iste’moli yuklamasi hamda energetik xavfsizlik mezonlari ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiga ega gibrid mobil quyosh-yoqilg‘ili elektr stansiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. 
Energetik xavfsizlik mezonlarini hisobga olgan holda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan energiya tizimlaridan samarali foydalanishni baholash bo’yicha olingan natijalar asosida:
qayta tiklanuvchi energietika sohasi uchun taklif qilingan rivojlanish ssenariysi va modelidan (NR Avezova, NN Dalmuradova et al. Renewable energy: Scenario and model of development. Applied Solar Energy, 2019, Vol.55, No.5, p.438-445) foydalanish asosida, FEZ shahri (Marokash) iqlim sharoitida issiqxona dizaynini maqbul tanlash asosida energiyani tejash salohiyatini baholash amalga oshirilgan (Abdellah Mechaqrane, Laila Ouazzani Chahidi. Energetic and economic analysis for improving greenhouse energy efficiency. Journal of Energy Systems, 2021, #3 p.296–305), quyosh enerhetikasiga sarmoya kiritishning innovatsion strategiyasi belgilab olingan (Ya-xiong Li et al. Analyzing TRIZ-based strategic priorities of customer expectations for renewable energy investmens with interval type-2 fuzzy modeling. Energy Repors, Volume 7, 2021, p 95-108), shuningdek, quyosh energiyasi asosidagi energiya tizimlarini tarmoqqa integratsiyalash istiqbollari sinxron o‘zgartirgich asosidagi energiya saqlash tizimi modeli misolida o‘rganilgan (Kah Yung Yap, He Yue Hon & Charles R. Sarimuthu. Grid Integration of Solar Power System Using Synchronverter-Based Energy Storage System. Applied Solar Energy, 2022, Volume 58, p. 444–457).
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyosh elektr stansiyalaridan foydalanishning texnik salohiyatini aniqlash dasturi (DGU 28439) ishlab chiqilgan va “Mir SOLAR” MChJ da quyosh energiyasiga asoslangan turli quvvatlardagi energiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash va ishlab chiqarish quvvatlarini bashoratlashda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” tomonidan 2023 yil 24-noyabrda berilgan 04-3/163-sonli ma’lumotnoma). Natijada energiya tizimi samaradorligining bashorat ko‘rsatkichlarini 10% dan yuqori darajaga oshirish imkonini bergan.
Mobil avtonom-gibrid quyosh-yoqilg‘ili elektr stansiyasi (SAP 02263) ishlab chiqilgan va “Mir SOLAR” MChJ da texnik sinovdan o‘tkazilgan (“Mir SOLAR” MChJ tomonidan 2023 yil 23-noyabrda berilgan 37/11-sonli ma’lumotnoma). Natijada, oilaning asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun bir yilda 3338,29 kW∙soat elektr energiyasi bilan ta’minlash, 387 Nm3 tabiiy gaz va 0,96 t ko‘mirni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish