Turakulov Otabek Xolmirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “So‘z birikmalari tuzilishini avtomatlashtirilgan tahlil qilish uchun TexMining usul va algoritmlarini ishlab chiqish (o‘zbek tili misolida)”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T586
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Babomuradov Ozod Juraevich    texnika fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanova, texnika fanlari doktori, dotsent; Mamaraufov Odil Abdixamidovich,  texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Matnli ma’lumotlarni tahlillash va tasniflash uchun ma’lumotlarni intellektual tahlillash model va algoritmlarini hamda dasturiy vositasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
matnli ma’lumotlarni tasniflash samaradorligini oshirishning mantiqiy-semantik modeliga asoslangan gapning rolli tuzilmasini aniqlash algoritmini ishlab chiqilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar matnli ma’lumotlarni tahlillashning hissiy ajratish modeli ishlab chiqilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar matnli ma’lumotlariga ishlov berish hamda tasniflash algoritmlari ishlab chiqilgan;
matnli ma’lumotlarda hissiy tahlillashni amalga oshirish uchun tasniflashning neyron tarmoqlarga asoslangan model va algoritmlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: So‘z bririkmalarini avtomatlashtirilgan tahlil qilish uchun TextMining usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarni amaliy qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
 “Jizzax ovozi” Jizzax shahar hokimligi va xalq deputatlari kengashi gazetasining ijtimoiy tarmoqdagi elektron axborot-resurslaridagi turli ko‘rinishdagi postlar, yangiliklar va turli xabarlar, ularga bildirilgan fikr-mulohazalarning hissiy ta’luqliligini tasniflash masalalarini hal etishda joriy qilingan bo‘lib, yozishmalar tahliliga ketadigan vaqtni 50% ga qisqartirish imkonini bergan holda, ish samaradorligini 12-15%ga oshirdi;
Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan usul va algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “OILA VA XOTIN QIZLAR” ilmiy-tadqiqot instituti “Mahalla va oila” nashriyotida elektron kontentlarni tasniflash va tahlil qilish uchun taqdim etilgan. Dasturiy vosita matnli hujjatlarga dastlabki ishlov berish va normallash orqali hujjatlarni yuqori aniqlikda tasniflashni ta’minlamoqda. O‘zbek tilidagi matnli hujjatlarnitahlil qilish samaradorligini 15-17% ga osahirishga imkon berdi;  
O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi (avvalgi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi) huzuridagi “Ta’lim muassalarida elektron ta’limni joriy etish” markazida elektron axborot-resurslaridagi turli ko‘rinishdagi postlar, yangiliklar va turli xabarlar, ularga bildirilgan fikr-mulohazalarning hissiy ta’luqliligini tasniflash masalalarini hal etishda joriy qilingan bo‘lib, yozishmalar tahliliga ketadigan vaqtni 50% ga qisqartirish imkonini bergan holda, ish samaradorligini 12-15%ga oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish