Tohirov Shuhrat Niyoz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yirik soliq to‘lovchilarning investisiyaviy faolligini soliqlar orqali rag‘batlantirish”. 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2007
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilarning investisiyaviy faolligini soliqlar orqali rag‘batlantirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlari tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan milliy va chet ellik yuridik shaxslarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlari to‘liqligicha Respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilarning ro‘yxatini shakllantirish hamda tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda tovar (xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng hamda undan yuqori miqdordagi qismiga foyda solig‘ining tabaqalashgan stavkasini qo‘llash taklifi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartibni tatbiq etish orqali soliq yukini kamaytirish taklifi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi va uning xaridorlarining mazkur davr uchun ortib jo‘natilgan tovar (xizmat)lar uchun to‘langan QQSni hisobga olish huquqini cheklash orqali soliq qonunchiligiga zid kelmaydigan faoliyatlarni rag‘batlantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yirik soliq to‘lovchilarning investisiyaviy faolligini soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan milliy va chet ellik yuridik shaxslarni kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020 yil 10 yanvardagi 3172-1-son bilan ro‘yxatga olingan “Yuridik shaxslarni yirik solik to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 15-14323-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yirik solik to‘lovchilar toifasiga kiritishni osonlashtirish va jahon amaliyotidagi tamoyillarga yaqinlashtirish imkoni yaratilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlari to‘liqligicha Respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilarning ro‘yxatini shakllantirish hamda tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda tovar (xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng hamda undan yuqori miqdordagi qismiga foyda solig‘ining tabaqalashgan stavkasini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-471-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 15-14323-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatini shakllantirish va yirik soliq to‘lovchilarga sohalar xususiyatidan kelib chiqqan holda foyda solig‘ining differensiyalangan stavka amaliyotda qo‘llash imkoni yaratilgan.
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartibni tatbiq etish orqali soliq yukini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-471-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 15-14323-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida 14 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar qolishiga imkon yaratilgan;
yirik soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi va uning xaridorlarining mazkur davr uchun ortib jo‘natilgan tovar (xizmat)lar uchun to‘langan QQSni hisobga olish huquqini cheklash orqali soliq qonunchiligiga zid kelmaydigan faoliyatlarni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 2661-moddasida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 15-14323-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgan, xufiyona faoliyat bilan shug‘ullangan, shubhali deb topilgan va soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarning maxsus guvohnomalari to‘xtatilib turgan davr uchun ular tomonidan ortib jo‘natilgan tovar (xizmat)lar uchun to‘langan QQSni hisobga olish huquqini cheklash orqali soliq to‘lovchilarni to‘g‘ri ishlashga undash imkoni yaratilgan.