Akbarov Behzodxon Ulug‘bek o‘g‘lining
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3464.
Ilmiy rahbarlar: Tursunov Bobir Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.31/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Dilmurod Ikromovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta`minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tashqi muhitining o‘zgarishi sharoitida kreditorlik va debitorlik qarzdorliklarini optimallashtirish hamda davr xarajatlarini qisqartirishga komplaens-nazorat bo‘limining moliyaviy xavflarni aniqlash hamda barqarorlikni ta’minlashga oid vakolatlarini kengaytirish asosida erishish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida moliyaviy xavfsizligi darajasining “past” [0,1 – 0,5], “o‘rtacha” [0,51 – 0,75], “yuqori” [0,75 – 1,0] chegaralarida moliyaviy barqarorlikka xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlash asosida ularni minimallashtirishning tegishli iqtisodiy shartlari taklif etilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyaning ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash talablari asosida O‘zbekiston tijorat banklaridagi depozitlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘ining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tashqi muhitining o‘zgarishi sharoitida kreditorlik va debitorlik qarzdorliklarini optimallashtirish hamda davr xarajatlarini qisqartirishga komplaens-nazorat bo‘limining moliyaviy xavflarni aniqlash hamda barqarorlikni ta’minlashga oid vakolatlarini kengaytirish asosida erishish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-Qurilish banki» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston Sanoat-Qurilish banki» AJning 2023 yil 1 dekabrdagi 25-09/8630-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 13 fevraldagi 19-21/64-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zbekiston Sanoat-Qurilish banki» AJda 2022 yil yakuni bilan debitorlik va xarajatlarni optimallashtirish asosida kreditorlik qarzlarini 3,4 foizga kamaytirish, davr xarajatlarini 4,5 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
Tijorat banklarida faoliyat moliyaviy xavfsizligi darajasining “past” [0,1 – 0,5], “o‘rtacha” [0,51 – 0,75], “yuqori” [0,75 – 1,0] chegaralarida moliyaviy barqarorlikka xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlash asosida ularni minimallashtirishning tegishli iqtisodiy shartlaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston Sanoat-Qurilish banki» AJning 2023 yil 1 dekabrdagi 25-09/8630-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 13 fevraldagi 19-21/64-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zbekiston Sanoat-Qurilish banki» AJning moliyaviy xavfsizlik darajasi baholanib, moliyaviy barqarorligiga xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlangan, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
O‘zbekistonda tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyaning ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 13 fevraldagi 19-21/64-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.
Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash talablari asosida O‘zbekiston tijorat banklaridagi depozitlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘ining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 13 fevraldagi 19-21/64-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Respublika bo‘yicha 2022 yilda 2021 yilga nisbatan muammoli kreditlar miqdorini 9,8 foizga kamaytirish hamda depozitlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘ining uzoq muddatli istiqbolda o‘zgarish dinamikasini baholash imkoni yaratilgan.