Sulaymonov Abduraxmon Maxamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat changli gazlarini tozalovchi qurilma konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3256.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Choriev Abdusattor, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chang tezligi, suyuqlik sarfi va tarelka teshigi diametri hamda uning qurilmaga o‘rnatilish qiyalik burchagining maqbul qiymatlarini tanlash bilan chiquvchi gazlar va mayda zarrachali chiqindilardan tozalovchi tarelkali skrubberni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli taxlil asosida superfosfat changini tozalash jarayoni uchun tarelkali skrubberning takomillashgan konstruktiv sxemasi ishlab chiqilib, umumiy gidravlik qarshiligi va ishchi organlarining qarshilik koeffisientini hisoblovchi tenglama asoslangan;
tarelkali skrubber o‘zgaruvchi parametrlarining turli qiymatlari uchun gidrodinamik rejimlar isbotlanib, o‘rnatilgan tarelkalarning qarshilik koeffisientlarini hisoblovchi empirik tenglama asoslangan;
superfosfat changi zarrachalarining o‘rtacha median o‘lchami d50=12,3 mkm bo‘lganda, skrubberning tozalash samaradorligi 99,92 % ni tashkil etishi asoslangan;
qurilmaga kirishdagi chang tezligi 14,6 m/s bo‘lganda tozalash samaradorligi mavjud ho‘l usulda tozalovchi skrubberga nisbatan 6,03 % ga yuqori, 1 m3 havoni tozalash uchun 2 barobar kam suyuqlik sarflanishi isbotlangan;
chang zichligi ρ=1,29 kg/m3 υchang=7,4÷28,8 m/s, tarelkali elakning qurilmaga o‘rnatilish burchagi β= 15; 30 va 45 maqbul qiymatlari aniqlanib, chiquvchi gazlar va mayda zarrachali chiqindilardan tozalovchi tarelkali skrubber takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chiquvchi gazlar va mayda zarrachali chiqindilardan tozalovchi tarelkali skrubberni gidravlik qarshilik, yuqori tozalash samaradorligini ta’minlovchi parametrlarini maqbullashtirish bilan takoimllashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
superfosfat mineral o‘g‘iti olish jarayoni changni tozalovchi tarelkali skrubber bilan takomillashgan texnologiyasi «Farg’onaazot» AJda ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7-dekabiridagi 03-02/7-3351-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘it changini 99,6691 % tozalash, tozalash suyuqligini 2 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
barabanli granulyator-quritgichda hosil bo‘ladigan o‘g‘it changini tozalashning takomillashgan texnologiyasi «Farg’onaazot» AJda ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7-dekabiridagi 03-02/7-3351-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud skrubberga nisbatan tozalash samaradorligi 6,03 % oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish