Fozilov Sherzod Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati sharoitida soya navlarining bioekofiziologiyasi va etishtirish asoslari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B607.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudoyberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mo‘tadil va cheklangan tuproq namligi sharoitida istiqbolli xorijiy va mahalliy soya navlarining bioekofiziologiyasi, hosildorligiga uni etishtirish sharoitlarining ta’sirini asoslash va soha yo‘nalishiga ilmiy tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatining mo‘tadil (uchinchi barg hosil bo‘lishi, shoxlanishi va g‘unchalash davrlarida - 70 %, gullash va dukkaklar hosil bo‘lish davrida - 80 %, urug‘ to‘lishish davrida - 70 %) va cheklangan (uchinchi barg hosil bo‘lishi, shoxlanishi va g‘unchalash davrlarida - 50 %, gullash va dukkaklar hosil bo‘lish davrida - 60 %, urug‘ to‘lishish davrida - 50 %) tuproq namligi sharoitida soya etishtirish asoslangan;
soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, don hosildorligi va urug‘larining biokimyoviy tarkibiga turli namlik darajalari ta’siri va o‘simliklarning o‘zgargan muhit sharoitida genotipning moslashish darajasi yuqori bo‘lgan “Ustoz MM-60”, hamda ta’sirchan “Vilana” navlari aniqlangan;
navlarning ayrim biofiziologik xususiyatlari - barglardagi hujayra shirasi konsentratsiyasi, transpiratsiya jadalligining kunlik dinamikasi, suvni saqlash darajasi, erkin va bog‘langan suv miqdori, turgosentlik holati, suv tanqisligi, pigmentlar miqdori, fotosintez va nafas olish jadalligining bevosita namlik darajalari bilan bog‘liqligi dala tajribalari sharoitida navlar kesimida baholangan;
cheklangan namlik sharoitida o‘rganilgan mahalliy va xorijiy soya navlari barglarida bog‘langan suv miqdori, suvni saqlash xususiyati, hujayra shirasi konsentratsiyasining oshishi soyaning Baraka va Ustoz MM60 navlarida, barglarning suv tanqisligi va nafas olish jadalligining oshishi esa To‘maris MAN60 va Vilana navlarida aniqlangan;
har xil namlik sharoitlarida mahalliy va xorijiy soya navlarini etishtirishda tuproqning namlik rejimini boshqarish orqali quruq massa va don hosildorligini oshirishning agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyati sharoitida soya navlarining bioekofiziologiyasi va etishtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soya etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari xodimlari uchun amaliy qo‘llanma sifatida yaratilgan Surxondaryo viloyati optimal namlik va qurg‘oqchil erlarida soya o‘simligini etishtirish hamda navlarni tanlash texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan viloyat hududidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2023 yil 11 iyuldagi 01/04-1236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, namlik stressining salbiy ta’siri kuzatiladigan maydonlarga mos navlarni tanlash, optimal namlik darajalariga amal qilgan holda soya navlarini sug‘orish va cheklangan namlikka moslashish koeffisienti yuqori bo‘lgan navlarni ekish evaziga navlar kesimida yuqori mahsuldorlikka hamda tuproq unumdorligini oshirishga imkon yaratgan;
soya navlari ontogenezida barglardagi hujayra shirasi konsentratsiyasi (HShK), hujayralarning turgotsentlik darajasi (HTD) ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali navlarning tuproq namlik muhitiga chidamlilik darajasini aniqlash usullari va shu orqali sug‘orishni tashkil etish texnologiyasi Surxondaryo viloyati sharoitida 8,5 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 12 sentyabrdagi 07/34-05/4601-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat qishloq xo‘jaligi erlarining optimal va cheklangan namlik sharoitidagi tuproqlarida oddiy ekin maydonlarini kengaytirish orqali emas, balki o‘simlikdagi barglarning qarishini oldini olish, bo‘g‘im va shoxlar sonini oshirish hisobiga mahsuldorlikka ijobiy ta’sir o‘tkazish orqali mahalliy hamda xorij soya navlarini etishtirish va ekologik toza, tarkibida moy va protein miqdori yuqori bo‘lgan hosil olish imkonini bergan.