Fozilov Hasan Sadriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ikkilamchi xomashyolar asosida dizel yoqilg‘ilarining moylovchanlik xossalarini yaxshilovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3562.
Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadritdin Maxamadinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertawiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ikkilamchi xomashyo parafin va quyi molekulali polietilen asosida prisadkalar olish va dizel yoqilg‘isi tarkibiga qo‘shish bilan ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zichligi 800-3000 g/mol bo‘lgan polietilenning oksidlanish jarayoni unumiga va qovushqoqligiga katalizator miqdori 4-10 % va harorat 230-270 C ta’siri qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
oksidlanish jarayonida polietilenning 240 oC, katalizator miqdori 5 % va vaqt davomiyligi 4 soatda reaksiya unumi 45 % va parafin 170 C haroratda, katalizator miqdori 4,5 %, vaqt davomiyligi 3 soatda reaksiya unumi 44 % bo‘lganligi aniqlangan;
quyi molekulali polietilen va parafinning oksidlanish jarayonida kislorodning tezligi 70 l/s va borat kislotaning miqdori 5 % bo‘lganda moylanuvchanlik xususiyatini namoyon qilganligi va edirilish dog‘ining 520 mkm dan 460 mkm gacha kamayishi isbotlangan;
siztez qilingan yuqori yog‘ spirtlarning tarkibidagi uzun chiziqli to‘yingan uglevodorodlar zanjirlari va qutbli funksional guruhlarning musbat va maniy zarrachalarning ta’siri natijasida plyonka hosil qilish orqali moylovchi-dispergirlovchi prisadka turiga mansub ekanligi isbotlangan va jarayonnining matematik moduli yaratilgan;
nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijasida chetdan import qilinayotgan prisadkalar o‘rnini bosuvchi, mahalliy ikkilamchi xomashyolar asosida dizel yoqilg‘ilarini kolloid-kimyoviy va moylash xossalarini yaxshilovchi prisadkalar olishning prinsipial texnologik aspekti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy ikkilamchi xomashyo parafin va quyi molekulali polietilen asosida prisadkalar olish va dizel yoqilg‘isi tarkibiga qo‘shish bilan ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyi molekulali polietilen asosida moylovchi prisadkalar ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 7 iyuldagi 02-03-01/76-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polimer ikkilamchi xomashyo asosida olingan moylovchi prisadkalardan 0,015 % qo‘shilganda (60 C da) edirilish dog‘i diametri 358 mkm ga teng dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini bergan;
moylovchanlik xossalari yaxshilangan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 7 iyuldagi 02-03-01/76-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 12156-1 standartiga mos moylovchanlik xossalari yaxshilangan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini bergan.