Zayniddinov Fazliddin Akromiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sharqiy Bukantov misolida oltin-noyob metall ma’danlarga istiqbolli maydonlarni ajratish uchun ko‘p kanalli yuqori ko‘rsatkichli kosmik suratlarni deshifrlash uslubiyatini yaratish», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/GM155.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Otabek Tolibjonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dostent; Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: masofadan zondlash materiallarini deshifrlash asosida Sautboy-Saritov ma’dan tugunining kosmostrukturalari, ularning oltin minerallashuvi bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqasimon va chiziqli tuzilmalar magmatizm bilan birgalikda ma’dan obektlarini shakllanishida va ularni joylashuvida muhim rol o‘ynashi aniqlangan;
halqasimon tuzilmalar yagona geologik magmatism bilan bog‘liq jarayon taʼsirida hosil bo‘lgan monogen halqalar tuzilmalari sinfiga kirishi aniqlangan;
sulfidli minerallashuv belgilarining oreollari shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy yoʻnalishlardagi chiziqli tuzilmalar bilan fazoviy-genetik bog‘liqligi isbotlangan;
kosmik suratlardagi oqargan tog‘ jinslari kokpatos svitasinining ma’dan qamrab oluvchi uglerodli kvarsitlari va slyuda-kvarsli slaneslarda metasomatizm va rogoviklashuv jarayonini namoyonligini ifodalashi aniqlangan;
ma’danlashgan lokal maydonlarda, ma’dan tugunlarida va ma’dan maydonlarida kosmogeologik tadqiqotlarni masofaviy zondlash materiallarini qayta ishlashning uslublari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ma’dan joylashuvining geologik-strukturaviy, geokimyoviy va kosmogeologik sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sharqiy Bukantov tog‘laridagi Turboy koni atroflarida va Sautboy-Saritov ma’dan tugunida tarqalgan (oltin va nodir metallar) minerallarni kosmostrukturaviy modeli “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Ko‘kpatos geologiya qidiruv ekspedisiyasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 08-2443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oltin va noyob metallarni qidirishda dala geologiya qidiruv ishlarini olib borishga asos bo‘lgan;
Sharqiy Bukantov tog‘laridagi Turboy koni atroflarida va Sautboy-Saritov ma’dan tuguni hamda yon atrofdagi maydonlarda shakllangan ma’dan nazoratlovchi tuzilmalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Ko‘kpatos geologiya qidiruv ekspedisiyasining ish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 08-2443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi endogen minerallashgan zonalarni aniqlash imkonini bergan;
yaratilgan maydonning yangi tektonik kosmostrukturaviy modeli “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Ko‘kpatos geologiya qidiruv ekspedisiyasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 08-2443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘-kon ishlarini to‘g‘ri loyihalashtirish va ilmiy asoslangan ishlanmalar tayyorlashda, dala geologik-qidiruv ishlarini olib borish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Sautboy-Saritov ma’dan tugunida janubiy-sharqiy va shimoli-g‘arbiy yoʻnalishdagi chuqur er yoriqlarida aniqlangan minerallashuv zonalari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Ko‘kpatos geologiya qidiruv ekspedisiyasi ning faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 08-2443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Bukantov tog‘larida tarqalgan oltin va nodir metallar potensialini qayta baholash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.