Tuxliev Muslimbek Sherzod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samarali furan-epoksid kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik uchun qoplamalar olish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3803.
Ilmiy rahbarr: Eshqobilov Olim Xolikulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov Tulqin Usmanovich, texnika fanlari doktori; Sultonov Sanjar O‘razalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: samarali furan-epoksid kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik uchun qoplamalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
furano-epoksidli polimer tarkibiga kiritilgan organomineral ingredientlarning turi, miqdori va nisbatiga qarab kompozision furano-epoksidli polimer materiallarining elektr-termofizik, antifriksion-mustahkamlik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar natijasida ishchi organlarning unumdorligi 2% dan 10% gacha oshganligi aniqlangan;
paxta xom ashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitida ishlaydigan mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida qo‘llash uchun ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan yuqori elektr-issiqlik o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan kompozision elektr-issiqlik o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkam furano-epoksidli polimer materiallarining samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
yuqori elektr-issiqlik o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan mashinasozlik maqsadlaridagi yangi kompozision kimyoviy furano-epoksidli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarni olishning samarali usuli va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan elektr-issiqlik o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkam kompozision furano-epoksidli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalardan foydalanganda mashina va mexanizmlarni ishchi organlarining samaradorligi 1,5-1,8 barobar oshgani aniqlangan;
paxta xom ashyosi bilan ishlashda organomineral to‘ldiruvchilarning turiga, tabiatiga, miqdoriga va materiallarning nisbatiga hamda tashqi omillarning ta’siriga qarab, ulardan foydalangan holda elektr-issiqlik o‘tkazuvchan antifriksion-eyilishbardoshli kompozision polimer materiallarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik reglament ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarali furan-epoksid kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik uchun qoplamalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori elektr-issiqlik o‘tkazuvchan antifriksion-mustahkamlik xususiyatlarini ta’minlovchi kompozision furano-epoksidli polimer qoplamalar Qamashi paxta tozalash zavodida mashina va mexanizmlarning ishchi qismlarini sirt yuzasiga joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2023 yil 11 iyuldagi 02-11/347-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta mashinalari va mexanizmlarining mahsuldorligini 7-8% gacha oshirish va pnevmatik uzatish motorining elektr energiyasi iste’molini 10-14% ga kamaytirish imkonini bergan;
furano-epoksidli polimer materiallaridan ishlab chiqilgan qoplamalar Qamashi paxta tozalash zavodida pnevmatik uzatish quvurlari, jeloblar va vintlarning sirt yuzasiga joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2023 yil 11 iyuldagi 02-11/347-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya manbalaridan tejamkor foydalanish ta’minlanib, mashina va mexanizmlarni ishchi organlarining ishlash qobiliyatini 1,5-1,8 barobar oshiradi, ishchi yuzalarning nuqsonlarini esa bir necha barobar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish