Juraev Elyorbek Sobirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kichik biznesda real investisiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1751.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sirojiddinov Ikromiddin Qutbiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03
Rasmiy opponentlar: Rashidov Rahmatillo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznesda real investisiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya xavfsizligi” tushunchasi iqtisodiyotdagi mavjud ichki va tashqi tahdidlar sharoitida investisiya resurslaridan foydalanishning kamida amaldagi darajasini saqlab qolish, mamlakatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini hamda aholi farovonligini oshirishni ta’minlash imkonini beruvchi investisiya faoliyati holati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatida real investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda investision faollik darajasiga ko‘ra integrallashgan qiymatlari asosida korrelyasion bog‘lanish darajalari mezonlari bo‘yicha “juda past daraja” (IF>0,2); “past daraja” (0,2≤IF<0,4); “o‘rtacha daraja” (0,4≤IF<0,6); “yuqori daraja” (0,6≤IF<0,8); “juda yuqori daraja” (0,8≤IF<1) bo‘yicha chegaralari asoslangan;
hududdagi kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan sohaga kiritilayotgan real investisiyalarning rentabelligi, soliq to‘lovlari va ijtimoiy ajratmalarning ko‘payishi hamda hududiy infratuzilmani rivojlantirish, yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv tizimlarini ichki sharoitga moslashtirish jihatidan monitoringi hamda mazkur investision qo‘yilmalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha investision-maslahat xizmatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
Namangan viloyati kichik biznes subektlari tomonidan real investisiyalar samaradorligini oshirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga ta’sirini ifoda etuvchi ekonometrik modellar asosida 2028 yilga qadar ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesda real investisiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya xavfsizligi” tushunchasi iqtisodiyotdagi mavjud ichki va tashqi tahdidlar sharoitida investisiya resurslaridan foydalanishning kamida amaldagi darajasini saqlab qolish, mamlakatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini hamda aholi farovonligini oshirishni ta’minlash imkonini beruvchi investisiya faoliyati holati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oldiy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Kichik biznes va xususiy tadbikorlik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini hamda aholi farovonligini oshirishni ta’minlash imkonini beruvchi investisiya faoliyati holati sifatidagi “investisiya xavfsizligi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatida real investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda investision faollik darajasiga ko‘ra integrallashgan qiymatlari asosida korrelyasion bog‘lanish darajalari mezonlari bo‘yicha “juda past daraja” (IF>0,2); “past daraja” (0,2≤IF<0,4); “o‘rtacha daraja” (0,4≤IF<0,6); “yuqori daraja” (0,6≤IF<0,8); “juda yuqori daraja” (0,8≤IF<1) bo‘yicha chegaralaridan foydalanish taklifidan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasining 2024 yil 2 fevraldagi №04-F-sonli buyrug‘i) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik tadbirkorlik investisiya salohiyatidan foydalanishni oshirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 fevraldagi 9/06-30-3050-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subektlarining investisiya faolligida o‘rtacha darajaga ega korxonalar sonini 11,5 foizga, yuqori darajaga ega korxonalar sonini 7,8 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
hududdagi kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan sohaga kiritilayotgan real investisiyalarning rentabelligi, soliq to‘lovlari va ijtimoiy ajratmalarning ko‘payishi hamda hududiy infratuzilmani rivojlantirish, yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv tizimlarini ichki sharoitga moslashtirish jihatidan monitoringi hamda mazkur investision qo‘yilmalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha investision-maslahat xizmatini yo‘lga qo‘yish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik tadbirkorlik investisiya salohiyatidan foydalanishni oshirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 fevraldagi 9/06-30-3050-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-2022 yillarda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarida mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati kichik biznes subektlari tomonidan real investisiyalar samaradorligini oshirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga ta’sirini ifoda etuvchi ekonometrik modellar asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik tadbirkorlik investisiya salohiyatidan foydalanishni oshirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 fevraldagi 9/06-30-3050-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida kichik biznes subektlari investision faoliyatini rivojlantirishning asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.