Isaev Qobiljon Abdukodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1448.
Ilmiy rahbar: Ismoilova Nilufar Sabidjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.157.01.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Shuhrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Narzillo Istamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishni takomillashtirish va ularning istiqbollari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Inklyuziv ta’lim – imkoniyati cheklangan shaxs – korxona” triada modelining tuzilmaviy tarkibi ishlab chiqilgan;
sanoat korxonalarida faoliyat olib borayotgan nogironligi bo‘lgan xodimlar takror ishlab chiqarishining “0-18” imtiyozini tatbiq etish orqali iqtisodiy samaradorligini oshirish tartibi asoslangan;
sanoat ishlab chiqarishida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ishlab chiqarish jarayonida texnologiyalardan foydalanish imkonini beruvchi ixtisoslashgan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi sun’iy intellekt imkoniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyatida iqtisodiy resurslarning korxona innovasion samaradorligini oshirishga qaratilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nogironligi bir xil va shunga ko‘ra, daromad keltirish imkoniyati cheklanganligi va sog‘lig‘i bo‘yicha davolanish talabidagi xarajatlari bir xil bo‘lgan holda turli darajadagi nogironlik nafaqalarini olishdagi ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash maqsadida hayoti davomida (jumladan, mehnat faoliyatida) nogiron, jumladan, ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan shaxslarga tayinlanadigan nogironlik pensiyasi miqdorini bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nogironlik pensiyasiga tenglashtirish, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda nafaqa to‘lovini va bunda 0-18 mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-74-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2023 yil 13 martdagi №1/01-161 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning 2022 yil 1 maydan boshlab amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, ko‘zi ojizlarga to‘lanadigan nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 so‘m etib belgilangan. Bunga qadar bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarga 622 000 so‘m miqdorida, hayot davomida (jumladan, mehnat faoliyatida) nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga esa 440 000 so‘m miqdorida nogironlik nafaqasi tayinlangan edi. Endilikda ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash maqsadida ushbu miqdorlar yanada oshirilgan holda o‘zaro tenglashtirildi. Buning oqibatida 162 000 nafar hayoti davomida nogiron bo‘lib qolganlar oladigan nogironlik nafaqasi o‘rta hisobda 50 foizga oshib, Pensiya jamg‘armasidan 2022 yilda qo‘shimcha 317 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan;
nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish maqsadida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim–kasaba uyushmasi–nogiron shaxsni qamrab oluvchi tizimini takomillashtirish bo‘yicha “triada” modelini joriy etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni loyihasining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2023 yil 13 martdagi №1/01-161 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi mazkur Farmonning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlangan IV bo‘limdagi 66-maqsadida o‘z aksini topgan holda kelgusida Yurtimizda ko‘zi ojiz va boshqa barcha nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan yanada keng qo‘llab-quvvatlanishining samarali tizimi shakllantirilishi hamda ularning hayot sifati va turmush darajasini oshirish imkoniyatini yaratdi;
ko‘zi ojizlar, shuningdek, barcha nogironlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo‘lida kasb-hunarga o‘qitish asosida ish bilan bandligini hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash maqsadida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha Milliy dastur ishlab chiqish va unda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini-o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratishga qaratilgan indikatorlarni joriy etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni loyihasining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2023 yil 13 martdagi №1/01-161 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi mazkur Farmonning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” asosida 2022 yilda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 12 ming nafar shaxslarning bandligini ta’minlashga imkon yaratdi;
nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2023 yil 13 martdagi №1/01-161 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning 2022 yil 1 martdan boshlab amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, ko‘zi ojiz ishlovchilarning 2022 yil 1 martgacha bo‘lgan daromad solig‘i to‘lovidagi imtiyozning ortishi hisobiga har bir nogironligi bo‘lgan mehnat qiluvchining ixtiyorida ushbu soliq imtiyozi summasiga nisbatan qo‘shimcha 2,13 martaga teng bo‘lgan soliq imtiyozidan olinadigan daromad qolishining ta’minlanishiga erishilgan;
nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarnining ish bilan bandligini oshirish va ularga ish beruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar, xususan, sanoat korxonalariga har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli Qarorida o‘z aksini topgan. Ushbu taklifning 2022 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish amaliyoti natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash, ishga kirish istagi va layoqatidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarning ish bilan bandligini ta’minlashning samarali mexanizmi joriy etilgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2023 yil 13 martdagi №1/01-161 –sonli ma’lumotnomasi);
nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarga hamda qarilik chog‘ida ular kabi alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lib qoladigan keksalarga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida keksa va nogironligi bo‘lgan, jumladan, ko‘zi ojiz shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratish haqidagi taklif “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan Dasturning I bo‘limdagi 31-maqsadida o‘z aksini topgan holda kelgusida nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, 70 mindan ortiq bo‘lgan ko‘zi ojiz insonlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga erishilgan.