Voxidov Oybek Rozikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2431.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Absalamov Akrom Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Turonbank” ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash yo‘llariga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
depozit foiz instrumenti ta’sirchanligini ta’minlash vositasida   aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank tizimiga jalb etish orqali bank resurs bazasida barqaror moliyaviy mablag‘lar hissasini oshirish hamda resurs bazasini mustahkamlash taklifi asoslangan; 
bank raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga yo‘naltirilgan bozor mexanizmlarini asosida faoliyat yuritish, resurs bazasini diversifikatsiya qilish maqsadida “greenbond” shaklidagi innovatsion moliyaviy vositalarni muomalaga chiqarish taklif etilgan;
O‘zbekiston tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida muddatli depozitlar foizi va uning hajmiga moliya bozori instrumentlarining ta’sirini strukturaviy vektorli avtoregressiya baholash modeli orqali bank resurs bazasini mustahkamlash asoslangan;
AT O‘zsanoatqurilishbank depozitlari hajmini oshirishning inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash yo‘llariga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
depozit foiz instrumenti ta’sirchanligini ta’minlash vositasida   aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank tizimiga jalb etish orqali bank resurs bazasida barqaror moliyaviy mablag‘lar hissasini oshirish hamda resurs bazasini mustahkamlash taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2023-yil 3-maydagi 07-03/3098-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank ATB umumiy depozitlari tarkibida jismoniy shaxslar depozitlari 2020-yilda 18,5 foizdan 2022-yilda 27,8 foizga oshirilgan bo‘lsa, bankning muddatli depozitlari tarkibida jismoniy shaxslar depozitlarining ulushi 2020-yilda 28,6 foizdan 2022-yilda 39,9 foizga oshirishga erishilgan;
bank raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga yo‘naltirilgan bozor mexanizmlarini asosida faoliyat yuritish, resurs bazasini diversifikatsiya qilish maqsadida “greenbond” shaklidagi innovatsion moliyaviy vositalarni muomalaga chiqarish taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2023-yil 3-maydagi 07-03/3098-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB resurs bazasini innovatsion mahsulotlar asosida diversifikatsiya qilish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida muddatli depozitlar foizi va uning hajmiga moliya bozori instrumentlarining ta’sirini strukturaviy vektorli avtoregressiya baholash modeli orqali bank resurs bazasini mustahkamlash ATB O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2023-yil 3-maydagi 07-03/3098-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank ATB depozitlar foiziga hamda uning hajmining o‘zgarishiga moliya bozori instrumentlarining ta’siri oshib, muomaladagi pul massasining bir foizga oshishi bank muddatli depozitlari hajmini 0,31 foizga oshirishi hamda pul bozoridagi banklararo depozitlar foizining bir foizga oshishi bank muddatli depozitlari foizini 0,21 foizga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan;
AT O‘zsanoatqurilishbank depozitlari hajmini oshirishning inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ssenariylari ATB O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankni 2023-yil 3-maydagi 07-03/3098-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ATB O‘zsanoatqurilishbank umumiy depozitlarning kreditlariga nisbati 2021 va 2022-yillarda 30 foizdan yuqori darajada saqlanishi ta’minlangan. Shuningdek, optimal ssenariyga ko‘ra, bank depozitlarining umumiy hajmi 2027-yilda 23478 mlrd.so‘m bo‘lishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish