Faxrutdinova Sevara Srajitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuhumdonlar erta etishmovchiligining klinik-patogenetik jihatlari: tashxislash, davolash va uning asoratlarining profilaktikasi», 14.00.03 – “Endokrinologiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib481.
Ilmiy maslahatchi: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamaritdinovana, tibbiyot fanlari doktori, professor; Giorgadze Elena Romanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Troshina Ekaterina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
II. Tadqiqot maqsadi: reproduktiv davrdagi ayollarda tuxumdonlar erta etishmovchiligi rivojlanishidagi markerlarning ahamiyatini baholash va asoratlar rivojlanishini bashorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallikni erta aniqlashda tireoperoksidazaga antitela va antiovarial antitanalar darajasini bilan autoimmun genezli tuxumdonlarning erta etishmovchiligi orasidagi bog‘liqlik ahamiyati asoslangan;
o‘rin bosuvchi gormonal terapiyani moslashish mexanizmlarini tiklashga hissa qo‘shishi va aqliy, somatik, vazomotor hamda jinsiy funksiyalarning sezilarli yaxshilanishi tufayli fiziologik o‘zgarishlarga moslashishni osonlashtirishi aniqlangan;
tuxumdonlarning erta etishmovchiligi klinik, biokimyoviy va gormonal belgilari uchun chegara qiymatlari (kesish nuqtasi) aniqlanib, tuxumdonlar zaxirasi markerlarining (AMG, ingibin, AOA va AFS) sezilarli nomutanosibligi, yallig‘lanishga qarshi sitokin va FNO α darajasi pasayishining diagnostik ahamiyati asoslangan;
tuxumdonlarning muddatidan oldingi etishmovchiligi bo‘lgan ayollar orasida yuqori xavfli asoratlar guruhini aniqlashda eng muhim FSG+AMG+AFS+IngibinV+AOA kabi markerlar kombinatsiyasining prognostik ahamiyati asoslangan;
neyron tarmoq modeli 87,5% hollarda asoratlarni bashorat qilishga imkon berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert Kengashining xulosasi asosida №46 18 dekabr 2024 yilda:
birinchi ilmiy yangilik: tireoperoksidazaga antitela va antiovarial antitanalar darajasini aniqlash autoimmun genezli tuxumdonlari muddatidan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlashga yordam beradigan yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filialiga 2023 yil 15 iyundagi 45-sonli buyruq va Navoiy viloyati Endokrinologiya dispanseriga 16.05.2023 y. 35-son buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etildi. Ilmiy innovatsiyalarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: erta bosqichlarda tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligining asoratlari chastotasi kamayadi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: kasallikni erta aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish va tegishli terapevtik tadbirlarni amalga oshirish bemorni kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish, tireoperoksidazaga antitela va antiovarial antitanalar darajasini, amalga oshirish jarayonida umumiy samaradorlikni aniqlashni joriy etishda hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi 3 600 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: autoimmun kelib chiqishi tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni aniqlash uchun erta tashxis qo‘yish yaxshilandi, byudjet mablag‘larini 3 600 000 so‘mga tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rin bosuvchi gormonal terapiyasi aqliy, somatik, vazomotor va jinsiy funksiyalarning sezilarli yaxshilanishi tufayli moslashish mexanizmlarini tiklashga yordam beradi va fiziologik o‘zgarishlarga toqat qilishni osonlashtiradi va Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filialida 15.06.2023 y. 45-son buyrug‘i bilan va Navoiy viloyati Endokrinologiya dispanseriga 35-son buyrug‘i bilan joriy qilindi. Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: autoimmun genezli tuxumdonlarning muddatidan avval etishmovchiligi bo‘lgan ayollarning aqliy, somatik, vazomotor va jinsiy funksiyalarini yaxshilaydi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: Ishlab chiqilgan davolash tavsiyalarining bajarilishi shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish imkonini beradi, amalga oshirish jarayonida umumiy samaradorlik 3 600 000 so‘mni tashkil etdi. Hulosa: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan og‘rigan ayollarni davolash yaxshilandi, byudjet mablag‘lari 3 600 000 so‘m tejab qolindi;
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligining klinik, biokimyoviy va gormonal belgilari uchun chegara qiymatlari (kesish nuqtasi) aniqlandi, ularning diagnostik ahamiyati ham aniqlandi, 2023 yil 15 iyundagi 45-sonli buyruqqa Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali va Navoiy viloyati Endokrinologiya dispanseriga 16.05.2023 y. 35- son buyrug‘iga muvofiq amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy innovatsiyalarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: tashxisning dastlabki bosqichlarida tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmvchiligi asoratlari chastotasi kamayadi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligini klinik, biokimyoviy va gormonal belgilari uchun chegara qiymatlarini (kesish nuqtasi) aniqlash bemorni kasalxonada davolash muddatini qisqartirishi va hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishi mumkin. Hulosa: autoimmun genezli tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni aniqlash uchun erta tashxis qo‘yish yaxshilandi, byudjet mablag‘larini 3 600 000 so‘mga tejash imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prognostik jihatdan eng muhim belgilar aniqlandi, bu tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan ayollar orasida yuqori xavfli asoratlar guruhini aniqlash imkonini beradi, yangilik 2023 yil 15 iyundagi 45-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali va 16.05.2023 y. 35- son buyrug‘iga muvofiq Navoiy viloyati Endokrinologiya dispanseriga amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy innovatsiyalarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: tashxisning dastlabki bosqichlarida tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi asoratlari chastotasi kamayadi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan ayollar orasida yuqori xavfli asoratlar guruhini aniqlashga imkon beradigan prognostik jihatdan muhim belgilar ularni kasalxonada davolanish vaqtini qisqartirish va va ularning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida byudjet mablag‘larini 3 600 000 so‘mga tejashga yordam beradi. Hulosa: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarga erta tashxis qo‘yish 36,5% ga yaxshilandi.
beshinchi ilmiy yangilik: neyron tarmoq modeli 87,5% hollarda asoratlarni bashorat qilishga imkon beradi, yangilik 2023 yil 15 iyundagi 45-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali va 16.05.2023 y. 35- son buyrug‘iga muvofiq Navoiy viloyati Endokrinologiya dispanseriga amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy innovatsiyalarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: tashxisning dastlabki bosqichlarida tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi asoratlari chastotasi kamayadi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan ayollar orasida yuqori xavfli asoratlar guruhini aniqlashga imkon beradigan prognostik jihatdan muhim belgilar ularni kasalxonada davolanish vaqtini qisqartirish va va ularning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida byudjet mablag‘larini 3 600 000 so‘mga tejashga yordam beradi. Hulosa: tuxumdonlarning muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarga erta tashxis qo‘yish 36,5% ga yaxshilandi.