Madraximov Sarvar Botir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi osteoartritida yumshoq to‘qimalar balansini tuzatish orqali total endoprotezlashni takomillashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2865.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,  DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Axtyamov Il`dar Fuatovich, professor, tibbiyot fanlari doktori; Xudoyberdiev Qobil Tursunovich, professor, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik N.D. Batpenov nomli travmatologiya va orttopediya milliy amaliy markazi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashda yumshoq to‘qimalar balansini tuzatishni yaxshilash orqali osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash vaqtida medial parapatellyar jarroxlik yondashuvi orqali transillyuminatsiya usuli yordamida tizza qopqog‘ini  eversiya qilish yo‘li bilan lateral genikulyar tomirlarni vizualizatsiyasi usuli  ishlab chiqilgan;
birlamchi tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash uchun yumshoq to‘qimalar balansini intraoperativ ob’ektiv aniqlash orqali patologik o‘zgargan yumshoq to‘qimalarni selektiv jarrohlik korreksiya taktikasining samaradorligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashda yumshoq to‘qimalar muvozanatining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan tana massasi indeksi - >31,5, 10⁰ ortiq varusli deformatsiyasi, patellofemoral osteoartrit – 3 va undan yuqori darajasi, tizza qopqog‘ining kongruentlik burchagi - >15⁰ kabi xolatlardan iborat omillar muhim ekanligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashda ishlab chiqilgan tizza qopqog‘ining yumshoq to‘qima balansini optimallashtirish usuli xavfsiz va 85% xollarda samarali  ekanligi isbotlangan;
parapatellyar yumshoq to‘qimalarning lateral relizi samaradorligi tizza qopqog‘ining trekingi va joylashishini yaxshilanishi nuqtai nazaridan klinik va instrumental baholash orqali aniqlangan va tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashdan so‘ng tizza qopqog‘ining to‘liq chiqishi, sublyuksatsiyasi, egilishi va siljishi kabi xavflarni kamaytirishi isbotlangan.    
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akadeyamisi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 11-23/73-x sonli 23.11.2023 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash vaqtida medial parapatellyar jarroxlik yondashuvi orqali transillyuminatsiya usuli yordamida tizza qopqog‘ini  eversiya qilish yo‘li bilan lateral genikulyar tomirlarni vizualizatsiyasi usuli, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.11.2023y.;№ 98), Surxondar`yo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.01.2023y.; №09-1t) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filiali (30.01.2023y.; №2) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: : • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar bemorlarda tizza qopqog‘ini qon aylanishini 85% xoltalarda  samarali bo‘lib tizza qopqog‘ini balansini buzilishlarini 30% kamaytirdi; •  tizza bo‘g‘imi lateral relizi olib kelish mumkin bulgan asoratlar to‘liq bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tizza qopqog‘ini qon aylanishi buzilishi to‘liq bartaraf qilingani va uning balansi tiklanganligi sababli og‘riq qoldiruvchi va boshqa qo‘shimcha reabilitatsiya usullaridan foydalanmaslik imkonini berish hisobiga 1 bemorga 2500000 so‘m iqtisod qilish imkoni berdi. Xulosa: tizza qopqog‘ining yumshoq to‘qima balansini optimallashtirishga imkon beradigan lateral yumshoq to‘qimalarni xavfsiz va samarali (85% hollarda) relizini tizza bo‘g‘imi total endoprotezlash paytida parapatellar soxasini operatsiya vaqtidagi vizualizatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan va amalga tatbiq qilingan sababli 1 nafar bemor uchun 2500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash uchun yumshoq to‘qimalar balansini intraoperativ ob’ektiv aniqlash orqali patologik o‘zgargan yumshoq to‘qimalarni selektiv jarrohlik korreksiya taktikasining samaradorligi isbotlangan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.11.2023y.;№ 98), Surxondar`yo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.01.2023y.; №09-1t) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filiali (30.01.2023y.; №2) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Og‘riqni kamaytirish va qo‘shma funksiyalarni tiklash orqali odamlar ijtimoiy faoliyatda yanada qulay va ishonchli ishtirok etishlari imkonin berdi;  • tizza bo‘g‘imi total endoprotezlash amaliyotidan keyingi parvarish, dori-darmonlar va fizio-terapiyagacha bo‘lgan muhim xarajatlar sezilarli (25%) pasaydi; • asoratlar foizi kamligii tufayli nogironlik sonini kamayishiga olib keldi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tizza bo‘g‘imi total endoprotezlash amaliyotidan keyingi parvarish, dori-darmonlar va fizio-terapiyagacha bo‘lgan muhim xarajatlar 1 ta bemorga 3000000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: yumshoq to‘qimalar balansini intraoperativ ob’ektiv aniqlash orqali balanslangan birlamchi tizza bo‘g‘imi total endoprotezlashda uchun patologik o‘zgargan yumshoq to‘qimalarni selektiv jarrohlik tuzatish usulining samaradorligi 1 ta bemorga 3000000 so‘m tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashda yumshoq to‘qimalar muvozanatining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan tana massasi indeksi ->31,5, 10⁰ ortiq varusli deformatsiyasi, patellofemoral osteoartrit – 3 va undan yuqori darajasi, tizza qopqog‘ining kongruentlik burchagi - >15⁰ kabi xolatlardan iborat omillar muhim ekanligi isbotlangan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.11.2023y.;№ 98), Surxondar`yo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.01.2023y.; №09-1t) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filiali (30.01.2023y.; №2) klinikalari amaliyotiga joriy etildi; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat•klinik, rentgenologik, MRT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan usuldan foydalanib olingan natijalar tizza bo‘g‘imida balans buzilishi extimoli katta bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash samaradorligini oshirish orqali sifatli davolanishga, hamda asoratlar oldini olish imkonini berdi; • jarrohlik davolashning optimal taktikasini belgilaydigan operatsion davoning uzoq muddatli natijalarini taxmin qilish orqali davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi va tizza bo‘g‘imi funksiyasini tiklash imkonini berdi; • revizion tizza bo‘g‘imini endoprotezlash muddatini uzaytirish imkonini berdi; taklif etilgan omillarning urganilishi davolash usulidan foydalanish tizza bo‘g‘imi osteoartritida davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Tizza bo‘g‘imi total endoprotezlash o‘tkazgan bemorlarda davolash taktikasi va davolashni prognozlash samarodorligini oshishi tufayli 18 oydan so‘ng olinadigan 87% jarroxlik amaliyotidan qoniqish aniqlandi. Demak bemorlarda 6% ko‘proq xayot sifatini oshishi imkoniyati mavjud va davlat uchun ishlash qobiliyati bor insonlarni ortishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. 2) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 885000 so‘mga kamayadi. 3) revizion endoprotezlash operatsiyasiga ko‘rsatmalarni kamayishi va bu usulda ishtatiladigan protez imlanti to‘lovidan tejaladi. Xulosa: tizza bo‘g‘imi total endoprotezlashda yumshoq to‘qimalar muvozanatining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan eng muhim omillar (tana massasi indeksi ->31,5, 10⁰ ortiq varusli deformatsiyasi, patellofemoral osteoartrit – 3 va undan yuqori darajasi, tizza qopqog‘ining kongruentlik burchagi - >15⁰) aniqlanligi usuli 1ta bemor uchun 885000 so‘m va revizion tizza endoprotezlash implantini iqtisod qilishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashda ishlab chiqilgan tizza qopqog‘ining yumshoq to‘qima balansini optimallashtirish usuli xavfsiz va 85% xollarda samarali  ekanligi isbotlangan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.11.2023y.;№ 98), Surxondar`yo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.01.2023y.; №09-1t) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filiali (30.01.2023y.; №2) klinikalari amaliyotiga joriy etildi;  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar bemorlarda qoniqish kursatkichlarini oshishi 87% darajada kuzatildi; • tizza bo‘g‘imida total endoprotezlash boshqa metodikaga nisbatan bo‘g‘imlar funksiyasi qoniqarsiz natijalar ulushini 4.4% gacha kamaytirishga olib keldi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) dastlabki haftalar va oylar davomida bemorlar faoliyatida vaqtinchalik cheklovlarni boshdan kechirishi mumkinligi, bu esa ularning ijtimoiy hayotini vaqtincha buzilishishga olib kelishi soni kamayadi, oqibatida bundan kelib chiqadigan xarajatlar tejaladi – 3500000 so‘m: 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha barcha kasalxonalarda tizza bo‘g‘imi total endoprotezlashni amaliyotga tadbiq etilgan holda, bemorlarning maxsus davolanish oqibatida keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etadi va revizion tizza implantini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: aniqlanishicha, parapatellyar yumshoq to‘qimalarining lateral relizi samaradorligi tizza qopqog‘ining qon aylanish tizimini saqlagan xolda trekingi va joylashishini yaxshilash nuqtai nazaridan isbotlangan bo‘lib, tizza  qopqog‘ini devaskulyarizatsiyasi xavfini kamaytirish imkonini berishi orqali 1 ta bemorga revizion implant iqtisod qilish orqali to‘lov miqdori 3500000 so‘mga kamayadi va nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi.  
beshinchi ilmiy yangilik: parapatellyar yumshoq to‘qimalarning lateral relizi samaradorligi tizza qopqog‘ining trekingi va joylashishini yaxshilanishi nuqtai nazaridan klinik va instrumental baholash orqali aniqlangan va tizza bo‘g‘imini total endoprotezlashdan so‘ng tizza qopqog‘ining to‘liq chiqishi, sublyuksatsiyasi, egilishi va siljishi kabi xavflarni kamaytirishi isbotlangan. Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.11.2023y.;№ 98), Surxondar`yo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.01.2023y.; №09-1t) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filiali (30.01.2023y.; №2) klinikalari amaliyotiga joriy etildi;  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar bemorlarda tizza qopqog‘ini noto‘g‘ri trekingi va joylashishi 3 barobar kamaydi; • tizza bo‘g‘imida total endoprotezlash boshqa metodikaga nisbatan tizza bo‘g‘imidagi oldingi og‘riqlar minimal 2% gacha kamaytirishga olib keldi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) dastlabki haftalar yoki oylar davomida bemorlar faoliyatida vaqtinchalik cheklovlarni boshdan kechirishi mumkinligi, va reabilitatsiya davrini chuzilishini soni kamayadi, oqibatida bundan kelib chiqadigan xarajatlar tejaladi – 1250000 so‘m : 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha barcha kasalxonalarda tizza bo‘g‘imi total endoprotezlashni amaliyotga tadbiq etilgan holda, bemorlarning maxsus kayta gospitalizatsiya qilish sonlari kamayadi va shu bilan birga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: aniqlanishicha, parapatellyar yumshoq to‘qimalarining lateral relizi samaradorligi tizza qopqog‘ining trekingi va joylashishini yaxshilash nuqtai nazaridan isbotlangan bo‘lib, klinik va instrumental baholash orqali tizza bo‘g‘imi total endoprotezlashdan so‘ng tizza qopqog‘ining to‘liq chiqish, sublyuksatsiya, egilish va siljish xavfini kamaytirish imkonini berishi orqali 1 ta bemorga revizion implant iqtisod qilish orqali to‘lov miqdori 125000 so‘mga kamayish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish