Bozarova Feruza G‘aybullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immanuil Kant estetikasida go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarining transformatsiyasi», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fa121.

Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukaram Ahmedovna, falsafa fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar:Haydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Immanuil Kant estetik ta’limotidagi go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarining transformatsiyasini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Immanuil Kant falsafiy ta’limotida estetik zavq refleksiv idrok etiluvchi sof go‘zallik va ulug‘vorlik asosida yuzaga kelishi hamda uning aksiologik, psixologik, o‘z-o‘zini anglash, shaxslararo va institutsional munosabatlarni barqarorlashtirish va boshqarish xususiyati fenomenologik yondashuv asosida ochib berilgan;

Immanuil Kant ta’limotidagi go‘zallik va ulug‘vorlik megakategoriyalarining maqsadsiz maqsadga muvofiqligi, beg‘arazligi, tushunchalarga asoslanmasligi, umumahamiyatliligi axloqiy-estetik jihatdan asoslangan;

Immanuil Kant estetik ta’limotidagi go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalari Sharq ilmiy merosining bilvosita ta’sirida transformatsiyaga uchragani aniqlangan hamda faylasuf g‘oyalarining sharq olimlari estetik qarashlari bilan mushtarak jihatlari ochib berilgan;

Immanuil Kant transsendental estetikasidagi sof go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalari asosida yoshlarda “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi g‘ayriestetik tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet hosil qilishning falsafiy asoslari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Immanuil Kant estetik ta’limotidagi go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarining transformatsiyasi doirasida  ishlab chiqilgan falsafiy-estetik takliflar asosida:

Immanuil Kant falsafiy ta’limotidagi sof estetik zavq hamda uning aksiologik, psixologik, o‘z-o‘zini anglash, shaxslararo va institutsional munosabatlarni barqarorlashtirish va boshqarish xususiyatiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar kelajak bunyodkori” I Respublika yoshlarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil 17 yanvardagi 04-13/215-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining samarali tizimini yaratish imkonini bergan;

Immanuil Kant ta’limotidagi go‘zallik va ulug‘vorlik megakategoriyalarining maqsadsiz maqsadga muvofiqligi, beg‘arazligi hamda yuksak ma’naviyat va go‘zal axloqni tarbiyalashga oid ilmiy takliflardan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan o‘tkazilgan «Yuksak ma’naviyatli avlod» respublika festivalining hududiy va respublika bosqichlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2017 yil 8 apreldagi 01/03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi xalqimiz, jumladan yoshlarda sof estetik did, go‘zal axloqni shakllantirish hamda badiiy-estetik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;

Immanuil Kant estetik ta’limoti sharq ilmiy merosining bilvosita ta’sirida transformatsiyaga uchragani hamda go‘zallik va ulug‘vorlik megakategoriyalarining axloqiy-estetik jihatlari, ularning «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi g‘ayriestetik tahdidlarga qarshi kurashdagi samarali ta’siriga oid taklif va tavsiyalardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 6 iyuldagi 250-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi xalqimizda milliy g‘ururni shakllantirish, yoshlarning estetik madaniyatini oshirish, ma’naviy ehtiyojini sifatli qondirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish