Egamberdiev Dilshodjon Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat ishlari bo‘yicha qo‘shma tergov guruhlarini tuzishda xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalari” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu903.
Ilmiy rahbar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori, professor; Shodiev G‘ulom Maxammatovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘shma tergov guruhlari va xalqaro tergov komissiyalarini tuzish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalarini ochib berish, bu jarayonda muammo va huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, shuningdek xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamni amalga oshirishda protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etishda jinoyat protsessual kodeksi normalari qo‘llanilanilishi va xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi bo‘yicha, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qo‘llanilishi mumkinligi asoslab berilgan;
tezkor-qidiruv faoliyati sohasida, chet davlatlarning vakolatli organlari va turdosh xalqaro tashkilotlar bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik milliy qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilishi asoslantirilgan;
vakolatli davlat organining kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va kibertahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish kerakligi, shuningdek, kiberjinoyatchilik bo‘yicha tergov harakatlarini olib borish hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kibermakonidan terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyatda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozimligi asoslantirilgan;
qo‘shma tergov guruhlari tushunchasiga “ikki yoki undan ortiq davlatlarning manfaatlari zid jinoyatlarni (transmilliy jinoyatlarni) sodir etgan shaxs, uyuushgan jinoiy guruh a’zolarining qilmishilarini tergov qilish va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli jazo ta’minlash maqsadida vakolatli organlarining markaziy organlari kelishuviga binoan davlatlarning vakolatlatli organlari ishtirokida tuziladigan qo‘shma guruh hisoblanadi” degan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamni amalga oshirishda protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etishda jinoyat protsessual kodeksi normalari qo‘llanilanilishi va xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi bo‘yicha, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qo‘llanilishi mumkinligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 595-modda 4-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 04/2-10/4025-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamni amalga oshirishda mamlakatda qabul qilingan qonun hujjatlarni ijro etishda va davlat suverenitetini mustahkamlashda samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan;
tezkor-qidiruv faoliyati sohasida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va turdosh xalqaro tashkilotlar xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarda ishtirok etishi masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilishiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 281-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 04/2-10/892-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda bevosita xalqaro hamkorlikni tartibga solishga zamin yaratgan;
vakolatli davlat organining kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va kibertahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishi kerakligi va kiberjinoyatchilik bo‘yicha tergov harakatlarini olib borish hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kibermakonidan terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyatda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerakligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni 11-modda, 2-qism, 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2023-yil 1-avgustdagi 04/11-10-1093-son dalolatnomasi). Bugungi kunda ancha rivojlanib borayotgan kibertahdidlarga qarshi kurashda davlatlarda o‘rtasida yagona yondoshuvni ishlab chiqish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.
“qo‘shma tergov guruhlari”, tushunchasining mualliflik ta’rifi hamda qo‘shma tergov guruhlari faoliyatini tartibga solishda xizmat qiluvchi prinsiplarning yangi tasnifi “Xalqaro jinoyat huquqi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i bilan darslik sifatida nashr qilishga ruxsat berilgan). Bu yangi bilimlar berish va ko‘nikmalarini shakllantirishda manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish