Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Fuqarolik sud ishlarini yuritishning protsessual muammolari» 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu191.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor; Sindorov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik sud ishlarini yuritishning protsessual muammolariga doir fuqarolik protsessual qonunchiligini takomillashtirish va sud amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilashi asoslantirilgan;
ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, agar protsessual huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmasa sud ish yuritishni tugatish kerakligi asoslantirilgan;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga arizalar elektron shaklda murojaat qilish mumkinligi, sud jarayonlarida videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish asoslantirib berilgan;
ijro hujjati sifatida sud buyrug‘i yo‘qotilgan taqdirda u bo‘yicha dublikat berish masalasi hamda ijro hujjatini dublikatini berish to‘g‘risida kimlar sudga ariza berishi, arizani berish muddati va uni ko‘rib chiqish muddatlarini aniq belgilash asoslantirib berilgan;
voyaga etmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) fuqarolik sudlari tomonidan alohida tartibda ko‘riladigan ish turi sifatida belgilanishi, shuningdek ushbu ish bo‘yicha ariza berish, arizani ko‘rib chiqish tartibi, mazkur ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori asoslab berilgan;
fuqarolik protsessining bosqichlari fuqarolik sud ishlarini yuritishning vazifalarini amalga oshirish, fuqarolik ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hal etish kabi muhim maqsadga yoʼnaltirilgan protsessual harakatlarning yig‘indisi hisoblanishi, fuqarolik protsessual huquqda erkin huquq prinsipi o‘zining yoki boshqa shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida protsessni vujudga keltirish, harakatlantirish va tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual huquqlardan foydalanish erkinligi ekanligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tushunchalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning protsessual muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilashga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 06/1-12-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirilishi fuqarolik sud ishlarini yuritish turlarini aniq belgilashga imkon bergan;
ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, agar protsessual huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmasa sud ish yuritishni tugatish kerakligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 124-moddasi 7-bandiga asos sifatida kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 06/1-12-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi fuqarolik sudlari tomonidan sud amaliyotida uchrayotgan protsessual muammolarni bartaraf etishga olib kelgan;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga arizalar elektron shaklda murojaat qilish, sud jarayonlarida videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish mumkinligi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 209-moddalari mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 06/1-12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi fuqarolar va tashkilotlarning sudga elektron murojaat qilish va ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish imkoniyatini yaratgan va ularning vaqtini tejashga xizmat qilgan;
ijro hujjati sifatida sud buyrug‘i yo‘qotilgan taqdirda u bo‘yicha dublikat berish masalasi hamda ijro hujjatini dublikatini berish to‘g‘risida kimlar sudga ariza berishi, arizani berish muddati va uni ko‘rib chiqish muddatlarini aniq belgilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi nomi va mazmunini bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 06/1-12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi ijro hujjati sifatida sud buyrug‘ini ijro etish bo‘yicha amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) fuqarolik sudlari tomonidan alohida tartibda ko‘riladigan ish turi sifatida belgilanishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 293-moddasi, shuningdek, ushbu ish bo‘yicha ariza berish, arizani ko‘rib chiqish tartibi, mazkur ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori bo‘yicha takliflari “Voyaga etmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya)” deb nomlangan 34-bobni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 06/1-12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi alohida tartibda ko‘riladigan ishlar turini kengayishiga hamda fuqarolarning moddiy qonunchilikda belgi¬langan huquqlarini to‘laqonli sudlar tomonidan himoya qilinishini amalda ta’minlashga hizmat qilgan;
fuqarolik protsessi bosqichlari va erkin huquq (dispozitivlik) prinsipi tushunchalariga oid konseptual g‘oya va takliflar “Fuqarolik protsessual huquqi” darsligida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-sonli buyrug‘i, 648-102 raqamli guvohnoma). Ushbu konseptual g‘oya va takliflar mazkur mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchi, talabalar, magistrant va amaliyot xodimlarining fuqarolik protsessi bosqichlari, erkin huquq (dispozitivlik) prinsipi haqida bilim, o‘quv va amaliy ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan.