Turdialiev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro moliya markazlarida xususiy-huquqiy munosabatlarning chet el huquqi va raqamli huquq asosida tartibga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu739.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Bozarov Sardor Sohibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor v.b., Saidov Maqsudbek Norboevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro moliya markazlari va ularning doirasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatida muayyan o‘ziga xos huquqiy rejim tushunchasi, uning qo‘llanilishi shartlari hamda maxsus huquqiy rejim bilan bog‘liq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartib-taomiliga, maxsus iqtisodiy zonalarda maxsus bojxona, soliq rejimi, shuningdek, fuqarolarning kirishi, chiqishi va u erda turishi rejimi, mehnatga oid huquqiy munosabatlari, moliya hamda kredit bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini amalga oshirish shartlari hamda investisiyalarni jalb qilish bilan tartibga solinishi asoslab berilgan;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini doimiy himoyaga olish masalalari, maxsus iqtisodiy zonalarda elektron tijorat ishtirokchilari tushunchasi, ularning huquq va majburiyatlarini ishlab chiqishga, maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish borasidagi nizolar, shuningdek, ushbu zonalardagi elektron tijoriy munosabatladan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda nizolarni hal qilishning muqobil usullari hamda onlayn nizolarni hal qilish tartib-taomillari asoslab berilgan;
kibermakondagi raqamli mahsulotlar, raqamli huquqlar, raqamli huquqlarni himoya qilish, elektron tijorat, elektron tijorat subektlari, elektron tijoriy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartib-taomiliga oid asosiy tushunchalar, kibermakondagi tijoriy munosabatlarni raqamli huquqlar bilan tartibga solinishi, kibermakonda tijoriy munosabatlarda bulutli texnologiyalardan foydalanish tartib-taomillari, elektron tijorat ishtirokchilari tushunchasi, ularning (sotuvchi va xaridor) huquq va majburiyatlarini belgilash asoslantirilgan;
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda turli usullar va innovatsiyalardan foydalanish zaruriyati, xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasining investision jozibadorligini oshirish, uning imkoniyatini keng targ‘ib qilishda raqamli Toshkent xalqaro moliya markazini (Toshkent XMM) tashkil qilish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro moliya markazlarida xususiy-huquqiy munosabatlarning chet el huquqi va raqamli huquq asosida tartibga solinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatida muayyan o‘ziga xos huquqiy rejim tushunchasi, uning qo‘llanilishi shartlari hamda maxsus huquqiy rejim bilan bog‘liq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartib-taomiliga, maxsus iqtisodiy zonalarda maxsus bojxona, soliq rejimi, shuningdek, fuqarolarning kirishi, chiqishi va u erda turishi rejimi, mehnatga oid huquqiy munosabatlari, moliya hamda kredit bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini amalga oshirish shartlari hamda investisiyalarni jalb qilish bilan tartibga solinishi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 37, 38, 39, 40-moddalarini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 10-iyuldagi 39-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi maxsus iqtisodiy zonalarda maxsus huquqiy rejimni joriy qilish bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini doimiy himoyaga olish masalalari, maxsus iqtisodiy zonalarda elektron tijorat ishtirokchilari tushunchasi, ularning huquq va majburiyatlarini ishlab chiqishga, maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish borasidagi nizolar, shuningdek, ushbu zonalardagi elektron tijoriy munosabatladan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda nizolarni hal qilishning muqobil usullari hamda onlayn nizolarni hal qilish tartib-taomiliga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 42, 43-moddalarini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 10-iyuldagi 39-son dalolatnomasi); Mazkur takliflarning qabul qilinganligi maxsus iqtisodiy zonalarda kelib chiqadigan nizolarni hal qilish samarali usullarini qo‘llashga xizmat qilgan;
kibermakondagi raqamli mahsulotlar, raqamli huquqlar, raqamli huquqlarni himoya qilish, elektron tijorat, elektron tijorat subektlari, elektron tijoriy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartib-taomiliga oid asosiy tushunchalar, kibermakondagi tijoriy munosabatlarni raqamli huquqlar bilan tartibga solinishi bo‘yicha tavsiyalar, kibermakonda tijoriy munosabatlarda bulutli texnologiyalardan foydalanish tartib-taomillariga doir tavsiyalar, elektron tijorat ishtirokchilari tushunchasi, ularning (sotuvchi va xaridor) huquq va majburiyatlarini ishlab chiqishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 8, 9, 10, 14, 20, 21, 28-moddalarini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022-yil 21-dekabrdagi 05-10/3309-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi kibermakondagi elektron tijorat munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda turli usullar va innovatsiyalardan foydalanish zaruriyati, xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasining investision jozibadorligini oshirish, uning imkoniyatini keng targ‘ib qilishda raqamli Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda Fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi doirasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 9/11-5/41231-son dalolatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi investision jozibadorligini oshirishga, raqamli investitisiyalar oqimini jalb qilishga, yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasida raqamli munosabatlarni tartibga solishga doir moddalarni maromiga etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish