Sultanova Saida Muhiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ayollarda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P605.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskareevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Djurakulova Dilfuza Farxodovna, psixologiya fanlari b.f.d. (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollarda aybdorlik hissining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlashtirish asosida uning oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda aybdorlik hissi ijtimoiy-psixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oilaga etarlicha vaqt ajrata olmaslik, ish davomida boshqalarni ranjitib qo'yish, ishga mas’uliyasizlik bilan yondashishning faol ifodalanishi orqali ayol shaxsida o‘zini o‘zi ayblash, o‘ziga past baho berish xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishi dalillangan;
emotsional sohada, faoliyatda va xulq-atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish komponentlarining aybdorlik hissiga ta’siri natijasida, o‘zini boshqarish hamda mustaqil tahlil qilishning aybdorlik va uyat hislariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli ayollarda o‘zini idora qilishning «eksternallik», «beta-mag‘rurlik», «alfa-mag‘rurlik» bilan uyg‘un rivojlanishi asoslanilgan;
kasbiy faoliyatda ayollardagi aybdorlik hissining emotsional intellekt darajalari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, his-kechinmalarning o‘zgarishini kuzata olish, o‘zga insonlar dardini his qilish, boshqalardagi emotsional o‘zgarishlarni anglashning tarkib topishi orqali aybdorlik hissi «emotsional bilimdonlik», «empatiya» komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi isbotlangan;
shaxsning nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari aybdorlik hissi bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, ziddiyatli holatlarda o‘zga shaxslarning manfaatlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslikning ustun kelishiga ko‘ra nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali ayollarda aybdorlik hissining bartaraf etilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollarda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
ayollarda aybdorlik hissi ijtimoiy-psixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oilaga etarlicha vaqt ajrata olmaslik, ish davomida boshqalarni ranjitib qo'yish, ishga mas’uliyasizlik bilan yondashishning faol ifodalanishi orqali ayol shaxsida o‘zini o‘zi ayblash, o‘ziga past baho berish xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-77-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-77a-son ma’lumotnomasi). Natijada ish davomida boshqalarni ranjitib qo'yish, ishga mas’uliyasizlik bilan yondashishning faol ifodalanishi orqali ayol shaxsida o‘zini o‘zi ayblash, o‘ziga past baho berish xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishini tahlil etishga sharoit yaratilgan.
emotsional sohada, faoliyatda va xulq-atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish komponentlarining aybdorlik hissiga ta’siri natijasida, o‘zini boshqarish hamda mustaqil tahlil qilishning aybdorlik va uyat hislariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli ayollarda o‘zini idora qilishning «eksternallik», «beta-mag‘rurlik», «alfa-mag‘rurlik» bilan uyg‘un rivojlanishini asoslashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-77-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-77a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zini boshqarish hamda mustaqil tahlil qilishning aybdorlik va uyat hislariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli ayollarda o‘zini idora qilishning «eksternallik», «beta-mag‘rurlik», «alfa-mag‘rurlik» bilan uyg‘un rivojlanishi asosida  tavsiyalar ishlab chiqilgan.
kasbiy faoliyatda ayollardagi aybdorlik hissining emotsional intellekt darajalari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, his-kechinmalarning o‘zgarishini kuzata olish, o‘zga insonlar dardini his qilish, boshqalardagi emotsional o‘zgarishlarni anglashning tarkib topishi orqali aybdorlik hissi «emotsional bilimdonlik», «empatiya» komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-77-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-77a-son ma’lumotnomasi). Natijada his-kechinmalarning o‘zgarishini kuzata olish, o‘zga insonlar dardini his qilish, boshqalardagi emotsional o‘zgarishlarni anglashning tarkib topishi orqali aybdorlik hissi «emotsional bilimdonlik», «empatiya» komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan.
shaxsning nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari aybdorlik hissi bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, ziddiyatli holatlarda o‘zga shaxslarning manfaatlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslikning ustun kelishiga ko‘ra nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali ayollarda aybdorlik hissining bartaraf etilishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-77-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-77a-son ma’lumotnomasi). Natijada nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali ayollarda aybdorlik hissi bartaraf etilishining amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish