Inagamova Lola Usmanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P373.
Ilmiy rahbar: Norkulova Nargiza Tashpulatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Azamat Sattorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh rahbarlarda stress holatini vujudga kelishidagi differensial farqlarga ko‘ra boshqaruv axborotlarini qabul qilish, qayta ishlash, rasional qarorlar qabul qilishdagi professional-psixologik yuklamaning shaxs hissiy sohasiga disfunksional ta’siri «kongnitiv dissonans»larni kuchaytirganligi tufayli psixofiziologik, psixoemosional, ijtimoiy omillarning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
shaxsda stressga bardoshlilikning shakllanishi yosh rahbarlardagi «psixotravmatik vaziyatlar kechishi», «o‘zidan qoniqmaslik, «burchakka taqalgan»lik, «xavotirlanish va depressiya», «kasbiy vazifalarni qisqartirish», «emosional tanqislik», «depersonalizasiya», «psixosomatik va psixovegetativ buzilishlar»ning, zaxiradagi rahbarlarda «psixotravmatik vaziyatlar kechishi», «xavotirlanish va depressiya», «depersonalizasiya», «psixosomatik va psixovegetativ buzilishlar»ning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli hissiy so‘nish bilan bog‘liq psixoemosional holatning namoyon bo‘lishiga teskari proporsional ekanligi dalillangan;
yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikning shakllanishi shaxsning dadil xatti-harakatlarni amalga oshirish, insonlar bilan muloqot qilishga intilish, o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashini kutish, shoshilmasdan ish tutish, keskin xatti-harakatlarni sodir etish, muammolardan uzoqlashishni istash, rejali choralar ko‘rish kabi xulq-atvor shakllarini assosial va tajavuzkor harakatlarni kompensasiyalashda namoyon bo‘lishi tufayli stressli vaziyatlarni bartaraf etish strategiyalarini rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
yosh rahbarlarda stressni samarali boshqarishi ko‘nikmasini shakllantirish uchun stressga bardoshlilik, moslashuvchanlik, « time menejment », « self menejment », jamoaga interaktiv ta’sir etish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq professional autoidentifikasiyani rivojlantirish muhimligiga ko‘ra autotexnik va relaksasiya usullari orqali «o‘z-o‘ziga motivasiya», «o‘ziga ijobiy hissiy munosabatni» tarkib toptirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
yosh rahbarlarda stress holatini vujudga kelishidagi differensial farqlarga ko‘ra boshqaruv axborotlarini qabul qilish, qayta ishlash, rasional qarorlar qabul qilishdagi professional-psixologik yuklamaning shaxs hissiy sohasiga disfunksional ta’siri «kongnitiv dissonans»larni kuchaytirganligi tufayli psixofiziologik, psixoemosional, ijtimoiy omillarning ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 19-sentyabrdagi PM-72-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-72-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda stress holatini vujudga kelishidagi differensial farqlarga ko‘ra boshqaruv axborotlarini qabul qilish samaradorligi oshgan;
shaxsda stressga bardoshlilikning shakllanishi yosh rahbarlardagi «psixotravmatik vaziyatlar kechishi», «o‘zidan qoniqmaslik, «burchakka taqalgan»lik, «xavotirlanish va depressiya», «kasbiy vazifalarni qisqartirish», «emosional tanqislik», «depersonalizasiya», «psixosomatik va psixovegetativ buzilishlar»ning, zaxiradagi rahbarlarda «psixotravmatik vaziyatlar kechishi», «xavotirlanish va depressiya», «depersonalizasiya», «psixosomatik va psixovegetativ buzilishlar»ning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli hissiy so‘nish bilan bog‘liq psixoemosional holatning namoyon bo‘lishiga teskari proporsional ekanligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 19-sentyabrdagi PM-72-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-72-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish natijadorligi ta’minlangan;
yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikning shakllanishi shaxsning dadil xatti-harakatlarni amalga oshirish, insonlar bilan muloqot qilishga intilish, o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashini kutish, shoshilmasdan ish tutish, keskin xatti-harakatlarni sodir etish, muammolardan uzoqlashishni istash, rejali choralar ko‘rish kabi xulq-atvor shakllarini assosial va tajavuzkor harakatlarni kompensasiyalashda namoyon bo‘lishi tufayli stressli vaziyatlarni bartaraf etish strategiyalarini rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 19-sentyabrdagi PM-72-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-72-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda stressga bardoshlilikning shakllanishini tahliliy o‘rganishga sharoit yaratilgan;
yosh rahbarlarda stressni samarali boshqarishi ko‘nikmasini shakllantirish uchun stressga bardoshlilik, moslashuvchanlik, « time menejment », « self menejment », jamoaga interaktiv ta’sir etish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq professional autoidentifikasiyani rivojlantirish muhimligiga ko‘ra autotexnik va relaksasiya usullari orqali «o‘z-o‘ziga motivasiya», «o‘ziga ijobiy hissiy munosabatni» tarkib toptirish zaruratini asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 19-sentyabrdagi PM-72-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-72-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda stressni samarali boshqarish ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyatlari oshirilgan.