Quliev Yorqin Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda korrupsion holatlarga qarshi xulq-atvorni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P435.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ismatova Dilafruz Tuymuratovna, psixologiya fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda korrupsion holatlarga qarshi xulq-atvorni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda korrupsion holatlarga qarshi xulq-atvorni shakllantirishda axloqning kognitiv, motivatsion, emotsional komponentlarini retrospektiv, real va prospektiv faoliyatni tahlil qilish jihatlari bilan autent namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli refleksiv xususiyatlarni rivojlanganlik darajasi ustuvor ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
talabalardagi irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini antikorrupsion xulqni shakllanishiga ta’siri natijasida mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik, matonatlilik, qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik jihatlarini faoliyatga munosabatda gender differensiatsiyalanishi tufayli o‘z xulq-atvorini boshqarish komponentlari ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan;
talabalarda antikorrupsion xulqni shakllantirishda shaxslararo munosabatlardagi ijtimoiy nufuzga, raqobatga, maqsadga erishishga intilishning gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda konstruktiv raqobatga tayyorlikka o‘zaro integrativ rivojlantirish muhimligi tufayli shaxs motivatsion sohasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan;
talabalarda antikorrupsion xulqni shakllantirishda faoliyatdagi perspektiv o‘z-o‘zini tahlil qilishning rejalashtirish, modellashtirish, mustaqillik, o‘zini nazorat qilish sifatlariga bog‘liq ravishda usutvor namoyo bo‘lishi muhimligi tufayli xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish va refleksiv xususiyatlarni o‘zaro integrativ rivojlanishini ta’minlash muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda korrupsion holatlarga qarshi xulq-atvorni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda korrupsion holatlarga qarshi xulq-atvorni shakllantirishda axloqning kognitiv, motivatsion, emotsional komponentlarini retrospektiv, real va prospektiv faoliyatni tahlil qilish jihatlari bilan autent namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli refleksiv xususiyatlarni rivojlanganlik darajasi ustuvor ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-86-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-86a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda antikorrupsion xulq motivlarining rivojlanishining refleksiv xususiyatlariga bog‘liqlik jihatlari tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalardagi irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini antikorrupsion xulqni shakllanishiga ta’siri natijasida mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik, matonatlilik, qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik jihatlarini faoliyatga munosabatda gender differensiatsiyalanishi tufayli o‘z xulq-atvorini boshqarish komponentlari ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-86-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-86a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda antikorrupsion xulq motivlarini rivojlantirishda irodaviy sifatlarning differensial namoyon bo‘lishi xususiyatlari tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda antikorrupsion xulqni shakllantirishda shaxslararo munosabatlardagi ijtimoiy nufuzga, raqobatga, maqsadga erishishga intilishning gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda konstruktiv raqobatga tayyorlikka o‘zaro integrativ rivojlantirish muhimligi tufayli shaxs motivatsion sohasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-86-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-86 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda shaxs motivatsion sohasiga korreksion-adaptiv ta’sirlarni oshirishga erishilgan;
talabalarda antikorrupsion xulqni shakllantirishda faoliyatdagi perspektiv o‘z-o‘zini tahlil qilishning rejalashtirish, modellashtirish, mustaqillik, o‘zini nazorat qilish sifatlariga bog‘liq ravishda usutvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish va refleksiv xususiyatlarni o‘zaro integrativ rivojlanishini ta’minlash muhimligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-86-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-86a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda antikorrupsion xulq-atvorni shakllantirishning psixokorreksion amaliy-uslubiy ta’minotni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan.