Jabborova Malohat Azimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar akademik o‘zlashtirishining psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P388
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat univepsiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Nargis Batirovna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ostanov Shuxrat Sharipovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
    Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat univepsiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar akademik o‘zlashtirishi determinantlarining psixodiagnostikasi va psixokorreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonining uzviy qismiga aylangan “axborotlarni qayta ishlash tezligi”, “umumiy aqliy qobiliyat”, “xotira”, “muvvafaqiyatga intilish va qochish motivatsiyasi”, “stressga barqarorlik”, “individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari”, “o‘quv faoliyat motivlari”, “o‘quv faoliyatini tashkil etish uslublari” kabi omillar talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini shartlovchi yetakchi psixologik determinantlar ekanligi aniqlangan;
ta’limda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari, o‘quv faoliyat motivlari, o‘quv faoliyatini tashkil etish uslublarini takomillashtirish, talaba yoshlarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish, qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish, ularning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay bilish, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay olish kabi omillar ta’lim jarayonida akademik o‘zlashtirishning muhim shartlaridan ekanligi mantiqiy bog‘lanishlar orqali dalillangan;
o‘quv faoliyati va turmush tarzida duch keladigan turli muammolar tufayli talabalarda derressiya, zaiflashuv, ta’sirchanlik, tashvishning sezilarli darajada ko‘rayishi, intilishlarida keskinlik, zo‘riqish, umidsizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylashish, bezovtalik, hayajon, tashvish va charchoq hissi kabi holatlar ortib borib, ularda xotirjamlik, sovuqqonlik, o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlarini, malakalarini, bilim va qobiliyatlarini baholay olmaslik sifatlari shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘zini o‘zi boshqarish, hissiy holatlarni tartibga solish va maqsadlarga erishish qobiliyati hamda stressga chidamlilik quyi darajada bo‘lgan, akademik o‘zlashtirishi past talabalar o‘quv faoliyatida yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etishning psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixoprofilaktika va psixoterapiya kabi zamonaviy  tarbiyaviy ta’sir chora-tadbirlari psixologik mezonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar akademik o‘zlashtirishining psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim jarayonining uzviy qismiga aylangan “axborotlarni qayta ishlash tezligi”, “umumiy aqliy qobiliyat”, “xotira”, “muvaffaqiyatga intilish va qochish motivatsiyasi”, “stressga barqarorlik”, “individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari”, “o‘quv faoliyat motivlari”, “o‘quv faoliyatini tashkil etish uslublari” kabi omillar talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini shartlovchi yetakchi psixologik determinantlar ekanligi aniqlanganligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan o‘quv kurslarida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini shartlovchi yetakchi psixologik determinantlar haqida ma’lumot berishga erishilgan;
ta’limda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari, o‘quv faoliyat motivlari, o‘quv faoliyatini tashkil etish uslublarini takomillashtirish, talaba yoshlarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish, qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish, ularning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay bilish, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay olish kabi omillar ta’lim jarayonida akademik o‘zlashtirishning muhim shartlaridan ekanligi mantiqiy bog‘lanishlar orqali dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79a-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida  moduliga kiritilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, ta’lim samaradorligi oshishida va ba’zi psixologik omillar ta’lim jarayonida akademik o‘zlashtirishning muhim shartlaridan ekanligini aniqlashda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quv faoliyati va turmush tarzida duch keladigan turli muammolar tufayli talabalarda derressiya, zaiflashuv, ta’sirchanlik, tashvishning sezilarli darajada ko‘rayishi, intilishlarida keskinlik, zo‘riqish, umidsizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylashish, bezovtalik, hayajon, tashvish va charchoq hissi kabi holatlar ortib borib, ularda xotirjamlik, sovuqqonlik, o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlarini, malakalarini, bilim va qobiliyatlarini baholay olmaslik sifatlari shakllanishiga olib kelishi isbotlanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univepsiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda xotirjamlik, sovuqqonlik, o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlarini, malakalarini, bilim va qobiliyatlarini baholay olmaslik kabi ba’zi sifatlarning shakllanishi ta’lim samaradorligi va talabalar akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan;
o‘zini o‘zi boshqarish, hissiy holatlarni tartibga solish va maqsadlarga erishish qobiliyati hamda stressga chidamlilik quyi darajada bo‘lgan, akademik o‘zlashtirishi rast talabalar o‘quv faoliyatida yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etishning psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixorrofilaktika va psixoterariya kabi zamonaviy  tarbiyaviy ta’sir chora-tadbirlari psixologik mezonlar asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat redagogika univepsiteti Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modullariga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat redagogika univepsiteti Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-79a-son ma’lumotnomasi). Natijada, rast o‘zlashtiruvchi talabalar o‘quv faoliyatida yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etishning psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixorrofilaktika va psixoterariya kabi zamonaviy  tarbiyaviy ta’sir chora-tadbirlari takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish