Norova Shahodat Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asqad Muxtorning badiiy til mahorati (“Chinor” romani misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil513.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Andaniyazova Dilrabo Ro‘ziqulovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), katta ilmiy xodim; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Chinor” romanini lingvopoetik aspekti asosida Asqad Muxtorning badiiy til mahoratini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi bola-go‘dak, do‘zax-jahannam kabi ma’nodosh birliklar va aybsiz-aybdor, azobli-shirin kabi zid ma’nolilik hodisalarining badiiy matn ko‘lamdorligi hamda yozuvchi niyatining tugal ifodlanishi, asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashga xizmat qilishi dalillangan;
asar yozilgan davr ruhini aks ettiruvchi so‘z va iboralar, dialektizm, arxaizm va agnonimik birliklarning agnonim-istorizm, agnonim-arxaizm, agnonim-neologizm kabi ko‘rinishlari hamda ularning badiiy-estetik vazifasi obkom, sovxoz, kvazarlar, payantak,chorpichoq kabi misollar bilan isbotlangan;
Asqad Muxtorning “Chinor” romanida milliy ruh bilan sug‘orilgan, tarixiy hamda ijtimoiy muhit ruhiyati aks etgan chinordek, o‘choqma-o‘choq, Sayxun, qulog‘im sizda kabi metafora, metonimiya, sinekdoxa va o‘xshatish qurilmalardan lingvopoetik maqsadda foydalanilgani ochib berilgan;
roman matnidagi Xalq boshqa-yu deputat boshqa ekanda?Uni kim saylagan o‘zi? kabi imperativ va interrogativ qurilmalari, Ular yana 3 soat yo‘l yurdilar, yo‘l yursalar ham mo‘l yurdilar kabi intertekstual vositalari orqali roman tilining sintaktik jihatdan o‘ziga xosligini ta’minlashdagi vazifasi va poetik aktuallashuvi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Chinor” romanining lingvopoetik tadqiqi boʻyicha olingan natijalar asosida:
Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi bola-go‘dak, do‘zax-jahannam kabi ma’nodosh birliklar va aybsiz-aybdor, azobli-shirin kabi zid ma’nolilik hodisalarining badiiy matn ko‘lamdorligi hamda yozuvchi niyatining tugal ifodlanishi, asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashga xizmat qilishi hamda qo‘llanish doirasi tadqiq etilishi natijasida olingan xulosalardan 2012–2016-yillarda olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzulardagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 18.01/03-son maʼlumotnomasi). Natijada badiiy matnning lingvopoetik tahlili, badiiy matnda qo‘llanilgan leksik-semantik birliklar; sinonim va antonimlarning badiiy matndagi o‘rni, milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari tilning milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligi yuzasidan chiqarilgan xulosalar loyihaning ilmiy qimmatini oshirgan;
asar yozilgan davr ruhini aks ettiruvchi so‘z va iboralar, dialektizm, arxaizm va agnonimik birliklarning agnonim-istorizm, agnonim-arxaizm, agnonim-neologizm kabi ko‘rinishlari hamda ularning badiiy-estetik vazifasi obkom, sovxoz, kvazarlar, payantak,chorpichoq kabi misollar bilan isbotlangan xulosa va takliflardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 07-avgustdagi 04/1-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihadagi nazariy fikrlar mazmuniy jihatdan boyigan;
Asqad Muxtorning “Chinor” romanida milliy ruh bilan sug‘orilgan, tarixiy hamda ijtimoiy muhit ruhiyati aks etgan chinordek, o‘choqma-o‘choq, Sayxun, qulog‘im sizda kabi metafora, metonimiya, sinekdoxa va o‘xshatish qurilmalardan lingvopoetik maqsadda foydalanilgani ko‘rsatilgan va ularning lingvopoetik tahliliga oid taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 15-dekabrdagi 04-36-2071-son ma’lumotnomasi) Natijada tadqiqotdagi ma’rifiy-ma’naviy fikrlar, ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini mazmunan boyitgan va mukammallashtirgan.