Azimov Inomjon Mamasodikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“XX asr boshlarida o‘zbek tilshunosligining rivojlanish yo‘nalishlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil396.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr boshlarida o‘zbek tilshunosligining rivojlanish yo‘nalishlari va jadid ma’rifatparvarlarining alifbo, adabiy til, imlo bo‘yicha ilmiy faoliyati mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr boshlarida ilmiy adabiyotlarda tilshunoslikka oid tovush, harf, bo‘g‘in, hijo, unli, undosh, gap, ega, kesim xususidagi dastlabki nazariy bilimlar aks etganligi, milliy terminlar yaratishda turkiy xalqlar tilshunosliklari bilan hamkorligi, shuningdek, terminlarni milliylashtirish harakatlari asosida zamonaviy o‘zbek tilshunosligi shakllanganligi ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi mavjud tovushlarni ifodalashda arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvining noqulayligi, boshqa tillardagi kabi ma’lum qoidaga asoslangan mukammal imloning yo‘qligini inobatga olib, Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi”ning milliy alifbo islohotiga qo‘l urishi hamda uni amalga oshirishda turkiy xalqlar tajribasiga tayanilgani, ilk imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, isloh qilingan arab-o‘zbek alifbosiga o‘zbek tilidagi unli tovushlar uchun alohida “ﯯ”, “ﯱ.”, “ﯫ.”, “ﯬ.”, “ﯸ.”, “ﯾ.” belgi (harf)larning kiritilganligi aniqlangan;
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy asoslari, uch alifbo loyihasi, ular o‘rtasidagi aksariyat undosh tovushlarni ifodalashda bir xil harflarni qo‘llashdagi o‘xshash hamda ikki xil “j” (ﮊ , ﺟ) uchun “z”, boshqa loyihada bitta “ƶ” bilan berilishi, “sh” uchun “z”, “ﻏ” uchun “z” shaklining olinishi, unlilarning berilishidagi farqli jihatlar, jadidlarning o‘zbek tilidagi tovushlarga harf tanlashda xorijiy tajribaga murojaat qilishi, unlilar miqdorini belgilashda turk, tatar tilshunoslariga ergashishi, arab tiliga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalovchi “ﺡ”, “ﻉ”, “ﺺ”, “ﺾ”, “ﻁ”, “ﻅ”, “ﺚ”, “ﺫ”, “ﮊ” harflarning alifbodan chiqarilish sabablari asoslangan;
barcha turkiy tillar uchun xos singarmonizm hodisasiga munosabatda jadidlarning singarmonizmni temir qonuniyat deb atovchilar, tildagi barcha so‘zlarni yuz foiz shu qonunga bo‘ysundiruvchilar, ya’ni “yuz prosentchilar”, o‘z so‘zlarimizni bu qonunga bo‘ysundirib, chet so‘zlarni mumkin qadar singarmonizmga moslab, qolganlariga eshitilgancha yozuvchilar, ya’ni “istisnochilar” mavjud bo‘lgani, mazkur qonuniyatning o‘zbek tilida e’tirof etilishi, biroq keyinchalik o‘zining kommunistik mafkurasini barcha jabhalarga singdirgan sho‘rolar hokimiyati tomonidan ishchi-dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi yangi jamiyat qurilayotgani, bu jamiyat eski burjuaziya mafkurasi ostidagi tarix, fan, madaniyatdan butunlay holi bo‘lishi kerak degan g‘oyaning ilgari surilishi natijasida bu hodisaning inkor qilinganligi ochib berilgan;
hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti masalasi turli munozaraga sabab bo‘layotganligi va hal qilinishida tayanch dialekt tarixiga oid ma’lumotlar muhim ekanligi e’tiborga olinib, jadidlarning bu sohadagi qarashlari, adabiy tilning boyib borishida turli shevadan so‘z va shakllar o‘zlashtirishning ahamiyati, chetdan so‘z o‘zlashtirish, istiloh (termin)larni qo‘llash bo‘yicha jadidlarning qarashlari, ularning tildagi chet so‘zlar o‘rniga turkiy so‘zlarni qo‘llash, atamalar uchun shevalardan so‘z olish, barcha turkiy tillar uchun umumiy atama shakllantirish, o‘zbekchada muqobili bo‘lgan hamda o‘zbek xalq jonli tiliga singmagan arabcha-forscha so‘zlarni chiqarib tashlash, o‘zbekcha muqobili bo‘lmagan yoki bo‘lsa-da, unutilib ketgan arabcha va forscha so‘zlarni albatta saqlash kabi takliflari hozir ham ahamiyatini yo‘qotmaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid ma’rifatparvarlarining ilmiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
XX asr boshlarida ilmiy adabiyotlarda tilshunoslikka oid tovush, harf, bo‘g‘in, hijo, unli, undosh, gap, ega, kesim xususidagi dastlabki nazariy bilimlar aks etganligi, milliy terminlar yaratishda turkiy xalqlar tilshunosliklari bilan hamkorligi, shuningdek, terminlarni milliylashtirish harakatlari asosida zamonaviy o‘zbek tilshunosligi shakllanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2012 – 2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G041-sonli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 5-oktyabrdagi 3/1255-2733-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining o‘tgan asr boshlaridagi taraqqiyotiga doir nazariy qarashlar, dissertatsiya materiallaridan olingan misollar o‘z tasdig‘ini topgan;
o‘zbek tilidagi mavjud tovushlarni ifodalashda arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvining noqulayligi, boshqa tillardagi kabi ma’lum qoidaga asoslangan mukammal imloning yo‘qligini inobatga olib, Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi”ning milliy alifbo islohotiga qo‘l urishi hamda uni amalga oshirishda turkiy xalqlar tajribasiga tayanilgani, ilk imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, isloh qilingan arab-o‘zbek alifbosiga o‘zbek tilidagi unli tovushlar uchun alohida “ﯯ”, “ﯱ.”, “ﯫ.”, “ﯬ.”, “ﯸ.”, “ﯾ.” belgi (harf)larning kiritilganligi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020–2022-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-maydagi 01/10-887-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusi leksik bazasining mukammallashishiga erishilgan;
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy asoslari, uch alifbo loyihasi, ular o‘rtasidagi aksariyat undosh tovushlarni ifodalashda bir xil harflarni qo‘llashdagi o‘xshash hamda ikki xil “j” (ﮊ , ﺟ) uchun “z”, boshqa loyihada bitta “ƶ” bilan berilishi, “sh” uchun “z”, “ﻏ” uchun “z” shaklining olinishi, unlilarning berilishidagi farqli jihatlar, jadidlarning o‘zbek tilidagi tovushlarga harf tanlashda xorijiy tajribaga murojaat qilishi, unlilar miqdorini belgilashda turk, tatar tilshunoslariga ergashishi, arab tiliga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalovchi “ﺡ”, “ﻉ”, “ﺺ”, “ﺾ”, “ﻁ”, “ﻅ”, “ﺚ”, “ﺫ”, “ﮊ” harflarning alifbodan chiqarilish sabablari bo‘yicha berilgan xulosa va takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-OT-2019-10-raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” (2020–2022-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-oktyabrdagi 01/10-2113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashma so‘zlarni milliy til qoidalariga moslashtirish, atamalarning o‘zbekcha muqobilini tanlashda xalq tiliga, shu bilan birga, qardosh turkiy tillar tajribasiga murojaat qilish orqali o‘zbek tilida nom yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha nazariy masalalar echimini topgan;
barcha turkiy tillar uchun xos singarmonizm hodisasiga munosabatda jadidlarning singarmonizmni temir qonuniyat deb atovchilar, tildagi barcha so‘zlarni yuz foiz shu qonunga bo‘ysundiruvchilar, ya’ni “yuz prosentchilar”, o‘z so‘zlarimizni bu qonunga bo‘ysundirib, chet so‘zlarni mumkin qadar singarmonizmga moslab, qolganlariga eshitilgancha yozuvchilar, ya’ni “istisnochilar” mavjud bo‘lgani, mazkur qonuniyatning o‘zbek tilida e’tirof etilishi, biroq keyinchalik o‘zining kommunistik mafkurasini barcha jabhalarga singdirgan sho‘rolar hokimiyati tomonidan ishchi-dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi yangi jamiyat qurilayotgani, bu jamiyat eski burjuaziya mafkurasi ostidagi tarix, fan, madaniyatdan butunlay holi bo‘lishi kerak degan g‘oyaning ilgari surilishi natijasida bu hodisaning inkor qilinishi, imlo qoidalarining yaratilishi bo‘yicha xulosalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va Ma’rifat” telekanali”da “Jadidlar”, “Millat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va Ma’rifat” telekanali”ning 2023-yil 31-oktyabrdagi 01-01/219-son ma’lumot¬nomasi). Natijada jadidlar tomonidan o‘tgan asr boshlarida o‘zbek tilshunosligi tamal toshining qo‘yilishi, milliy fonetika, orfografiya leksikologiya, morfologiya va sintaksisning rivojlanishi, bu jarayonlarda Fitrat, Cho‘lpon, Ashurali Zohiriy, Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, Najib Osim, Ibrohim Tohiriy, Yoqub Omon, Otajon Hoshim, Abdulla Alaviy kabi millat fidoyilarining xizmatini keng ommaga yetkazish orqali ahamiyatli darajasi oshgan.