Yuldashev Rustam Zafardjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning patogenetik mexanizmlari va uni davolash usullari», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib724.
Ilmiy maslahatchi: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Razumovskiy Aleksandr Yurevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFA korrespondent azosi; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning diagnostikasi hamda xirurgik taktikasini darvoza vena tizimi flebotrombozining xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarda darvoza vena tizimining beshta flebotromboz turi mavjudligi aniqlandi, ularning har biri qon oqimi bloklanishining ma’lum darajasi va tarqalishi asoslangan;
portal gipertenziyaning jigardan tashqari shakli bo‘lgan bolalarda xirurgik davolashdan oldin va keyin portal gipertenziyaning og‘irligini baholash va monitoring qilishning noinvaziv usuli takomillashtirilgan;
dekompressiv, ajratuvchi va endoskopik aralashuvlardan so‘ng portal gipertenziyaning jigardan tashqari shakli bo‘lgan bolalarda portal vena tizimidagi gemodinamikasidagi o‘zgarishlarning xarakterli xususiyatlari aniqlangan;
bolalarda portal gipertenziyaning shuntlab bo‘lmaydigan shaklida qizilo‘ngach va oshqozon varikoz tomirlaridan qon ketishining rivojlanishining oldini olish uchun endoskopik bog‘lash va azigoportal ajratish operatsiyalari samaradorligini oshirishning patogenetik jihatlari aniqlangan;
bolalarda portal vena tizimining flebotromboz turiga qarab deterministik xirurgik yondashuv shunt trombozi, takroriy qon ketishlar, gepatopulmonar sindrom va portosistemik ensefalopatiya kabi asoratlarni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 7 fevraldagi 03/167-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziya tufayli rivojlanuvchi qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalari va ulardan qon ketish xavfini operatsiyadan oldingi davrda noinvaziv usul bilan baxolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Operativ davodan oldin, jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini noinvaziv bo‘lgan 2DSWE (shearwaveelastography) usuli bilan taloq zichligining elastometriyasi yordamida baholashning ahamiyatlariga xavfsizlik, monitoring va erta tashxis qo‘yish imkoniyati va anesteziologik endashuv zaruratining yo‘qligidadir. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.07.2023 yildagi 39§2 – sonli buyruq, hamda, Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limlari bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kichik eshdagi bemorlarning operatsiya oldi tekshirish rejasida noinvaziv tashxislash usuli bilan qizilo‘ngach varikoz tomirlar mavjudligini aniqlash xavsizlikni, asoratlarni bo‘lmasligini, qo‘shimcha muolajalar talab etmasligi, bolalarda qo‘rquv, xayajon, bo‘lmasligi ta’minlab beradi; anesteziyaga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish va kasal yotog‘i oldida tekshiruvni o‘tkazish imkoniyati bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytiradi. Bu, ayniqsa, resurslari cheklangan ijtimoiy vaziyatda axamiyatli. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda qizilo‘ngach varikoz tomirlarini invaziv bo‘lmagan tashxislash usulining iqtisodiy samaradorligi invaziv endoskopiya bilan solishtirganda har bir bemor uchun xarajatlarni 36,8% ga kamaytirishdir. Endoskopik tekshiruv anesteziologik endashuv bilan o‘tkaziladigan bolalarga nisbatan 91,7% ga ko‘p. Jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda tomirlarning varikoz kengayishi mavjudligini noinvaziv baholash bilan tashxislash xarajati 120000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sedatatsiyasiz endoskopik tekshiruvda 193000 so‘m, sedatatsiya bilan esa 1462415 so‘mni tashkil qilgan.
Xulosa: jigardan tashqari portal gipertenziyali bemorlarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan vena tomirlari, klinik axamiyatli portal gipertenziyani yuqorida keltirilgan tekshiruv usulidan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1342415 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Yuldashev Rustam Zafardjanovichning«Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning patogenetik mexanizmlari va uni davolash usullari»mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan 09.11.2023 yildagi № 03/2415 sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: taloq zichligini elastometriya usuli asosida operatsiya o‘tkazgan jigardan tashqari portal gipertenziyali bemor bolalarda asoratlar mavjudligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardan tashqari portal gipertenziyali bolalarda operatsiyadan keyin asortalar, ya’ni qizilo‘ngachdagi varikoz tomirlar mavjudligini noinvaziv, taloq zichligini bilvosita - elastometriya usuli bilan tekshirish orqali, invaziv bo‘lgan endoskopik tekshiruv bilan bog‘liq bo‘lgan nojuya ta’yasirlar (psixoemotsional zararlanish, og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngach hamda oshqozon shilliq qavatlari mikrojaroxatlari) va asoratlar oldi olinadi. Shuningdek, kichik eshdagi bolalarda endoskopik tekshiruv uchun zarur bo‘lgan anesteziologik xavf-xatarlar oldi olinadi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.07.2023 yildagi 39§2 – sonli buyruq, hamda, Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limlari bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: noinvaziv tashxislash usuli kichik yoshdagi bolalar uchun qulay va kasalxonaga yotqizishni talab qilmaydi, bubemorlarning ushbu populyasiyasi uchun diagnostikadan kengroq foydalanish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, bolalar salomatligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lgan ijtimoiy sharoitda muhim ahamiyatga ega; anesteziyaga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish va ambulator sharoitda tekshiruvni o‘tkazish imkoniyati bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytiradi. Bu, ayniqsa, resurslari cheklangan ijtimoiy vaziyatda axamiyatli; takroriy endoskopik tekshiruvlar bilan bog‘liq psixologik travma xavfini kamaytirish, bemorlarning psixo-ijtimoiy farovonligi haqida qayg‘urishni ta’minlaydi. Bu alternativ usul stress va noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi, bu ijtimoiy ahamiyatga ega; ba’zi jarrohlik muolajalaridan so‘ng portal gipertenziyani kuzatish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi va operatsiyadan keyingi asoratlarni davolashning ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: invaziv bo‘lgan qizilo‘ngach varikoz tomirlarini statsionar sharoitida endoskopik usulda baxolash – 787053 sumni tashkil qiladi, endoskopik tekshiruvni anesteziologik xamkorlikda o‘tkazish esa bir bemorga 927053 sumni tashkil etadi. Noinvaziv, taloq zichligini ambulator sharoitda elastometrik tekshirish orqali qizilo‘ngach varikoz tomirlarini baxolash 120000 sumni tashkil kiladi. Noinvaziv usulda qizilo‘ngach varikoz tomirlarini operatsiyadan keyin monitoring qilish, endoskopik usulga nisbatan 6.5 baravar, anesteziologik endashuv bilan bajariladigan endoskopik tekshiruvga nisbatan 7.7 baravar afzalroq.
Xulosa: operativ davolashdan so‘ng, jigardan tashqari portal gipertenziyali bolalarda klinik axamiyatli portal gipertenziyani noinvaziv usul bilan baxolash usulidan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 807053 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan.
Yuldashev Rustam Zafardjanovichning«Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning patogenetik mexanizmlari va uni davolash usullari»mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan 09.11.2023 yildagi № 03/2415 sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: jigardan tashqari portal gipertenziyali bemor bolalarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini endoskopik bog‘lash usuli azigoportal ajratish operatsiyadan ustunligi anqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda azigoportal operatsiyalardan keyin qizilo‘ngach varikoz tomirlaridan qayta qon ketish chastotasi 34.5% ni tashkil qiladi, joriy etilgan qizilo‘ngach varikoz tomirlarini endoskopik usul bilan bartaraf qilishdan keyin esa 16.2% gastroezofageal gemorragiyalar xolati kuzatilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.07.2023 yildagi 39§2 – sonli buyruq, hamda, Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limlari bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qizilo‘ngach varikoz tomirlarini endoskopik bog‘lash ochiq usulda bajariladigan azigoportal ajratish operatsiyaga qaraganda kamroq invazivdir. Bu tiklanish jarayonini tezlashtirishi va bemorlar, ularning oilalarining hayot sifatini yaxshilash uchun muhim bo‘lgan operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirishi mumkin. Endoskopik muolajalar odatda kamroq jarrohlik chandiqlarni qoldiradi, bu ayniqsa bolalarda sezilarli bo‘lishi mumkin, tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik va ijtimoiy muammolarni oldini oladi. Qizilo‘ngach varikoz tomirlarini endoskopik bog‘lash kabi minimal invaziv muolajalar ko‘pincha qisqaroq kasalxonada qolishni talab qiladi. Bu esa sog‘liqni saqlash resurslarini tejash va bemorlarga qulayroq tajribani taqdim etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligiquyidagilardan iborat: Jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda qizilo‘ngach varikoz tomirlaridan qon ketishini endoskopik usulda barataraf qilinishi iqtisodiy samaradorligi azigoportal operatsiya bilan solishtirganda har bir bemor uchun davolash xarajatlarini 3,7 baravar kamaytirishga olib keladi. Jigardan tashqari portal gipertenziyali bolalarda azigoportal ajratishning an’anaviy operatsiyasi bilan xirurgik davolash narxi 12111943 so‘mni tashkil etadi, endoskopik varikoz tomirlarni bog‘lash operatsiyasi esa 3267628 so‘m ni tashkil etadi.
Xulosa:Jigardan tashqari portal gipertenziyali bemorlarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan vena tomirlarini endoskopik varikoz tomirlarni bog‘lash operatsiyasi usulidan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8844315 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Yuldashev Rustam Zafardjanovichning«Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning patogenetik mexanizmlari va uni davolash usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan 09.11.2023 yildagi № 03/2415 sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigardan tashqari portal gipertenziyali bemor bolalarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini miniinvaziv usulda bartaraf qilish, ya’ni qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini bir va bir necha bosqichli endoskopik bog‘lash muolajasi ishlab chikilgan va samarasi anqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda varikoz tomirlaridan qon ketishining oldini olish uchun joriy etilgan minimal invaziv endoskopik usul nafaqat gastroezofageal qon ketishlarning takrorlanish chastotasini kamaytirishga, balki ushbu og‘ir guruhdagi bemorlarning jarrohlik davolash taktikasini modernizatsiya qilishga imkon berdi. Xususan, darvoza vena tizimida keng tarqalgan flebotrombozli bemorlarda, faqatgina azigoportal ajratish operatsiyalarini bajarish har doim ham qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini adekvat va barqaror reduksiyasini ta’minlay olmaydi. Bunday holatlarda endoskopik varikoz kengaygan venalarni bog‘lash jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda qizilo‘ngach varikoz venalarining barqaror, uzoq muddatli reduksiyasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu usulda davolangan bolalarning kasalxonada statsionar davolanish muddatini kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek, ushbu usul viloyat ko‘p tarmoqli markazlarda amalga oshirish mumkinligi ham muhim omil hisoblanadi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.07.2023 yildagi 39§2 – sonli buyruq, hamda, Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limlari bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bu usulni shoshilinch holatlarda ham, rejalashtirilgan tarzda bajarish imkoni mavjudligi bemorlar, ayniksa pediatriya amalieti uchun qulayliklar yaratadi. Operativ davo vaqtining qisqarishi va kasalxonada operatsiyadan keyin statsionar davo muddatini qisqarishi bemor bolalar va sog‘liqni saqlash tizimidagi yukni kamaytiradi. Bu, ayniqsa, davolanish va uzoq tiklanish uchun kerak bulgan xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Bu usuldan foydalanish operatsiyadan keyingi og‘riqni yo‘qotadi va har kungi bog‘lovlarga zaruratni yo‘q qiladi. Bu esa o‘z navbatida bolalar uchun jismoniy va emotsional noqulaylikni kamaytiradi, shuningdek, tibbiy va hamshiralik xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek operatsion yaraning infeksion asoratlar xavfini minimallashtiradi, takroriy laparotomiyalar bilan bog‘liq infeksiyalar va bitishmalar xavfini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigardan tashqari portal gipertenziya bilan kasallangan bolalarda qizilo‘ngach varikoz tomirlaridan qon ketishining miniinvazziv usulda oldini olishning iqtisodiy samaradorligi ochiq portosistem shuntlash operatsiyalari bilan solishtirganda har bir bemor uchun davolash xarajatlarini 2,6 baravar kamaytirishga olib keladi. Jigardan tashqari portal gipertenziyali bolalarda portosistem shuntlash operatsiyasi bilan xirurgik davolash narxi 30690964,2 so‘mni tashkil etadi, endoskopik varikoz tomirlarni bog‘lash operatsiyasi esa 11904965,78 so‘m ni tashkil etgan.
Xulosa: jigardan tashqari portal gipertenziyali bemorlarda qizilo‘ngach varikoz kengaygan vena tomirlarini endoskopik varikoz tomirlarni bog‘lash operatsiyasi usulidan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 18 785 998,42 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyaning patogenetik mexanizmlari va uni davolash usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan 09.11.2023 yildagi № 03/2415 sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish