Xoliqova Dilraboxon Sobirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarda ichak mikrobiotasining metobolik faolligini tashxislash davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3250.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Moxigul Azimjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Abdug‘ani Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda ichak mikrobiotasining o‘zgarishini proaterogen metobolit trimetilamin-N- oksid ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda baholash, tashxislash va davolash chora tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda YuIK bilan kasallangan bemorlarda trimetilamin N-oksidni aniqlash usuli ishlab chiqilgan va uning miqdorini ichak disbiozi bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor YuIK bilan kasallangan bemorlarda milliy ovaqatlanishda trimetilamin hosil bo‘lishiga yordam beruvchi ozuqalar turi aniqlangan va ushbu ozuqalarni trimetilamin oksid miqdori ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
kompleks terapiyasida qisqa zanjirli peptidlar reseptori antogonisti loksiklumid (itoprid gidroxlorid) va disbiozga qarshi universal probiotik lineks forte ko‘llagan holda ichak mikrobiomini yurak qon tomir xavf ko‘rasatkichlarining kamayishiga ta’siri asoslangan;
kompleks davo tarkibidagi qisqa zanjirli peptidlar reseptori antogonisti itoprid gidroxlorid va lineks forte kombinatsiyasini lipid spektri ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga ijobiy ta’siri etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashida 2023 yil 27 iyundagi №6 i-27/u -son bilan tasdiqlangan.
birinchi ilmiy yangilik: YuIK bilan xastalangan bemorlarda trimetilamin N-oksidni O‘zbekiston xududida aniqlash usuli ilk bora ishlab chiqilgan va uning miqdorining ortishi ichak disbiozi bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan,trimetilain-N-oksid miqdorini ortishida qisqa zanjirli peptidlar o‘rni o‘rganildi. Namangan viloyati Respublika ixtisosshtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tegishli bo‘limlari (buyruk № 142, 9.08.2023 asosida) va Farg‘ona viloyati Toshloq tumani tibbiyot birlashmasining tegishli bo‘limlarida (buyruk №137, 5.08.2023 asosida) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilar qonda trimetilamin Noksid va qiska zanjirli peptid -8 ni aniqlash ateroskleroz rivojlanishini erta aniqlaydi va diagnostikada joriy etilishi qimmat baho tekshiruv usullardan foydalanishni oldini oladi (koronarografiya, lipid spektor va boshqa tekshirish usullarga). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan laborator tekshirish usuli tashhislash, davolash uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmaydi, qo‘llaniladigan patogenetik davo ambulator ravishda davom etish tavsiyasiga asoslanib tadqiqotga talab etiladigan davo vaqti 12 kundan 8 kungacha (1 kunlik yotok 250000, dori darmon 1600000 davo kursiga) qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis davolash usulning o‘rtacha narxi 1-bemor uchun byudjet hisobidan 4600000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usul bilan tekshirib olib borish 7 kun bo‘ladi va narxi esa 3350000 so‘m).Xulosa: tavsiya etilgan tashhislash va davolash usuldan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, diagnostika qilish hisobiga byudjet mablag‘larini 1250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: YuIK bilan xastalangan bemorlarda milliy ovaqatlanishda trimetilamin hosil bo‘lishiga yordam beruvchi ozuqalar turi aniqlangan va ushbu ozuqalarni trimetilamin oksid miqdori ortishi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan va Namangan viloyati Respublika ixtisosshtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tegishli bo‘limlari (buyruk № 142, 9.08.2023 asosida) va Farg‘ona viloyati Toshloq tumani tibbiyot birlashmasining tegishli bo‘limlarida (buyruk №137, 5.08.2023 asosida) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: dietik tavsiyalarda fosfadilxolin va L-karnitin maxsulotlarni iste’molini xaftada 3 marotabadan ortirmaslik bemorlarni davolash sifatini 85%ga yaxshilanishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat quyidagilardan iborat: Bemorlar dietasida qizil go‘shtni paranda va dengiz maxsulotlarga almashtirish, tuxumni 3 donadan xaftasiga oshirmaslik, ko‘prok karam iste’molini parxezga qo‘shish bemorga xaftaga bir kishi uchun sarf xarajat 1000000 atrofida bulsa (1 kg mol gushti 100000 so‘m.) paranda go‘shtiga o‘tganda (1kg tovuq go‘shti 35000) 600 000 gacha tushadi. Bunda biz 60% ozukaga iqtisod qilgan bo‘lamiz. Xulosa: dietik tavsiyalarda fosfadilxolin va L-karnitin maxsulotlarni iste’molini xaftada 3 marotabadan ortirmaslik bemorlarni davolash sifatini 85%ga yaxshilanishiga imkon berdi, to‘g‘ri dietik tavsiyalar hisobiga 60% gacha mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: YuIK kompleks terapiyasida qisqa zanjirli peptidlar reseptori antogonisti loksiklumid (itoprid gidroxlorid) va disbiozga qarshi universal probiotik lineks forte ko‘llagan holda ichak mikrobiomini yurak qon tomir xavf ko‘rasatkichlarining kamayishiga ta’siri aniqlangan, Namangan viloyati Respublika ixtisosshtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tegishli bo‘limlari (buyruk № 142, 9.08.2023 asosida) va Farg‘ona viloyati Toshloq tumani tibbiyot birlashmasining tegishli bo‘limlarida (buyruk №137, 5.08.2023 asosida) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan farmakologik kombinatsiya yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarni standart davolashga qo‘shimcha qilib davolash natijasida bemorlarda ateroskleroz profilaktikasi o‘tkaziladi, lipid spektr ko‘rsatkichlari pasayyadi, ichak faoliyati me’erlashadi, qon bosim tushadi, davolanish uchun ketgan o‘rtacha harajatlar narxi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan farmakologik kombinatsiya yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarni patogenetik davolash natijasida iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 60% gacha mablag‘lar tejalishiga erishildi.Xulosa: bunday davolash usuli klinisistlar davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuIK kompleks davo tarkibidagi qisqa zanjirli peptidlar reseptori antogonisti itoprid gidroxlorid va lineks forte kombinatsiyasini lipid spektri ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga ijobiy ta’siri etishi ko‘rsatilgan. Namangan viloyati Respublika ixtisosshtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tegishli bo‘limlari (buyruk № 142, 9.08.2023 asosida) va Farg‘ona viloyati Toshloq tumani tibbiyot birlashmasining tegishli bo‘limlarida (buyruk №137, 5.08.2023 asosida) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan farmakologik kombinatsiya yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarni standart davolashga qo‘shimcha qilib davolash natijasida bemorlarda ateroskleroz profilaktikasi o‘tkaziladi, lipid spektr kursatkichlari pasayyadi, davolanish uchun ketgan o‘rtacha harajatlar narxi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan farmakologik kombinatsiya yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarni patogenetik davolash natijasida iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 60% gacha mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: bunday davolash usuli klinisistlar davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga olib keladi.