Yaminova Nafisa Xaydaralievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Miokard infarkti va komorbidlik: tarqalishi, xatar omillari bilan assotsiatsiyalanishi, profilaktikasining mintaqaviy xususiyatlari", 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2777.
Ilmiy raxbarlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc04/30.12.2019. Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: To‘laboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fozilov Abduqoxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi miokard infarktining komorbidlikda tarqalishi, xatar omillari bilan assotsiatsiyalanishi, profilaktikasining hududiy xususiyatlarini baholash orqali profilaktikaning takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bora miokard infarktining tarqalishi va 21 yillik dinamikasi (evolyusiyasi) retrospektiv tahlillar asosida prospektiv trend epidemiologik kuzatuvi asosida miokard infarkti xatar omillarining tarqalishi, dinamik o‘zgarishlari isbotlangan;
miokard infarktining erkak va ayollarda, qishloq va shahar aholisida, kelgindi populyasiyada yoshga bog‘liq assotsiatsiyalanish xususiyatlari isbotlangan;
boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan miokard infarktini qo‘shilib komorbidlik xususiyatlarning o‘zgarishlari hamda miokard infarktining yurak qon-tomir kasalliklari xatar omillari bilan assotsiatsiyalanish xususiyatlari 21 yillik prospektiv kuzatuvda Farg‘ona vodiysi sharoitida xos jihatlari isbotlangan;
infarktining klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlari monitoring negizida baholangan hamda amaliyotga samarasi yuqori texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 15 noyabrdagi 6i/40u-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30-noyabrdagi 6i/32X-son xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bora miokard infarktining tarqalishi va 21 yillik dinamikasi (evolyusiyasi) retrospektiv tahlillar asosida prospektiv trend epidemiologik kuzatuvi asosida miokard infarkti xatar omillarining tarqalishi, dinamik o‘zgarishlari isbotlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (23.11.2023 y.; №37) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; №48) buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; 01/5-157) amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi ilk bora Farg‘ona vodiysining etnik, geografik xususiyatlari, turmush tarzi va yashash sharoitida kelib chiqqan holda miokard infarktining tarqalishi va yigirma bir yillik dinamikasining tahlillari asosida xatar omillarining tarqalishi va dinamik o‘zgarishlarini baholash orqali tashxislash, davolash va oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning optimal varianti yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bora miokard infarktining tarqalishini yigirma bir yillik dinamikasi, prospektiv trend epidemiologik kuzatuvi asosida miokard infarkti xatar omillarining tarqalishini o‘ziga xosligini baholashda davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish orqali 24178100 so‘mni, davolashning yangi usullarini joriy etishda nogironlikni kamaytirish uchun138874635 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bora miokard infarktining tarqalishini yigirma bir yillik dinamikasi, prospektiv trend epidemiologik kuzatuvi asosida miokard infarkti xatar omillarini kamaytirish uchun 163052735 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining erkak va ayollarda, qishloq va shahar aholisida, kelgindi populyasiyada yoshga bog‘liq assotsiatsiyalanish xususiyatlari isbotlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (23.11.2023 y.; №37) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; №48) buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; 01/5-157) amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi Farg‘ona vodiysi sharoitida 21 yillik prospektiv epdemiologik sharoitda miokard infarktining erkak va ayollarda, qishloq va shahar aholisi orasida tarqalishini baholashda quyidagilarga e’tibor berish zarur. 1) miokard infarkti bilan bemorlarda konservativ davolash tizimida davolash natijalarini yaxshilash; 2) miokard infarktini kechirgan bemorlar ish vaqtini tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; 3) kontingentda miokard infarktdagi somatik buzilishlar asoratini kamaytirish, davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish orqali 24178100 so‘mni, davolashning yangi usullarini joriy etishda nogironlikni kamaytirish uchun 138 874635 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bora miokard infarktining tarqalishini yigirma bir yillik dinamikasi, prospektiv trend epidemiologik kuzatuvi asosida miokard infarkti xatar omillarini kamaytirish uchun 163 052735 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan .
uchinchi ilmiy yangilik miokard infarktining qiyin tashxislanuvchi shakllarini samarali aniqlash asoratlari darajasi va muddatini kamaytirish imkonini tadqiqot natijalari berish mumkinligi baholangan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (23.11.2023 y.; №37) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; №48) buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; 01/5-157) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi miokard infarktining an’anaviy turi–91,5%, yashirin o‘tish shakli –0,7%, QliMI – 37,4%, Q siz MI–21,7% tarqalish darajlarida ≥20 – 80 yoshli aholida qayd etilishi, Qli MI yoshga bog‘liq holda erkaklarda–36,1% gacha va ayollarda–91,7% gacha ortish darajasi, Qsiz MI yosh ta’sirida 33,0% gacha ko‘payish bilan (erkaklarda–60,0%gacha va ayollarda–42,9% gacha darajalarida) tasdiqlanganligi natijasida xastalikni erta tashxislash va davolash sifati yaxshilashning tizimli tartibi yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1) miokard infarkt bilan bemorlarda konservativ davolash tizimida davolash natijalarini yaxshilash; 2) miokard infarktini kechirgan bemorlar ish vaqtini tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; 3) kontingentda miokard infarktdagi somatik buzilishlar asoratini kamaytirish uchun davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirishning iqtisodiy samarasini ta’minlash uchun 24178100 so‘mni, davolashning yangi usullarini joriy etishda nogironlikni kamaytirish uchun138874635 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: miokard infarktini boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan qo‘shilib komorbidlik xususiyatlarining o‘zgarishlari hamda miokard infarktining yurak qon-tomir kasalliklari xatar omillari bilan assotsiatsiyalanish xususiyatlari baholash uchun 163052735 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlari monitoring negizida baholangan hamda amaliyotga samarasi yuqori texnologiyalari ishlab chiqilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (23.11.2023 y.; №37) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; №48) buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali bo‘yicha (16.11.2023 y.; 01/5-157) amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi miokard infarktining xatar omillari quyidagi tarqalish darajalarida va 21 yillik o‘zgarishlari bilan vodiy sharoitida aniqlanadi: giperxolesterinemiya–83,08% (15,5%ga pasayish bilan), chekish–47,5% (18,6%ga o‘sish darajasi bilan), gipodinamiya –25,8% (2,4% va 4,7% o‘sish bilan erkak hamda ayollar populyasiyasida), semizlik–79,4% (19,6% ga kamayish bilan), alkogol iste’moli–25,6% (1,0% ga kamayish bilan), giperglikemiya–20,7% (0,7% ga o‘sish bilan), stress omili–54,8% (30,9% ga o‘sish bilan) va meva – sabzavot mahsulotlarini kam iste’mol qilish–20,0% (4,3% ga o‘sish bilan) omillarga bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktining klinik kechishi va profilaktikasi, xususiyatlari Farg‘ona vodiysi sharoitida 21 yillik monitoring negizida baholashda; 1) miokard infarkt bilan bemorlarda konservativ davolash tizimida davolash natijalarini yaxshilash; 2) miokard infarktini kechirgan bemorlar ish vaqtini tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; 3) kontingentda miokard infarktdagi somatik buzilishlar asoratini kamaytirish maqsadida davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirishning iqtisodiy samarasini I vaqt = (90-30) * (26923,1 + 13333,4) * 40-0,15 * 171938400 = 24178100 so‘mni, davolashning yangi usullarini joriy etishda nogironlikni kamaytirishning iqtisodiy samarasini I inv = 1 38874635 so‘mni, umumiy byudjet mablag‘laridan 163052735 so‘mni tashkil qigan. Hulosa: miokard infarktining klinik kechishi va profilaktikasining 21 yillik monitoring negizida yuqori texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish natijasida umumiy byudjet mablag‘laridan 163052735 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.