Navruz-zoda Shohro‘ Baxtiyorning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar turizmini rivojlantirishning klaster mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17–“Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2378.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Firuza Mubinovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xallieva Nargiza Roziqovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar turizmini rivojlantirishning klaster mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar tashrif joylarining jozibadorligi aniqlovchisi “SMART destinatsiya+klaster” tuzilmasiga “Sayohatgohlarning klasterbopligi” (SKB) atamasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
yoshlar tashrif joylarini baholash yondashuvini bunday turistik ob'ektlardan foydalanishning KPI tizimi darajasiga ko‘ra past (0≤SKBpast≤40,0) - “ko‘ngilochar maskan”, o‘rta (40,5≤SKBo‘rta≤ 70,0) - “diqqatga sazovor yoshlar tashrif joyi”, o‘rtadan yuqori (70,5≤SKBo‘rtadan yuqori≤ 85,0) - “yoshlarning jozibador sayohat destinatsiyasi” va yuqori (85,5≤SKByuqori≤100,0) - “klasterbop sayohatgoh” kabi mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi ishlab chiqilgan;
turizm sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishda yoshlarga turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub'ektlar ulushi va ulardagi xizmatlar sifatini takomillashtirish ularning tarkibi turoperator va turagentlar (T&T) – 10 %, transport va kommunikatsiya vositalari (T&Kv) – 35 %, joylashtirish va ko‘ngil ochish vositalari (JKv) – 30 %, ovqatlanish korxonalari va chakana savdo do‘konlari (Och) - 15 % va boshqa qo‘shimcha turistik xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlari (QXt) – 10 % ko‘rinishda bo‘lishi eng optimal yondoshuv sifatida asoslangan;
Buxoro viloyatida yoshlar turizmini rivojlanish dinamikasi asosida yosh turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini oshirishning 2024-2028 yillardagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar turizmini rivojlantirishning klaster mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar tashrif joylarining jozibadorligi aniqlovchisi “SMART destinatsiya+klaster” tuzilmasiga “Sayohatgohlarning klasterbopligi” (SKB) atamasini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-12-17-1007-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm salohiyatini rivojlantiruvchi klasterlashtirish muhiti yaxshilangan va yoshlar turistik klasterlarni shakllantirish imkoniyati vujudga keldi, respublikaning turli hududlarida turistik klasterlarni shakllantirish maqsadida sayohatgohlarning klasterbopligi darajasini aniqlashda foydalanishga tavsiya qilindi;
yoshlar tashrif joylarini baholash yondashuvini bunday turistik ob'ektlardan foydalanishning KPI tizimi darajasiga ko‘ra past (0≤SKBpast≤40,0) - “ko‘ngilochar maskan”, o‘rta (40,5≤SKBo‘rta≤ 70,0) - “diqqatga sazovor yoshlar tashrif joyi”, o‘rtadan yuqori (70,5≤SKBo‘rtadan yuqori≤85,0) - “yoshlarning jozibador sayohat destinatsiyasi” va yuqori (85,5≤SKByuqori≤100,0) - “klasterbop sayohatgoh” kabi ishlab chiqilgan mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202Z-uil 26-apreldagi RQ-lZ5-son "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlag sonini uanada oshirishga doir qo'shimcha shora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-12-17-1007-son maʼlumotnomasi). Natijada, yoshlar turistik klaster tarkibiga kiruvchi turizm infratuzilmasi korxonalari sonini 5-7 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “Yoshlar tashrif joylarini baholashning uslubiy asoslari” uslubiy qo‘llanmasida ushbu baholash metodikasi asoslangan hamda maskur baholash uslubiyoti respublika hududlarida turistik klasterlarni shakllantirish darajasini aniqlashda samarali yondoshuv sifatida tavsiya qilindi;
turizm sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishda yoshlarga turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub'ektlar ulushi va ulardagi xizmatlar sifatini takomillashtirish ularning tarkibi turoperator va turagentlar (T&T) – 10 %, transport va kommunikatsiya vositalari (T&Kv) – 35 %, joylashtirish va ko‘ngil ochish vositalari (JKv) – 30 %, ovqatlanish korxonalari va chakana savdo do‘konlari (Och) - 15 % va boshqa qo‘shimcha turistik xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlari (QXt) – 10 % ko‘rinishda bo‘lishi eng optimal yondoshuv sifatida asoslangan tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202Z-uil 26-apreldagi RQ-lZ5-son "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlag sonini uanada oshirishga doir qo'shimcha shora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-12-17-1007-son maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy tavsiyasini qo‘llash natijasida Buxoro shahrida “Somoniylar” istirohat bog‘ining diqqatga sazovor joyi asosida “Yoshlar turizmi klasteri” shakllantirilish loyihasi yaratildi va bu turistik destinatsiyasida turistlar oqimining miqdorini samarali tadqiq qilishga erishildi. Sh.Navruz-zoda tomonidan ishlab chiqilgan “Yoshlar tashrif joylarini baholashning uslubiy asoslari” uslubiy qo‘llanmasida asoslab taklif etilgan turistik xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarining qo‘shilgan qiymat zanjirida ishtiroki me’yorlari hududlarda yoshlar turistik klasterlarini yaratish va ularning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda optimal variant sifatida tavsiya qilindi;
Buxoro viloyatida yoshlar turizmini rivojlanish dinamikasi asosida yosh turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini oshirishning 2024–2028-yillarda ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tomonidan turizmini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari va Yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-12-17-1007-son maʼlumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2028-yilga borib, yosh turistlar sonini 21,9 foizga oshirish imkonini beradi.