Davlatov Suxrob Sayitjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlashda ta’lim sifatini baholashning marketing tadqiqotlarini takomillashtirish”, 08.00.11 – “Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3314.
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Nizomov Asliddin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aminova Maqsuda Saminovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlashda ta’lim sifatini baholashning marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligi” tushunchasi  sog‘lom raqobat muhitini yaratish tizimi sifatida “raqobatbardoshlik dastagi” atamasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim muassasalari, amaliyot va talabalar o‘rtasidagi munosabatlar samaradorligini oshirishda ta’lim va o‘qitish sifatini baholashdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga ustuvorlik berish asosida “xavfni tahlil etish” axborot tizimi asoslangan;
“raqobatbardoshlik dastagi”ni tashqi resurslardan foydalanish ulushiga ko‘ra  “ichki dastak” (0 ≤CPil≤ 0,3), “aralash dastak” (0,4≤CPml≤ 0,6) va “tashqi dastak” (0,7≤CPel≤ 1,0) chegara diapazonlarini kiritish orqali toifalash taklifi ishlab chiqilgan;
mamlakatimizda ta’lim xizmatlari bozoridagi talab asosida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligining 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlashda ta’lim sifatini baholashning marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
“oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligi” tushunchasi  sog‘lom raqobat muhitini yaratish tizimi sifatida “raqobatbardoshlik dastagi” atamasini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun “Kichik biznes va tadbirkorlik” darsligida kiritilgan hamda “60412500-Marketing(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi malaka talabi mazmun mohiyatiga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-557-son nashr ruxsatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 2/14-2024-3-son maʼlumotnomasi). Natijada mazkur ta’rif bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv va moliya tizimi, tadqiqotlar va innovatsiya, ta’lim sifati, inson resurslari, yashil hudud, targ‘ibot va hamkorlikni o‘z ichiga olgan 6 ta raqobatbardoshlikning funksional imkoniyatlaridan tashqi raqobat muhitidan resurslarni jalb qilish mexanizmi sifatida raqobatbardosh marketing strategiyalarni ishlab chiqish va raqobatbardoshlik darajasi bo‘yicha ortda qolayotgan oliy ta’lim muassasalarida uni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini yaratgan. Tadqiqot ishi natijalari “Marketing” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
ta’lim muassasalari, amaliyot va talabalar o‘rtasidagi munosabatlar samaradorligini oshirishda ta’lim va o‘qitish sifatini baholashdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga ustuvorlik berish asosida “xavfni tahlil etish” axborot tizimi mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” da  kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 14-fevraldagi 2/14-2024-3-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy-innovatsion taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’lim xizmatlari sifati jihatidan SERVQUAL vositasida baholash va xorijiy tajribalarga asoslangan GAPs-analiz  usulini qo‘llash evaziga oliy ta’lim sifatini monitoring qilish va baholash uchun bo‘shliqlarni tahlil etish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yanada kengaydi, jumladan Buxoro davlat universiteti faoliyati sifatini baholash bo‘yicha rahbar-xodimlar o‘rtasida o‘tqazilgan marketing tadiqotlar natijasi rahbar-xodimlarning qoniqqanligini yana 26 % gacha oshirish mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijada, qayta so‘rovnoma o‘tqazish natijalari rahbar-xodimlarning Buxoro davlat universiteti faoliyati sifatiga qoniqqanlik darajasi 74 % dan 86,7 % oshishiga erishilgani aniqlangan;
“raqobatbardoshlik dastagi”ni tashqi resurslardan foydalanish ulushiga ko‘ra  “ichki dastak” (0 ≤CPil≤ 0,3), “aralash dastak” (0,4≤CPml≤ 0,6) va “tashqi dastak” (0,7≤CPel≤ 1,0) chegara diapazonlarini kiritish orqali toifalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Buxoro davlat universiteti faoliyatlarida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 14-fevraldagi 2/14-2024-3-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur “muhim raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari” (KCI) dan  respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini baholash amaliyotida, jumladan Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llash evaziga raqobatbardoshlikni ta’minlashning 13 ta omilning ta’sirini aniqlash va tegishli marketing strategik qarorlarni qabul qilish imkoniyati yanada kengaytirgan;
mamlakatimizda ta’lim xizmatlari bozoridagi talab asosida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligining 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Buxoro davlat universiteti faoliyatlarida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 2/14-2024-3-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur prognozlashtirish natijasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga topshirgan arizalar soni so‘ngi 5 yil davomida o‘sish surati o‘rtacha 4% bo‘lgan bo‘lsa, keyingi 5 yilda o‘rtacha 5-6 foiz o‘sish kuzatilishi aniqlab, uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim xizmatlari bozoridagi istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish