Kaxxarov Ulug‘bek Xalmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2974.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odiljon Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kreditlash mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiluvchi hamda kreditlash bilan bog‘liq risklar va kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjat sifatidagi kredit siyosatiga muvofiq ravishda o‘zaro ta’sir etuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yoki undan ortiq elementlarning ob’ektiv, yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlarni muddatlariga ko‘ra “a’lo” (0,75≤DM≤1), “yaxshi” (0,75≤DM≤1) va “o‘rta” (0,75≤DM≤1) toifalarga ajratish orqali kredit portfelining eng maqbul me’yorda ortishiga olib keluvchi miqdoriy chegarasi asoslangan;
“Turonbank” Aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025 yilga qadar bank kreditlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish jarayonlarini namoyon etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar muammoli kreditlar o‘zgarish dinamikasining prognoz parametrlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilarga erishildi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kreditlash mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiluvchi hamda kreditlash bilan bog‘liq risklar va kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjat sifatidagi kredit siyosatiga muvofiq ravishda o‘zaro ta’sir etuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yoki undan ortiq elementlarning ob’ektiv, yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Bank iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 14 iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tijorat banki tomonidan ishlab chiqiluvchi kredit siyosatiga muvofiq ravishda o‘zaro ta’sir etuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yoki undan ortiq elementlarning ob’ektiv, yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kreditlash mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlarni muddatlariga ko‘ra “a’lo” (0,75≤DM≤1), “yaxshi” (0,75≤DM≤1) va “o‘rta” (0,75≤DM≤1) toifalarga ajratish orqali kredit portfelining eng maqbul me’yorda ortishiga olib keluvchi miqdoriy chegarasini belgilash taklifi “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat banki kreditlash amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil
20 iyundagi 12/03-42-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2023 yil 1 yanvar` holatiga bankning kredit portfeli oldingi yilga nisbatan 13,8 %ga oshib, 9412,5 mlrd so‘mni tashkil etishiga imkon yaratilgan;
“Turonbank” Aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan bank kreditlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi «Turonbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 20 iyundagi 12/03-42-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasi asosiy parametrlarining aniqligini oshirish hamda takomillashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish jarayonlarini namoyon etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar baholangan muammoli kreditlar o‘zgarish dinamikasining prognoz parametrlaridan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat banki kreditlash amaliyotida foydalanilgan (“Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil
20 iyundagi 12/03-42-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, xavfli mijozlar segmentlarining faol ravishda kreditlanishiga qaramasdan, kredit portfelining sifatini yuqori darajada saqlab qolish, muddati o‘tgan kreditlar qoldig‘ini xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan
3 %li me’yoriy ko‘rsatkichdan oshmagan holda saqlab qolish imkoni yaratilgan.