Boborajabov Ergash Toshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sport saytlari: paydo bo‘lishi, faoliyat yuritishi va rivojlanish tendensiyalari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil626.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Muxtor Xudoyqulov, filologiya fanlari doktori, professor; Mirzahakim To‘xtamirzaev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida sport jurnalistikasining ilmiy-nazariy asoslarini, mustaqillik davrida sport saytlarining paydo bo‘lishini, faoliyat yuritishini, tarixiy rivojlanishini, Yangi O‘zbekiston sharoitida sport jurnalistikasida olib borilayotgan islohotlar tendensiyasi va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jurnalistlar nutq ijodkorligida nutqiy tuzilma va konsepsiyaning noto‘g‘ri qo‘llanilishini bartaraf etish maqsadida lavozim majburiyatlari yo‘riqnomasiga “jurnalist nutqining ekspressiv-emotsionalligini ifodalashda fonetik, leksik-frazeologik, morfologik va sintaktik usullarni alohida o‘qitishni ta’minlash” funksiyasini kiritish zarurati asoslangan;
ixtisoslashgan veb-saytlar tomonidan jamoatchilikka axborot etkazish jarayonidagi ta’sirchanlik xususiyatlari saytlarning auditoriya vektorlarini shakllantirishga ko‘ra ijtimoiy tarmoq va ilovalarning ahamiyati bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
sport saytlaridagi axborot uzatish tizimida integratsion, kombinatsion va distansion kabi zamonaviy integrativ metodologik vositalardan foydalanish konvergensiya jarayonlarining konseptual rivojlanishga olib kelishi isbotlangan;
media-marketing, media-biznes va media-menejment xususiyatlari ixtisoslashgan saytlar moliyaviy bazasini yaratish globallashuv sharoitida avtomatlashtirilgan moliyaviy axborot tizimlari va texnologiyalarining qo‘llanilishi zamonaviy sport jurnalistikasining eng muhim jihatlari ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda sport saytlari paydo bo‘lishi faoliyat yuritishi va rivojlanish tendensiyalari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jurnalistlar nutq ijodkorligida nutqiy tuzilma va konsepsiyaning noto‘g‘ri qo‘llanilishini kuzatish orqali O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “SPORT” teleradiokanali davlat muassasasi faoliyati tadqiq etilgan, ishda kanalning bir haftalik (5-11.12.2022 y.) ko‘rsatuvlar jadvali alohida tahlilga tortilgan, bu asosida lavozim majburiyatlari yo‘riqnomasiga “jurnalist nutqining ekspressiv-emotsionalligini aniqlash” funksiyasini kiritish zarurati bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan “SPORT” teleradiokanali ijodiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «SPORT» teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 26-maydagi 01-02-373-son ma’lumotnomasi). Natijada sport jurnalistlari kadrlarini tayyorlash, jurnalistlar lavozim majburiyatlari yo‘riqnomasiga “jurnalist nutqining ekspressiv-emotsionalligini ifodalashda fonetik, leksik-frazeologik, morfologik va sintaktik usullarni alohida o‘qitishni ta’minlash” funksiyasini kiritish masalasi o‘rganilgan. Bu esa teleradiokanalda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning ixtisoslashuvida va kasbiy mahorati oshishida yordam bergan;
ixtisoslashgan veb-saytlar tomonidan jamoatchilikka axborot etkazish jarayonidagi ta’sirchanlik xususiyatlari hamda saytlarning auditoriya vektorlarini shakllantirishga ko‘ra ijtimoiy tarmoq va ilovalarning ahamiyati borasida olib borilgan tahlillar va hulosala https://stadion.uz/uz sport sayti jamoasi o‘rtasida muhokamadan o‘tkazilgan (https://stadion.uz/uz sport sayti muassisi Osiyo kabel mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2023-yil 25-maydagi 84-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport sayti auditoriya vektorlarini shakllantirishda ijtimoiy tarmoq va turli ilovalarning ahamiyati bo‘yicha berilgan takliflar asosida https://stadion.uz/uz sport sayti internet resurslari uchun konvergent materiallar sifati yaxshilanib, axborotni infografik uzatish usullari samaradorligi ortgan;
sport saytlaridagi axborot uzatish tizimida integratsion, kombinatsion va distansion kabi zamonaviy integrativ metodologik vositalardan foydalanish borasida berilgan takliflar asosida https://minsport.uz/oz sayti faoliyatining muhim tarkibiy qismlari jumladan, auditoriya, ijtimoiy tarmoqlar, davlat va nodavlat sport saytlari va ularning roli, uslubi, mualliflari, vizualizatsiyasi, interaktivligi va bloglarining o‘ziga xosliklari tasniflangan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 4-iyuldagi 02-02/15-03/15/6571-son ma’lumotnomasi). Natijada https://minsport.uz/oz saytining ijtimoiylashuv va konvergensiya jarayonlari tezlashgan, yangi media muhitda ijtimoiy munosabatlar mediyatizatsiyasi shakllangan va axborotni vizual tarqatish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik faktorlar samaradorligi ortgan;
media-marketing, media-biznes va media-menejment xususiyatlari ixtisoslashgan saytlar moliyaviy bazasini yaratish globallashuv sharoitida avtomatlashtirilgan moliyaviy axborot tizimlari va texnologiyalarining qo‘llanilishi zamonaviy sport jurnalistikasining eng muhim jihatlari ekanligi bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasida muhokama qilingan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2023-yil 23-iyundagi 02-18/175-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy anjuman, konferensiya, jurnalistlar va OAV rahbarlari uchun o‘tkazilgan forumlar va seminar-treninglarda ixtisoslashgan saytlar moliyaviy bazasini yaratishda media-marketing, media-biznes va media-menejment xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan unumli foydalanilgan.