Umirzakova Nilufar Talibjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Televizion jurnalistikada obraz yaratish: mohiyati, xususiyatlari va mahorat masalalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3647.
Ilmiy rahbar: Ismailova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Qudratxo‘ja Sherzodxon Tojiddinovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Olimov Farrux, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy televidenie tizimida (davlat va xususiy telekanallar) namoyish etilayotgan teleloyihalarda milliy strategik maqsadlar va xorijiy ilg‘or tajriba asosida zamondosh qahramon obrazini yaratish usul va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy televidenie tizimida qahramonlar va personajlar obrazlarining to‘rt bosqichda – sobiq sovet ittifoqi davrida shakllanishi (1956–1985-yy.), Qayta qurish sharoitida evolyusiyasi (1985–1991-yy.), mustaqillik davrida modifikatsiyalanishi (1991–2016-yy.), Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyalari asosida tubdan sifat o‘zgarishi (2017-yildan boshlab) bosqichlari asoslangan;
tarixiy shaxslarning faoliyatini tarixiy xolislikka ko‘ra obektiv aks ettirish nuqtai nazaridan zamonaviy teleloyihalarda teleocherklar sirasiga “voqeaband ocherk” va “tarixiy portret-ocherk” janr modellarini kiritishning zarurligi isbotlangan;
“zamonaviy qahramon” teleobrazi kontekstida jurnalistlarning tasavvuri va auditoriya kutganlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik darajasi baholangan holda ijodkorlar paradoks holatlarga tayyor turishi va dispozisiya turlaridan samarali foydalanish zarurati dalillangan;
postmodernizm va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida televidenieda nutq plyuralizmi tendensiyasi baholangan holda spontan va buzilgan nutq kabilarning tarqalib borayotgani dalillanib, ekran tilini muvofiqlashtirishda verbal, paralingvistik va ekstralingvistik jihatlarga oid eskpressivlik, nutq sofligi va fikrni aniq ifodalash kabi mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Televizion jurnalistikada obraz yaratish: mohiyati, xususiyatlari va mahorat masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy televidenie tizimida qahramonlar va personajlar obrazlarining to‘rt bosqichda – sobiq sovet ittifoqi davrida shakllanishi (1956–1985-yy.), Qayta qurish sharoitida evolyusiyasi (1985–1991-yy.), mustaqillik davrida modifikatsiyalanishi (1991–2016-yy.), Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyalari asosida tubdan sifat o‘zgarishi (2017 yildan boshlab) bosqichlari bo‘yicha xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvida nazariy jihatdan hamda “Sog‘inch” va “Eski albom” nomli turkum ko‘rsatuvlar senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 29-avgustdagi 03-17-1307-son ma’lumotnomasi). Xulosalar milliy telejurnalistikada qahramon va personajlar obrazlarini yaratishga tizimli yondashish darajasini oshirish, mavjud imkoniyatlardan maqsadli foydalanish kabilarga muayyan darajada xizmat qilgan;
tarixiy shaxslarning faoliyatini tarixiy xolislikka ko‘ra obektiv aks ettirish nuqtai nazaridan zamonaviy teleloyihalarda  teleocherklar sirasiga “voqeaband ocherk” va “tarixiy portret-ocherk” janr modellarini kiritishning zarurligi bo‘yicha xulosalar “Toshkent” telekanalidagi “Fayzli uy”, “Armonli dunyo” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” telekanalining 2023-yil 28-avgustdagi 01-01-002-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy shaxslarning faoliyatini yanada obektiv aks ettirish va yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga ko‘ra teleauditoriyaning kengayishi va  teleloyihalar reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilgan;
“zamonaviy qahramon” teleobrazi kontekstida jurnalistlarning tasavvuri va auditoriya kutganlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik darajasi baholangan holda ijodkorlar paradoks holatlarga tayyor turishi va dispozisiya turlaridan samarali foydalanish zarurati bo‘yicha takliflar “Mahalla” telekanalining “Minbar” va “Reportyor” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokom-paniyasi “Mahalla” telekanalining 2023 -yil 23 -avgustdagi 01-15/302-son ma’lumotnomasi). Taklif “Mahalla” telekanali ko‘rsatuvlar kontentini qayta ko‘rib chiqilishiga ko‘ra senariylar sifatini oshirishga hamda ko‘rsatuvlarda auditoriya kutgani va senariylar muvofiqligi darajasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
postmodernizm va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida televidenieda nutq plyuralizmi tendensiyasi baholangan holda spontan va buzilgan nutq kabilarning tarqalib borayotgani dalillanib, ekran tilini muvofiqlashtirishda verbal, paralingvistik va ekstralingvistik jihatlarga oid eskpressivlik, nutq sofligi va fikrni aniq ifodalash kabi mezonlari “Mening yurtim” telekanalidagi mavzuga oid turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda  hamda  O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi tomonidan uyushtirilgan mintaqaviy seminarlarning uslubiy asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mening yurtim” telekanalining 2023 -yil 29- avgustdagi 361/23-son, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2023-yil 17-avgustdagi 02-18/233-son ma’lumotnomalari). Natijada jurnalistlar ixtisoslashuviga ko‘ra nutq madaniyatini oshirish, senariylarning nazariy-metodologik sifatini yuksaltirish hamda mutaxassislar kasbiy mahoratini “so‘z yuki”ni aniq his etgan holda material tayyorlash darajasini sifat  jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish