Mamirov Sherzod Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘-kon metallurgiyasida qo‘llaniladigan jihozlar detallarini elektrokontaktli pishirish usulida qayta tiklash va puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3292
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Karimov Shoirdjan Axralovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamaraximov Xamza Mamadjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent;Dunyashen Nikolay Segeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MISiS (Olmaliq fliali).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tog‘-kon metallurgiyasida qo‘llaniladigan qurilma va jihozlarning eyilgan detallarini elektrokontaktli pishirish usulida yuzalariga eyilishga bardoshli qoplama tarkibini va uni qoplash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qotishmalar nazariyasi va metallurgik jarayonlarni modellashtirish asosida yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan qoplamaning yangi (80%Fe+8%Ni)+10%SiC+2%WC tarkibi ishlab chiqilgan;
elektrokontaktli pishirish usulining quvvatlar muvozanatini modellashtirish asosida (80%Fe+8%Ni)+10%SiC+2%WC tarkibli qoplamani qattiq fazali pishirib qoplash imkoniyatin beruvchi texnologik ko‘rsatgichlar ishlab chiqilgan;
metallurgik jarayonlarni modellashtirish asosida 1550 oC xarorat 80%Fe-8%Ni tarkibli suyuq qotishmada SiC va WC kukun zarrachalari kimyoviy parchalanmasligi aniqlangan;
elektrokontaktli pishirish usulining quvvatlar muvozanatini modellashtirish asosida (80%Fe+8%Ni)+10%SiC+2%WC tarkibli qoplamani suyuq fazali qoplash imkoniyatin beruvchi texnologik ko‘rsatgichlar ishlab chiqilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘-kon metallurgiyasida qo‘llaniladigan  jihozlar detallarini elektrkontaktli pishirish usulida qayta tiklash va puxtalash texnologiyasini iishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:  
elektrkontakt usulda val, disk va vtulka shaklidagi detallarning yuzasiga eyilishga bardoshli qoplama qoplash jihozi “Olmaliq KMK” AJ  qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”da joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 20 yanvardagi №000542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi organlarning ishlab chiqarish unumdorligini 1,2 – 1,3 marta oshirish imkonini bergan;
80%Fe + 8%Ni + 10%SiC+2%BC kukunidan tashkil topgan yangi kompozisiya detallarining ishchi yuzalariga eyilishga bordoshli qoplama qoplash uchun “Olmaliq KMK” AJ  qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”da amaliyotga joriy qilingan. (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 20 yanvardagi №000542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘-kon metallurgiyasida ko‘llaniladigan mashina-mexanizmlarning detallar yuzasini koplama bilan koplashdagi sarf xarajatlarni 10-12% kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish