Bekishev Allabergen Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning o‘z-o‘zidan chayqalish jarayonida ishlash qobiliyatini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3317.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning o‘z-o‘zidan chayqalishini so‘ndirish orqali ishlash qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning almashtirish sxemasi asosida bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha ekvivalent qarshiliklarini e’tiborga olgan holda dempferlash koeffisienti aniqlangan;
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarning elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarini hisoblash usuli generator tenglamalarini tarmoq tenglamalariga muvofiqliligini ta’minlash asosida qo‘zg‘atish darajasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning o‘z-o‘zidan chayqalishining matematik modeli va algoritmi sinxron generator va tarmoq tenglamalari asosida magnit to‘yinishni hamda tarmoq parmetrlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning rotor sirpanishini e’tiborga olgan holda, qo‘zg‘atish toklarini rostlash asosida, rotor chayqalishini so‘ndiruvchi dempferlash momentini boshqarish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarning o‘z-o‘zidan chayqalishini so‘ndirish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarini hisoblash usuli “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi “Toshkent IES”ga joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 26-sentyabrdagi 04-20/1180-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarda sinxron generatorning avariyaviy o‘chishining bartaraf etilishi uni tarmoqqa qayta ulash vaqtida sarflanadigan 36000 m3 tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning o‘z-o‘zidan chayqalishining matematik modeli va algoritmi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi “Toshkent IES”da joriy etilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 26-sentyabrdagi 04-20/1180-son ma’lumotnomasi). Natijada sinxron generatorning dempferlash koeffisientini oshirish evaziga elektromexanik o‘tkinchi jarayonning o‘tish vaqtini 40% ga kamaytirish imkoniniyati yaratilgan;
qo‘zg‘atish toklarini rostlash asosida, rotor chayqalishini so‘ndiruvchi dempferlash momentini boshqarish usuli “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi “Toshkent IES”ning elektr sexidagi quvvati 165 MVtli turbogeneratorning elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarda ishlash qobiliyatini oshirish masalasini echishda joriy etilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 26-sentyabrdagi 04-20/1180-son ma’lumotnomasi). Natijada sinxron generator sinxronizmga tezda kirishib, elektromagnit va elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarda barqaror ishlash qobiliyatining oshishi evaziga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 157 590 000 (bir yuz ellik etti million besh yuz to‘qson ming) so‘mni tashkil etgan.