Maxmudov Tursunpulat Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiyotiga investisiyalar jalb etishning optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish (Surxandaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3231.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qosimov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotiga jalb etilgan investisiyalarni optimal tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarining investision faolligi Sterjes metodiga ko‘ra (n=1+3,322*lg15=1+3,322*1,1760914=4,907≈5) beshta integral oraliq chegaralari [qoniqarsiz (1,2-3,96); qoniqarli (3,97-6,72); o‘rta (6,73-9,48); yaxshi (9,49-12,24); a’lo (12,25-15,0)] doirasidagi yondashuvga ko‘ra guruhlash orqali diagnostika qilish taklifi asoslangan;
mintaqada jalb etilgan investisiyalar samaradorligi hududiy xususiyatlar bo‘yicha kapital qaytimi
hamda kapital intensivlik
mezonlari hisobiga baholash usullari takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyatida o‘rta davrlarga asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning manbalari bo‘yicha optimal darajalari [korxona mablag‘lari ulushi 46 foiz, davlat byudjeti mablag‘lari 7 foiz, aholi va tijorat banklari mablag‘lari 18 foiz, xorijiy mablag‘larning ulushi 29 foiz] ishlab chiqilgan;
mintqaga jalb etilgan kapital mablag‘larni optimal tartibga solish hisobiga investisiyalarning 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatiga jalb etilgan investisiyalarni optimal tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarining investision faolligi Sterjes metodiga ko‘ra (n=1+3,322*lg15=1+3,322*1,1760914=4,907≈5) beshta integral oraliq chegaralari [qoniqarsiz (1,2-3,96); qoniqarli (3,97-6,72); o‘rta (6,73-9,48); yaxshi (9,49-12,24); a’lo (12,25-15,0)] doirasidagi yondashuvga ko‘ra asoslangan guruhlash orqali diagnostika qilish taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2021-yil 15-iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 25-dekabrdagi 07-07/2955-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi Boysun, Sariosiyo tumanlari, Termiz shahrini iqtisodiy rivojlantirish uchun yirik hajmdagi investisiya mablag‘larini jalb qilish, Angor, Muzrabot, Uzun va Sho‘rchi tumanlari iqtisodiyotiga esa nisbatan kam mablag‘larni sarf qilish imkonini bergan;
mintaqada jalb etilgan investisiyalar samaradorligi hududiy xususiyatlar bo‘yicha kapital qaytimi
hamda kapital intensivlik
mezonlari hisobiga amalga oshirilgan baholash usullari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 25-dekabrdagi 07-07/2955-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida davlat byudjeti mablag‘larini samarali yo‘naltirish orqali viloyatda investisiyalar asosida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘rtacha 5-7 foizga va viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘rtacha 3-5 foizga oshishi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida o‘rta davrlarga asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning manbalari bo‘yicha optimal darajalari [korxona mablag‘lari ulushi 46 foiz, davlat byudjeti mablag‘lari 7 foiz, aholi va tijorat banklari mablag‘lari 18 foiz, xorijiy mablag‘larning ulushi 29 foiz] bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-8-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 25-dekabrdagi 07-07/2955-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida asosiy kapitalga kiritiladigan investisiya loyihalarini ikki marotaba oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqaga jalb etilgan kapital mablag‘larni optimal tartibga solish hisobiga investisiyalarning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 25-dekabrdagi 07-07/2955-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2028-yilda mintaqada YaHM hajmini 1,5 martaga, investisiyalar hajmini 1,6 martaga va investisiya meyorini 1,03 martaga oshirish asosida Surxondaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlariga investisiyalarni samarali jalb qilish va rejalashtirish imkoni yaratilgan.