Kaxarova Munira Maxamadjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va siyosiy barqarorligini ta’minlash texnologiyalari” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ss74.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01
Rasmiy opponentlar:    Jo‘raev Narzulla siyosiy fanlari doktori, professor, Ahmedov Xusniddin siyosiy fanlari doktori, professor, Bayrieva Olmagul siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va siyosiy barqarorligini ta’minlashning siyosiy texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global beqarorlik sharoitida milliy manfaatlarni mustahkamlashning g‘oyaviy-mafkuraviy va siyosiy mexanizmlari uyg‘unligi jarayonida davlatning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) siyosati asosida takomillashtirish va abrogatsiya (jamiyat ehtiyojiga, talabiga javob bermasligi sababli eskirgan qonunning bekor qilinishi)ga ko‘ra siyosiy texnologiyalarni ishlab chiqish (takomillashtirish)da milliy qadriyatlar ustuvor siyosiy mezon ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda tahdidlarga qarshi kurashishning an’anaviy targ‘ibot va tashviqot texnologiyalari (demokratik, liberal, konstruktiv, kommunikativ) orqali davlat suvereniteti va siyosiy tuzumiga qilinayotgan tajovuzlarni oldini olish va bartaraf etishda milliy g‘oyaga asoslangan differensial (farqlash, darajalash, tabaqalashtirish) yondashuv muhimligi dalillangan;
aholini tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahamlashga qaratilgan islohotlarda faol bo‘lishini va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda dunyoviylik va diniylik tamoyillari muvozanatini  ta’minlashda qo‘llaniladigan amaldagi texnologiyalar xavfsiz jamiyat qoidalari va mezonlari, mustahkam tartib-intizom hamda fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosiy tamoyillar asosida  takomillashtirilgan;
jamiyatning siyosiy hayotida ro‘y beradigan sifat o‘zgarishlar tendensiyasi hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish darajasini belgilaydigan obektlar geografiyasini kengaytirish va obektiv sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish demokratik jarayonlarning milliy, madaniy mazmun-mohiyatini belgilaydigan siyosiy-mafkuraviy texnologiyalar ta’siri asosida ochib berilgan;
ko‘p asrlik ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlar, diniy qarashlar, hayotiy udumlar, yoshlarni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashish jarayonida qo‘llaniladigan ijtimoiy-ma’naviy texnologiyalar siyosiy boshqaruv va jamoatchilik bilan aloqalar (PR) jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy-amaliy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va siyosiy barqarorligini ta’minlash texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar asosida:
global beqarorlik sharoitida milliy manfaatlarni mustahkamlashning g‘oyaviy-mafkuraviy va siyosiy mexanizmlari uyg‘unligi jarayonida davlatning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) siyosati asosida takomillashtirish va abrogatsiya (jamiyat extiyojiga, talabiga javob bermasligi sababli eskirgan qonunning bekor qilinishi)ga ko‘ra siyosiy texnologiyalarni ishlab chiqish (takomillashtirish)da milliy qadriyatlar ustuvor siyosiy mezon ekanligi ochib berilgan xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2022-yildagi “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” mavzusidagi loyihada (davlat granti) foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-apreldagi 01-17/345-sonli dalolatnomasi). Natijada, huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy va dunyoviy davlat borasidagi fuqarolalarning siyosiy ongini yuksaltirishda tadqiqotlarini tayyorlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
jamiyatda tahdidlarga qarshi kurashishning an’anaviy targ‘ibot va tashviqot texnologiyalari (demokratik, liberal, konstruktiv, kommunikativ) orqali davlat suvereniteti va siyosiy tuzumiga qilinayotgan tajovuzlarni oldini olish va bartaraf etishda milliy g‘oyaga asoslangan differensial (farqlash, darajalash, tabaqalashtirish) yondashuv muhimligi dalillangan tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A1-071-raqamli shartnoma asosida “Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-apreldagi 01-17/345-sonli dalolatnomasi). Natijada, respublikamizning barcha hududlaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning ilmiy asoslangan tadqiqotlarini tayyorlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
aholini tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahamlashga qaratilgan islohotlarda faol bo‘lishini va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda dunyoviylik va diniylik tamoyillari muvozanatini ta’minlashda qo‘llaniladigan amaldagi texnologiyalar xavfsiz jamiyat qoidalari va mezonlari, mustahkam tartib-intizom hamda fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosiy tamoyillar asosida takomillashtirilgan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda uning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 2023-yil 26-maydagi 02-03/4170-sonli dalolatnomasi). Natijada, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkil etilishda va bosh imom-xatiblar, diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari hamda otinoyilarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, jamiyatdagi siyosiy, ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirishda bilim saviyasini oshirishga katta hissa qo‘shilgan;
jamiyatning siyosiy hayotida ro‘y beradigan sifat o‘zgarishlar tendensiyasi hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish darajasini belgilaydigan obektlar geografiyasini kengaytirish va obektiv sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish demokratik jarayonlarning milliy, madaniy mazmun-mohiyatini belgilaydigan siyosiy-mafkuraviy texnologiyalar ta’siri asosida ochib berilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5186-son qarorining 1-ilovasi “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning I yo‘nalishi 18-bandida ziyorat turizmining ilmiy asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 2-martdagi 08-17/190-sonli dalolatnomasi). Natijada, ziyorat turizmining samarali tashkil etishning ilmiy asoslarini mustahkamlashga hamda gid-tarjimonlarning g‘oyaviy-mafkuraviy bilim darajasi va ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
ko‘p asrlik ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlar, diniy qarashlar, hayotiy udumlar, yoshlarni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashish jarayonida qo‘llaniladigan ijtimoiy-ma’naviy texnologiyalar siyosiy boshqaruv va jamoatchilik bilan aloqalar (PR) jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy-amaliy asoslaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2023-yildagi “Jamiyat va oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash” mavzusidagi loyihada (davlat granti) foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-apreldagi 01-17/345-sonli dalolatnomasi). Natijada, oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadqiqot loyihalari ishlab chiqishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish