Gadoev So‘hrob Jumakulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda kredit mexanizmining metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Iqt326.
Ilmiy maslahatchi: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida kredit mexanizmining metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarning daromad keltirmaydigan aktivlarining jami aktivlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish orqali tijorat banklarining kredit berish imkoniyatini kengaytirishda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish (STD/BD=0,17), muddatsiz depozitlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish (IQQ=0,35), sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlash  (MDSFM=0,48) o‘rtasidagi nisbatlar asoslangan;
muvozanatlashgan foiz stavkasini shakllantirish yo‘li bilan kreditlar va depozitlarning foiz stavkalari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, muvozanatlashgan foiz stavkasini aniqlash, sof foizli spred ko‘rsatkichining me’yoriy darajasiga erishish, tayanch stavkaning ssuda kapitallari bozoridagi banklararo stavkaga ta’sirini kuchaytirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari tarkibini takomillashtirish orqali kreditlarining samaradorligini ta’minlash maqsadida kreditlar va jalb qilingan resurslarning miqdorlari o‘rtasida muddatli mutanosiblikni ta’minlash, kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligiga erishish va muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ining yuqori va barqaror darajasiga erishish asoslangan;
tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning investision jozibadorligini ta’minlash hamda transaksion depozitlarning kamaymaydigan qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish yo‘li bilan mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘larining banklar majburiyatlari hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi asoslangan;
ATB «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlarning o‘sish sur’atlariga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida kredit mexanizmining metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
banklarning daromad keltirmaydigan aktivlarining jami aktivlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish orqali tijorat banklarining kredit berish imkoniyatini kengaytirishda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish (STD/BD=0,17), muddatsiz depozitlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish (IQQ=0,35), sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlash  (MDSFM=0,48) o‘rtasidagi nisbatlardan foydalanish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» amaliyotiga joriy qilingan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 29-06/01 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB «O‘zsanoatqurilishbank»da daromad keltirmaydigan likvidli aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmog‘i 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 4,0 foizli punktga pasaytirish imkoni yaratilgan;
muvozanatlashgan foiz stavkasini shakllantirish yo‘li bilan kreditlar va depozitlarning foiz stavkalari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, muvozanatlashgan foiz stavkasini aniqlash, sof foizli spred ko‘rsatkichining me’yoriy darajasiga erishish, tayanch stavkaning ssuda kapitallari bozoridagi banklararo stavkaga ta’sirini kuchaytirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» amaliyotiga joriy qilingan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 29-06/01 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB «O‘zsanoatqurilishbank»da 1 so‘mlik kredit quyilmasiga to‘g‘ri keladigan daromadlilik darajasini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 0,3 foizli punktga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari tarkibini takomillashtirish orqali kreditlarining samaradorligini ta’minlash maqsadida kreditlar va jalb qilingan resurslarning miqdorlari o‘rtasida muddatli mutanosiblikni ta’minlash, kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligiga erishish va muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ining yuqori va barqaror darajasiga erishish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» amaliyotiga joriy qilingan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 29-06/01 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB «O‘zsanoatqurilishbank»da 2022 yilda 2021 yilga nisbatan kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 0,3 foizli punktga oshgani holda, muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini 3,2 foizli punktga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning investision jozibadorligini ta’minlash hamda transaksion depozitlarning kamaymaydigan qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish yo‘li bilan mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘larining banklar majburiyatlari hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» amaliyotiga joriy qilingan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 29-06/01 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB «O‘zsanoatqurilishbank»da 2022 yilda 2021 yilga nisbatan barqaror passivlar summasi 11,8 foizga oshgani holda, kredit quyilmalarining o‘sish sur’ati 13,8 foizni tashkil etishi imkoni yaratilgan;
ATB «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlarning o‘sish sur’atlariga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari ATB «O‘zsanoatqurilishbank» amaliyotiga joriy qilingan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 29-06/01 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2013-2021 yillar oralig‘ida ATB «O‘zsanoatqurilishbank» ajratilgan kreditlari hajmi o‘rtacha 19102,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich prognoz davrida (2023-2025 yillarning choraklari bo‘yicha) o‘rtacha 52039,81 mlrd. so‘mni tashkil etishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish