Sapaeva Gulmira Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddatlari hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini kuzgi javdar navlarining o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri (Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1070.
Ilmiy rahbar: Satipov Gaipnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Egamov Ilxomjon Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Azizov Baxrom Muzaparovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi javdar navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” va “Ns Savo” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda “Vaxshskaya 116” navini 1-oktyabr muddatida, “Ns Savo” navini 10-oktyabr muddatida gektariga 5,0 mln dona (140-150 kg) unuvchan urug‘ hisobida ekish maqbul ekanligi aniqlangan;
kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” navini 1-oktyabr muddatida, “Ns Savo” navini 10-oktyabr muddatida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish yuqori samara berishi isbotlangan;
Kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” navini 1-oktyabr muddatida, “Ns Savo” navini 10-oktyabr muddatida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish don hosildorligini gektariga “Vaxshskaya 116” navida 4,2 s gacha, “Ns Savo” navida 4,4 s gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
Kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” navini 1-oktyabr muddatida, “Ns Savo” navini 10-oktyabr muddatida ekib etishtirish iqtisodiy rentabellik darajasini gektariga “Vaxshskaya 116” navida 19,0 foizgacha, “Ns Savo” navida 19,4 foizgacha oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sharoitida kuzgi javdar navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Xorazm viloyati sharoitida javdar etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 24.11.2023 yildagi №07/34-05/6047-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida kuzgi javdar navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” hamda “Ns Savo” navlari Urganch tumani “Karpat bol arilari” fermer xo‘jaligida 7,4 gektar, “Elita naslli parranda” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, “Qalandar Sapaev” fermer xo‘jaligida 8,7 gektar, “Quronboy bobo” fermer xo‘jaligida 9,2 gektar, Bog‘ot tumani “Ortiq o‘g‘li Oybek” fermer xo‘jaligida 5,6 gektar, “Bog‘ot maxsus chorva” fermer xo‘jaligida 8,1 gektar, “Barchin” fermer xo‘jaligida 7,3 gektar, “Baxtiyor” fermer xo‘jaligida 6,4 gektar, jami 58,7 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 24.11.2023 yildagi №07/34-05/6047-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekishning eng maqbul muddati “Vaxshskaya 116” navida 1-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona, “Ns Savo” navida 10-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi javdarning “Vaxshskaya 116” navi urug‘larini 1-oktabr, “Ns Savo” navi urug‘larini 10-oktabr muddatlarida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirib etishtirish texnologiyasi Urganch tumanida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 24.11.2023 yildagi №07/34-05/6047-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali rentabellik darajasi “Vaxshskaya 116” navida 41,3 foizga, “Ns Savo” navida 46,3% foizga ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish