Zaitov Sherzod Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishi sharoitida O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi yaylov o‘simliklari dinamikasini masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib monitoring qilish», 11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr135.
Ilmiy rahbar: Arushanov Mixail L`vovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldoshevich, texnika fanlari doktori, professor; Sultosheva Oralxon Genjebaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘l va yarim cho‘llardagi yaylov o‘simliklarining ko‘p spektralli sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining havo harorati va atmosfera yog‘inlari bo‘yicha ERA5 reanaliz ma’lumotlari jamlanmasi asosida ishlov berishning avtomatlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l xududlari uchun o‘simlik qoplamini kuzatish maqsadida spektral tasvirlarga avtomatlashtirilgan qayta ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
respublikadagi cho‘l va yarim cho‘l hududlar uchun o‘simlik qoplamini normallashtirilgan indeksi (NDVI)dan foydalanib, yaylov o‘simliklarining vegetatsiya davrining boshlanish hamda tugash muddatlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
veyvlet-tahlil asosida O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida yaylov maydonlaridagi o‘simlik qoplamining yashillik darajasiga muvofiq o‘simliklarning o‘sish va hosildorlik davrini aniqlash usuli yaratilgan;
respublikaning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida vegetatsiya davrida yaylov o‘simliklari qoplamining dinamikasini avtomatik baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaylov o‘simliklarini masofadan zondlash orqali monitoring qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi yaylov maydonlarini kompleks monitoring qilish maqsadida ilk bor spektral to‘lqinlarning signaliga avtomatik qayta ishlov berish usuli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Sentob-Nurota, Yangiqishloq, Tomdi, Bo‘zauboy, Nurobod, Mashiquduq, Oqbaytal va Ustyurt yaylov uchastkalaridagi o‘simlik qoplamini xaritalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01-15-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov o‘simliklarini tezkor monitoring qilishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
cho‘l va yarim cho‘l hududlari uchun o‘simlik qoplamining normallashtirilgan indeksi(NDVI)dan foydalanib, yaylov o‘simliklarining vegetatsiya davrini boshlanish hamda tugash muddatlarini aniqlashning takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01-15-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan yaylov hududlarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasiga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;  
cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi yashil maydonlarning o‘zgarishini veyvlet  tahlili asosida baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida o‘simliklarning vegetatsiya davridagi o‘suv davri va uning hosildorlik  davriga oid vaziyatni baholash masalalarini hal etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01-15-1654-son ma’lumotnomasi).  Natijada, o‘simliklarning vegetatsiya davridagi o‘suv davri va uning hosildorlik  davrini aniqlash imkonini bergan;
R dasturlash tili asosida yaylov o‘simliklarini avtomatik baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Sentob-Nurota, Yangiqishloq, Tomdi, Bo‘zauboy, Nurobod, Mashiquduq, Oqbaytal va Ustyurt uchastkalarida yaylov o‘simliklari dinamikasini masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib monitoring qilish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01-15-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov o‘simliklari dinamikasini masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib, avtomatik ravishda monitoring qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish