Alimova Guzal Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash omili sifatida harbiy rekreatsiyani faollashtirishning uslubiy asoslari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt527.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-zoda Baxtier Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash omili sifatida harbiy-rekreatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “harbiy rekreatsiya” tushunchasining mazmuni milliy iqtisodiyot asosiy tarmoq va sohalarining ta’siri ostida amalga oshiriluvchiharbiy tuzilmalarda xizmat muddati davomida shaxsiy tarkibning sarflangan jismoniy va ma’naviy kuchini tiklash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarining majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “harbiy-rekreatsion-turistik salohiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni harbiy-rekreatsion-turistik resurslar, harbiy-tarixiy resurslar va harbiy-rekreatsion turistik infratuzilmaning o‘zaro bog‘liq holda amal qilishi hamda ulardan fizik-geografik jihatdan foydalanish orqali ifodalanuvchi zaxira va imkoniyatlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
harbiy-rekreatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmi turistik-rekreatsion vositalar yordamida harbiy sohaga ixtisoslashgan mehnat resurslarining sifatini oshirish, rekreatsion va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish, yangi rekreatsiya va turistik marshrutlarni ishlab chiqish, zaxiradagi harbiy xizmatchilarning maxsus malaka va bilimlaridan foydalanish dastaklarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
harbiy-rekreatsion faoliyatga zaxiradagi harbiy xizmatchilarni “skauting” faoliyati orqali jalb etish asosida yoshlar va o‘smirlar harbiy rekreatsiyasini rivojlantirish asoslangan;
“Bolalar-o‘smirlar turizmi va o‘lkashunoslik markazi” faoliyatini tashkil etish orqali ichki rekreantlar sonini ko‘paytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash omili sifatida harbiy-rekreatsiyani kuchaytirish bo‘yicha bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “harbiy rekreatsiya” tushunchasining mazmunini milliy iqtisodiyot asosiy tarmoq va sohalarining ta’siri ostida amalga oshiriluvchiharbiy tuzilmalarda xizmat muddati davomida shaxsiy tarkibning sarflangan jismoniy va ma’naviy kuchini tiklash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarining majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardanoliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Milliy va mintaqaviy xavfsizlik” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida “harbiy rekreatsiya” atamasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish hamda ularni amaliyotda qo‘llash yuzasidan tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini bergan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “harbiy-rekreatsion-turistik salohiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini harbiy-rekreatsion-turistik resurslar, harbiy-tarixiy resurslar va harbiy-rekreatsion turistik infratuzilmaning o‘zaro bog‘liq holda amal qilishi hamda ulardan fizik-geografik jihatdan foydalanish orqali ifodalanuvchi zaxira va imkoniyatlar majmui sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardanoliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Milliy va mintaqaviy xavfsizlik” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida “harbiy-rekreatsion-turistik salohiyat” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish hamda ularni amaliyotda qo‘llash yuzasidan tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini bergan;
harbiy-rekreatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmi turistik-rekreatsion vositalar yordamida harbiy sohaga ixtisoslashgan mehnat resurslarining sifatini oshirish, rekreatsion va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish, yangi rekreatsiya va turistik marshrutlarni ishlab chiqish, zaxiradagi harbiy xizmatchilarning maxsus malaka va bilimlaridan foydalanish dastaklarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “2040-yilgacha bo‘lgan davrda turizm sanoatini rivojlantirish strategiyasi”da chora-tadbirlr Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 12-sentyabrdagi 02-12-17-573-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning turli harbiylashtirilgan xizmatlari harbiy xizmatchilarining turizm va rekreatsion faoliyatiga qamrovini kengaytirish, har yili 200 mingdan ortiq kishini, shu jumladan pensionerlarni jalb etish imkonini bergan;
harbiy-rekreatsion faoliyatga zaxiradagi harbiy xizmatchilarni “skauting” faoliyati orqali jalb etish asosida yoshlar va o‘smirlar harbiy rekreatsiyasini rivojlantirish taklifiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonning rekreatsion va turizm salohiyatini baholashda, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2023-yil 28-sentyabrdagi 03-240-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 19-sentyabrdagi 03-01/04/20/9695-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida3,1 million yoshlarni sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga jalb qilish va ichki rekreatsiyaga bo‘lgan talabni oshirish, mehnatga layoqatli yoshga to‘lmagan 5 milliondan ortiq aholi rekreatsion-turistik faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etishimkonini bergan;
“Bolalar-o‘smirlar turizmi va o‘lkashunoslik markazi” faoliyatini tashkil etish orqali ichki rekreantlar sonini ko‘paytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish taklifiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda bolalar va o‘smirlar turizmi va o‘lkashunoslikni rivojlantirishning kompleks tizimini yaratish to‘g‘risida” qaroriga 3-ilovada belgilangan chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 12-sentyabrdagi 02-12-17-573-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda 1 milliondan ortiq yoshlar va bolalarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan.