Ergashov Abdurasul Qodirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibiga ruteniy (II) birikmalari kiritilgan TiO2 asosidagi yupqa pardali quyosh elementlarini fotoelektrik xarakteristikalari» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2023.4.PhD/FM526)
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosir Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shahriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Zikrillaev Nurulla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarkibiga ruteniy (II) birikmalari kiritilgan TiO2 asosidagi yupqa pardali quyosh elementlarini effektivligini oshirish uchun tarkibiy qismlaridagi moddalar ulushini elementning fotoelektrik xarakteristikalariga bog‘liqligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor TiO2 asosli tarkibida 0,05grKI+0,10grTBAI+0,1grPEO+0,25grPC+ +0,25grEC+0,5grDMF+0,015grI2(10%) aralashma ulushlariga ega elektrolit va fotoanodi 0.3mMol ruteniy bilan boyitilgan yupqa plyonkali quyosh elementi yaratilgan.
Yaratilgan yupqa plyonkali quyosh elementi namunasida VAXlarni tahlili yordamida quyosh elementining quvvati Uso‘Iqo‘=0.002165, yuqori natijaga erishilganligi kuchlanish va tok kuchi kattaliklarini olingan grafik bog‘lanish va sonli aniqlangan qiymatlari yordamida hisoblash orqali ko‘rsatib berilgan.
Ilk bor olingan namunaning optik yutilish koeffisieni (αhν1/2, sm-1/2, eV1/2=0.99) ekanligi, taqiqlangan soha kengligi 0.3mMol N3 raqamli namunada (Eg=1.804eV) ligi aniqlangan.
yaratilgan yupqa plyonkali quyosh elementining impedans spektroskopiya uslubidagi fotoelektrik tavsiflarni olish va tahlil yordamida namunani o‘tkazuvchanligi qiymati σ=0.0493378Ω-1 ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibiga Ruteniy (II) birikmalari kiritilgan TiO2 asosidagi yupqa pardali quyosh elementlarini fotoelektrik xarakteristikalari asosida:
“Shimadzu 1900i”- qurilmasida kuzatilgan FTO (ftor bilan ligerlangan shisha) oyna sirtiga qoplangan TiO2 yupqa qatlam va turli ulushlardagi Ru uchun yutilgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi va o‘tkazuvchanlik tavsifi olinib Taus uslubida qatlamlarning taqiqlangan zona kengligini aniqlangan. Shu bilan birga impedans spektroskopiya metodi asosida muhitning o‘tkazuvchanligi o‘rganish “Foton” aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanishga tavsiya etilgan. (“O‘zeltexsanoat aksiyadorlik kompaniyasi” ning 2023yil 24/09 dagi 04-3/1155 son ma’lumotnomasi). Natijada fotoelementni tarkibiy qismlarining o‘tkazuvchanlik tavsiflari turli tashqi omillar ta’sirida zamonaviy texnologiyalar asosida fotoelementlarni foydali ish koeffisientini ortirishga, jumladan: iqtisodiy arzon va ekologik bezarar materiallardan foydalanishga imkon yaratilgan.
Namangan muhandislik qurilish instituti «Fizika» kafedrasida 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F2-71 «o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan p-n-o‘tish volt-amper xarakteristikasiga yorug‘likning ta’sirini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental davlat grantini bajarish jarayonida “Tarkibiga Ruteniy (II) birikmalari kiritilgan TiO2 asosidagi yupqa pardali quyosh elementlarini fotoelektrik xarakteristikalari” mavzusidagi dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalardan foydalanilgan. Jumladan, fundamental davlat grantida o‘ta yuqori chastotali maydonda sezgir yarimo‘tkazgich qatlamni o‘tkazuvchanlik xossalarini o‘rganish orqali nanoelektron va optoelektron asboblarni samaradorligini oshirish choralari tadqiqotchi tomonidan ishlangan tajriba kuzatuv ishlari xulosalarida keltirilgan. Natijada belgilangan miqdordagi krishmalar kiritish orqali yarimo‘tkazgich qatlamni taqiqlangan soha kengligini tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib qurilmalarni ishchi muxitiga moslashtirish va turli tashqi tasirlarga chidamliligini aniqlash imkoniyatini bergan. (NamMQI rektorining 2023yil 31/07 dagi 06/10-09/676 son ma’lumotnomasi) Natijada foydalanilgan tashqi tasirni qo‘llashda o‘ta yuqori chastotali maydondan foydalanishning uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib bunda yupqa yarimo‘tkazgich materiallarning tashqi omillarga chidamliligini aniqlashda foydalanilgan.
Yupqa qatlamli quyosh elementini uchun spektral elektron mikroskopda, “Shimadzu 1900i”- qurilmasida olingan natijalar va ularning tahlili asosida disertatsiyada keltirilgan natijalar yangi ishlab chiqarishda qo‘llanilishi imkonini beradi. (Malaya universiteti, Fan Fizika bo‘limi Ion markazi ma’lumotnomasi) Natijada ruteniy (II) birikmalari bilan TiO2 asosidagi yupqa plyonkali quyosh elementlarining yangi tuzilmalarini ishlab chiqilgan.