Ilyasov Allanazar Torexanovichning
patentlar asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Ekspluatatsion ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan modifikatsiyalangan ko‘pik va mayda donador betonlarning innovatsion texnologiyalari”, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. DSc /T382.
Ilimiy maslaxatchi: texnika fanlari doktori, professor Adilxodjaev Anvar Ishanovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.04
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ekspluatatsion xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan noavtoklav ko‘pikbeton hamda mayda donador betonning tarkibi va texnologiyasini  kimyoviy va yupqa-dispersli mineral qo‘shimchalarni hamda ularni olishning yangi texnologik usullarini  qo‘llash asosida ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shlak-ishqorli bog‘lovchi asosidagi ko‘pikbetonning strukturasidagi g‘ovaklar g‘ovaklararo pardadevorlarini kukunsimon polipropilen  termoplasti bilan “ichki shimdirish” usulida mustahkamligini yanada oshirish hisobiga ushbu kompozision materialning ekspluatatsion xossalarini sezilarli yaxshilash imkoniyatlarini beruvchi  ko‘pikbeton qorishmasining tarkibi  ishlab chiqilgan (№ UZ IAP 07062);
ilk  bor sementli bog‘lovchi asosidagi ko‘pikbetonning strukturasidagi g‘ovaklar g‘ovaklararo pardadevorlarini kukunsimon oltingugrt  termoplasti bilan “ichki shimdirish” usulida mustahkamligini yanada oshirish hisobiga ushbu kompozision materialning ekspluatatsion xossalari ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilash imkoniyatlarini beruvchi  noavtoklav ko‘pikbetondan buyumlar ishlab chiqarishning usuli ishlab chiqilgan ( № UZ IAP 07065);
ilk  bor tsementli bog‘lovchi asosidagi mayda donador betonning strukturasini bazalt tolali fibralar bilan dispers armaturalash  yo‘li bilan mustahkamligini yanada oshirish hisobiga ushbu kompozision materialning ekspluatatsion xossalari ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilash imkoniyatlarini beruvchi  beton qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan  (№ UZ IAP 07518).
ilk bor fibrobetondan tayyorlangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi o‘zaro bog‘langan tashqi yuk ko‘taruvchi qatlamli va ichki issiqlikdan izolyasiyalovchi qatlamli ko‘p qatlamli devor panelining tashqi qatlami betonini yuqori modulli fibratolalar bilan dispers armaturalash va ichki qatlamini yaxlit yarim qattiq plitadan tayyorlash hisobiga ekspluatatsion xossalari ko‘rsatkichlari va bikirligini sezilarli oshirish imkoniyatlarini beruvchi ko‘p qatlamli fibrobeton panelning konstruksiyasi ishlab chiqilgan ( № UZ FAP 2410).
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega modifikatsiyalangan ko‘pik va maydo donador betonlarni olishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagi ishlanmalar joriy qilindi:
tarkibida maydalangan granulali domna shlaki, past modulli suyuq shisha, ko‘pik hosil qiluvchi vosita, struktura hosil qiluvchi qo‘shimcha va suv mavjud bo‘lgan yangi tarkibli ko‘pikbeton qorishmasi, bunda, struktura hosil qiluvchi qo‘shimcha sifatida kukunsimon polipropilen ishlatilgan, «EVRO BETON» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Mazkur korxonada 01.03.2022 dan 01.12.2023 gacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 07062 “Ko‘pikbeton qorishmasi” patentiga muvofiq hajmi 420 ming donani tashkil qiluvchi noavtoklav ko‘pikbetondan devor bloklarining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi. Ishlab chiqilgan ko‘pikbeton qorishmasining tarkibi «TEMIR BETON» MChJ korxonasida ham ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ushbu korxonada 01.03.2022 dan 01.12.2023 gacha bo‘lgan davr mobaynida  UZ IAP 07062 “Ko‘pikbeton qorishmasi”  patentiga muvofiq hajmi 210 ming donadan iborat  noavtoklav ko‘pikbetondan tayyorlangan devor bloklarining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi №01-07/01-3488 sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uyushmasining 2023 yil 18 dekabrdagi 05/15-2648 sonli ma’lumotnomasi ). Natijada ushbu korxonalarda ko‘pikbetonning yangi tarkibini ishlab chiqarishga joriy qilishdan olingan umumiy iqtisodiy samara 907,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
noavtoklav ko‘pikbetondan mahsulot ishlab chiqarishning  ishlab chiqilgan yangi usuli, ya’ni portlandtsement, mineral to‘ldiruvchi va mikroto‘ldirgich, suv va alohida tayyorlangan ko‘pik birgalikda aralashtirilib, qirqishga oid mustaxkamlikni olguncha  ushlab turilib, ko‘pikbetonli massivlar qirqilib buyumlar shakllantirilishi, so‘ngra esa 3 soat davomida 1300S haroratda quritish kameralarida issiqlik bilan ishlov berilishini va bunda mikroto‘ldirgich sifatida tsementning massasiga  nisbatan 5-7% miqdorida olinuvchi kukunsimon oltingururt ishlatilishini ko‘zda tutuvchi usuli «EVRO BETON» MChJ korxonasida amaliyotiga joriy qilindi. Ushbu korxonada 01.03.2022 dan 01.12.2023 gacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 07065 “Noavtoklav ko‘pikbetondan mahsulot ishlab chiqarish usuli” patentiga muvofiq hajmi 240 ming donadan iborat noavtoklav ko‘pikbetondan devor bloklarining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi. Noavtoklav ko‘pikbetondan mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqilgan yangi usuli «TEMIR BETON» MChJ korxonasida ham amaliyotiga joriy etildi. Ushbu korxonada 01.03.2022 yildan 01.12.2023 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida  UZ IAP 07065 “Noavtoklav ko‘pikbetondan mahsulot ishlab chiqarish usuli” patentiga muvofiq hajmi 150 ming donadan iborat noavtoklav ko‘pikbetondan devor bloklarining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi №01-07/01-3488 sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uyushmasining 2023 yil 18 dekabrdagi 05/15-2648 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu korxonalarda ko‘pikbetondan buyumlar tayyorlashning yangi usulini ishlab chiqarishga joriy qilishdan olingan umumiy iqtisodiy samara 327,6 mln. so‘mni tashkil etgan.
tarkibi portlandtsement, kvars qumi, diametri 13-17 mikron va uzunligi 6-12 mm bo‘lgan bazalt tolasi, superplastifikator va suvdan tashkil topgan mayda donador betonning ishlab chiqilgan yangi tarkibi, bunda superplastifikator sifatida «POLIMIX» polikarboksilat superplastifikatoridan foydalaniladi, qo‘shimcha ravishda esa tarkibga mineral mikroto‘ldirgich sifatida – IESning uchirma kuli kiritiladi, «NO‘KIS TEMIR BETON BUYuMLARI ZAVODI» MChJ  da ishlab chiqarishga joriy etildi. Ushbu korxonada 01.03.2022 dan 01.12.2023 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 07518 “Beton qorishmasi” patentiga muvofiq mayda donador fibrobetondan o‘lchamlari 3,0x0,38x0,3 metr bo‘lgan derazausti peremichkalari hajmi 850 donaga teng,  hamda SM14-35-1TZ markadagi burg‘ulanuvchi qoziqoyoqlar hajmi 260 donaga teng bo‘lgan tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqilgan mayda donador fibrobetonning tarkibi  «TEMIR BETON» MChJ korxonasida ham ishlab chiqarishga joriy etildi. Ushbu korxonada 01.03.2022 dan 01.12.2023 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida 3,0x0,38x0,3 metr bo‘lgan derazausti peremichkalari hajmi 460 donaga teng,  hamda SM14-35-1TZ markadagi burg‘ulanuvchi qoziqoyoqlar hajmi 550 donaga teng bo‘lgan tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi №01-07/01-3488 sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uyushmasining 2023 yil 18 dekabrdagi 05/15-2648 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu korxonalarda mayda donador fibrobetonning yangi tarkibini ishlab chiqarishga joriy qilishdan olingan umumiy iqtisodiy samara 1287,9 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish