Rustamov Inoyatulla Muradulla o‘g‘li ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3409.
Ilmiy rahbar: Sherbekov Ulug‘bek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi A.V. Vishnevskiy nomidagi milliy jarrohlik tadqiqot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir paraproktitning ishiorektal va retrorektal shakllarini xirurgik davolash natijalarining qoniqarsizligi negizida pararektal yiringli bo‘shliqni drenajlashdagi taktik va texnik xatolar hamda ortiqcha radikalizmga intilganda anal sfinkter mushaklarinining shikastlanishlari yotishi isbotlangan;
ishiorektal va retrorektal sohalarda yiringli bo‘shliq hajmini, gumon qilingan kriptani joylashishini aniqlash uchun zamonaviy tadqiqot usullarining (endorektal va oraliq soxasi UTT, MRT) yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi aniqlangan;
o‘tkir paraproktitning murakkab yuqorida joylashgan shakllarini jarrohlik davolashda ichki teshikni ikki bosqichda bartaraf etilishi ijobiy natijalarga erishishi asoslangan;
o‘tkir paraproktitning murakkab shakllarini jarrohlik usulidan so‘ngi kompleks davolanishida gidropressiv ozon terapiyasini qo‘llanishi jaroxatlarni yiringli-nekrotik to‘qimalardan erta tozalanishini ta’minlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023-yil 11-dekabr 76-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir paraproktitning ishiorektal va retrorektal shakllarini xirurgik davolash natijalarining qoniqarsizligi negizida pararektal yiringli bo‘shliqni drenajlashdagi taktik va texnik xatolar hamda ortiqcha radikalizmga intilganda anal sfinkter mushaklarinining shikastlanishlari yotishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini o‘rganish asosida, birlamchi radikal operatsiyalar paytida yumshoq to‘qimalarning yallig‘langan vaqti va yuqori lokalizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ichki kanalni har doim ham aniq aniqlash imkoni yo‘qligi, keyingi asoratlarning paydo bo‘lishi (9,6% gacha), to‘g‘ri ichak oqmalarining shakllanishi (11,5% gacha), anal sfinkterning etishmovchiligi (13,5% gacha) kelib chiqadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 20.09.2023 yildagi 89-sonli buyruq hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 04.10.2023 yildagi 2653-7-107-TB/2023-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning qoniqarsiz natijalarini asosiy sababi to‘qimalarning infil`tratsiyasi va jarayonning yuqori lokalizatsiyasi hamda jarrohlik amaliyotining haddan tashqari radikalligi tufayli pararektal yiringli bo‘shliqni ochish va drenajlashdagi taktik va texnik xatolar, nervlarning shikastlanishi bilan yiringli yo‘lning ichki ochilishini yo‘q qilish uchun tomirlar to‘plami, dumg‘aza-anal boylami shikastlanishi va anal sfinkter mushaklari shikastlanishi oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarda sonografiyani qo‘llash natijasida operatsiyagacha bo‘lgan davrda 97,1% gacha yiringli bo‘shliqni aniq lokalizatsiyasi imkoniyati ko‘rsatib berilgan va buning natijasida taktik va texnik yo‘lni to‘g‘ri tanlash orqali davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va 1 nafar bemor hisobida 187300 so‘m (klinika preykuranti bo‘yicha 1 kunlik tushak kuni 187 300 so‘mni tashkil qiladi), byudjetdan tashqari 415 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallikni aniq lokalizatsiyasini aniqlash jarayoni samaradorligi oshirilishi natijasida asosiy yiringli jarayondan tashqari qo‘shimcha yiringli bo‘shliqlar, ularning yo‘nalishi va kistalarning aniqlanishi davolash jarayonini olib borishda to‘g‘ri taktik va texnik jihatdan to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07-dekabrdagi 13441-sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: ishiorektal va retrorektal sohalarda yiringli bo‘shliq hajmini, gumon qilingan kriptani joylashishini aniqlash uchun zamonaviy tadqiqot usullarining (endorektal va oraliq soxasi UTT, MRT) yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: endorektal va oraliq soha sonografiya tekshiruvidan foydalanish o‘tkir paraproktitning murakkab shakllarini (93,2% gacha aniqlik bilan) erta tashxislash, shuningdek, qoldiq yiringli bo‘shliqlarni kuzatish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 20.09.2023 yildagi 89-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 04.10.2023 yildagi 2653-7-107-TB/2023-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish nurli diagnostika usullari - endorektal va oraliq soha sonografiya tekshiruvining aniqlik darajasi 97,1% ni, MRT - 93,7% ni tashkil etib, bu bilan paraproktitning murakkab shakllarini tashxislashda va pararektal sohaning yiringli bo‘shliqlarini monitoring qilishda ulardan foydalanish zarurligini asoslaydi, shuningdek erta va aniq tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi taklif etilgan taktik va texnik jarayonlar o‘tkir paraproktitning ishiorektal va retrorektal shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasida differensial yondashuv imkoniyatini yaratish hisobiga operatsiyadan keyingi davrda kasallikning qaytalanish sur’atini nazorat va asosiy guruhdagi bemorlarda mos ravishda 9,6% dan 2,9% gacha kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobida 780 000 so‘m, umumiy xarajatlarni olgan holda birgina tushak kuni hisobida 936500 so‘m, dori darmon va bog‘lov materiallarga nisbatan sarf-xarajatlarni 125 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘tkir paraproktitning ishiorektal va retrorektal shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasida jarrohlik davolashga differensial yondashuvni hisobga olish natijasida operatsiyadan keyingi kasallikning qaytalanish su’ratini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07-dekabrdagi 13441-sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir paraproktitning murakkab yuqorida joylashgan shakllarini jarrohlik davolashda ichki teshikni ikki bosqichda bartaraf etilishi ijobiy natijalarga erishishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir paraproktitning isheorektal va retrorektal shakllari bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun tavsiya etilgan tabaqalashtirilgan taktika, yiringli bo‘shliqning yuqori lokalizatsiyasi uchun 2 bosqichda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni, shuningdek, yiringli bo‘shliqning past lokalizatsiyasida birlamchi radikal aralashuvlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari pararektal oqma shakllanishi 2,5 marotaba va anal sfinkter etishmovchiligi kabi asoratlar 3 marotaba kamaygan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 20.09.2023 yildagi 89-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 04.10.2023 yildagi 2653-7-107-TB/2023-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish, bu yiringli bo‘shliqning yuqori (chuqur) lokalizatsiyasi (bemorlarning 22,3%) bilan 2 bosqichda operatsiyalarni bajarish va past lokalizatsiya bilan birlamchi radikal aralashuvlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Yiringli bo‘shliqning paydo bo‘lishi yaqin kelajakda operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni 38,4% dan 11,9% gacha kamaytirishga, shuningdek pararektal oqmalarning shakllanishini 11,5% dan 4,6% gacha va uzoq muddatli davrda kasallikning qaytalanishini 9,6% dan 2,9% gacha kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning asoratlarini kamaytirish hisobiga shifoxonada davolanish jaryonida 1 nafar bemorga 1 kunda 312300 so‘m, kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi uchun 210000 so‘mni iqtisod qilish samaradorligini berdi. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi birgina asoratlarni kamaytirish hisobiga umumiy iqtisodiy samaradorlik 522 300 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: o‘tkir paraproktitning ishiorektal va retrorektal shakllari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostik jarayonda hamda jarrohlik davolash taktikasida jarrohlik davolashga differensial yondashuvni hisobga olish operatsiyaning ikkinchi bosqichini o‘tkazishdan xolos qilib, operatsiya davomida bajariladigan kesmaning etarli darajadagi muvofiqligini ta’minlagan va natijasida operatsiyadan keyingi kasallikning qaytalanish su’ratini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07-dekabrdagi 13441-sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllarini jarrohlik usulidan so‘ngi kompleks davolanishida gidropressiv ozon terapiyasini qo‘llanishi jaroxatlarni yiringli-nekrotik to‘qimalardan erta tozalanishini ta’minlanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 0,9% NaCl eritmasi bilan gidropressiv ozon terapiyasidan foydalanish pararektal yaralarni to‘liq davolash vaqtini o‘rtacha 5,4 kunga va bemorlarni statsionar davolash vaqtini 3,2 kunga qisqartirishni ta’minladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 20.09.2023 yildagi 89-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 04.10.2023 yildagi 2653-7-107-TB/2023-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi kompleks davolashda gidropressiv ozon terapiyasidan foydalanish yaralarni yiringli-nekrotik to‘qimalardan erta tozalashga va epitelizatsiya boshlanishiga yordam berdi, o‘z navbatida kasalxonada davolanish vaqtini 9,23±0,74 dan 5,97±0,24 kungacha va jarohatni davolash vaqti 31,5±2,2 dan 26,1±1,35 kungacha qisqartirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar: bemorning shifoxonada qolish muddatini 9-10 kundan 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 nafar bemor hisobida tushak kuni hisobida 936500 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 187300 so‘mdan 228800 so‘mni tashkil qiladi); 1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalarini iqtisod qilishga erishildi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 327 000 so‘mni, asosiy guruh bemorlar hisobida esa 21929100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida asosiy xulosalar va tavsiyalar turli darajadagi tibbiyot muassasalarida o‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashda qo‘llanilishi va optimal jarrohlik usulini tanlash uchun tavsiya etilgan dastur va algoritmdan iborat taktikalar operatsiya natijalarini yaxshilash hamda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini va uzoq muddatda kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir paraproktitning murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07-dekabrdagi 13441-sonli xat yuborilgan.