Reymova Minayım Kalmurzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlarda turli hil shikastlanishlarning akusherlik jihatlari» 14.00.01 –Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.3104.
Ilmiy rahbar: Jabborov Ulug‘bek Uzokovich, tibbiyot fanlari  doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, PhD.04/30.06.2020.Tib.I16.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot  fanlari doktori, professor; Xusanxodjaeva Malika Tursunxodjaevna, tibbiyot  fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antenatal parvarishni takomillashtirish orqali homiladorlarda turli xil etiologiyadagi shikastlanishlarning akusherlik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida va SNG davlatlari orasida homilador ayollar o‘rtasida jarohatlanish chastotasi va tuzilishi aniqlangan;
Shikastlanishlar xarakteriga bog‘lik, ya’ni homiladorlarda homiladorlikning har uch trimestrida patologik holatlarda gormonlar tekshiruvlari olib borildi va sog‘lom (fiziologik) homiladorlarga nisbatan stress va yuldosh gormonlar darajalaridagi o‘zgarishlar aniqlangan;
Har hil etiologiyadagi shikastlanishlardan sung homiladorlarda akusherlik va perinatal natijalar  o‘rganildi;
Tez tibbiy yordam xizmati tuzilmasida homiladorlik muddati va jarohatlarning og‘irligiga qarab turli etiologiyali jarohatlari bo‘lgan homilador ayollarga yordam ko‘rsatish algoritmi ishlab chiqildi va taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi №23-Z/099 son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik. Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar o‘rtasida jarohatlanish chastotasi va tuzilishi birinchi marta o‘rganildi. Ko‘rikdan o‘tgan homilador ayollarning 40 tasida (76,9%) tayanch-harakat azolarining shikastlanishi, 12 tasida (23,1%) ekstragenital organlarning shikastlanishi, 7 tasida (13,4%) travmatik shok qayd etilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: homilador ayollarda jarohatlarning chastotasi homiladorlik davriga bog‘liq emas, chunki homiladorlik davriga ko‘ra shikastlanishlar ikkinchi trimestrda eng ko‘p uchradi va bu 44,6% ni tashkil qiladi. Paritetga ko‘ra, ko‘p marta homilador bo‘lgan ayollar birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarga nisbatan turli hil shikastlanishlarga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu esa avvalgi homiladorlikdan orttirilgan tajribasini va bundan tashqari, qarindoshlarning dikqatli va ehtiyotkor munosabatda bo‘lishlarini talab qiladi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (23.08.2023 y.; №8-t/012), RShTYoIM Qoraqalpoq filiali bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №38),  hamda Xorazm viloyat Perinatal markazi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; № 11-x/062) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi har hil turdagi jarohatlari bo‘lgan homilador ayollarda yo‘ldosh va simpatiko-adrenal tizimining gormonal belgilariga asoslangan homiladorlik asoratlari rivojlanishining prognostik mezonlari ishlab chiqilgan va bu amaliy sog‘liqni saqlashda joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi taklif qilingan diagnostika usulining iqtisodiy samaradorligi va har hil turdagi jarohatlarga uchragan homilador ayollarda simpatik-adrenal va platsenta tizimlarining gormonal holati sog‘liqni saqlash tizimida homiladorlik havfi kuzatilsa statsionar davolanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlarning oldini olish hisobida 1 nafar bemorga  byudjet mablag‘larini 243 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.  
Xulosa: taklif qilingan diagnostika usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 243 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda turli hil shikastlanishlarning akusherlik jihatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 20 sentyabr 04/5208-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. Shikastlanishlar xarakteriga bog‘lik, ya’ni homiladorlarda homiladorlikning har uch trimestrida patologik holatlarda gormonlar tekshiruvlari olib borildi va sog‘lom (fiziologik) homiladorlarga nisbatan stress gormonlar darajalaridagi o‘zgarishlar o‘rganildi;
Ilmiy yangilikning mohiyati: kuyishlar va yo‘l-transport hodisalari bilan shikastlangan homilador ayollarda stress gormoni kortizol darajasi 2,4 dan yuqori bo‘lib, normaga nisbatan 1,8 marta oshgan. Homiladorlik davriga qarab, ikkinchi trimestrda jarohat olgan homilador ayollarda kortizolning eng yuqori ko‘rsatkichi aniqlandi. Homiladorlik davridan qat’iy nazar, yo‘l-transport hodisalari va kuyishlar bilan jaroxatlangan homilador ayollarda normaga nisbatan DEAS ko‘rsatkichlarining ikki baravarga sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (23.08.2023 y.; №8-t/012), RShTYoIM Qoraqalpoq filiali bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №38), hamda Xorazm viloyat Perinatal markazi bo‘yicha (14.08.2023 y.; № 11-x/062) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Turli hil jarohatlar olgan homilador ayollarda simpatik-adrenal va yo‘ldosh tizimining gormonal holatini tashxislashning tavsiya etilgan usulini joriy etish reproduktiv yoshdagi ayollarning kasallanishini kamaytirishga va oldini olishga yordam beradi. Abort qilish va homila rivojlanishi va sog‘ligini saqlash, shuningdek, hayot sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash bulimi ishining diagnostik va profilaktik bosqichini yaxshilash va alohida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi har hil turdagi jarohatlarga uchragan homilador ayollarda simpatik-adrenal va platsenta tizimlarining gormonal holati oqsil darajasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish hisobiga 1 nafar homilador uchun byudjet mablag‘larini 243 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: har hil turdagi jarohatlarga uchragan homilador ayollarda simpatik-adrenal va platsenta tizimlarining gormonal holati oqsil darajasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish hisobiga 1 nafar homilador uchun byudjet mablag‘larini 243 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda turli hil shikastlanishlarning akusherlik jihatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 20 sentyabrdagi 04/5208-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Shikastlanishlar xarakteriga bog‘lik, ya’ni homiladorlarda homiladorlikning har uch trimestrida patologik holatlarda gormonlar tekshiruvlari olib borildi va sog‘lom (fiziologik) homiladorlarga nisbatan yuldosh gormonlar darajalaridagi o‘zgarishlar o‘rganildi: homiladorlik yoshidan qat’i nazar, yo‘l-transport hodisalari va kuyishlar bilan jarohatlangan homilador ayollarda, nazorat guruhiga nisbatan b-XG kabi yo‘ldosh gormonlarining 1,5 baravar kamayishi ma’lum bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalari va termik travmalar bo‘lgan homilador ayollarda homiladorlik yoshidan qat’iy nazar, progesteron darajasi ham nazorat guruhiga nisbatan 1,5-2 baravar sezilarli darajada kamaygan. homiladorlikning birinchi trimestrida yo‘l-transport hodisalari va kuyishlar bilan homilador ayollarda nazorat guruhiga nisbatan faqat estriolning 1,5 barobar kamayishi kuzatilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Homiladorlik paytida shikastlanish mavzusi shifokor tomonidan asossiz ravishda e’tiborga olinmaydi, garchi aksariyat hollarda bunday jarohatlarning oldini olish mumkin. Shikastlanishlar tufayli kuzatiladigan gormonal o‘zgarishlar natijasija perinatal homila o‘limchiligi va homila tashlashlar kelib chiqishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (23.08.2023 y.; №8-t/012), RShTYoIM Qoraqalpoq filiali bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №38),  hamda Xorazm viloyat Perinatal markazi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; № 11-x/062) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalari o‘rganilganda, har bir jarohatlanish sababi, xususiyati, og‘irlik darajalariga qarab kuzatiladigan asoratlarning oldini olishda, tor mutaxssis va akusher-ginekologlar tomonidan davolash, ona va homilani asrashda va shu bilan homiladorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalari o‘rganilganda, har bir jarohatlanish sababi, xususiyati, og‘irlik darajalariga qarab kuzatiladigan asoratlarning oldini olishnishi hisobiga xarajatlari har 1 bemor hisobidan 243 000 so‘mga byudjet mablag‘larini, 480 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: homilador ayollarda har bir jarohatlanish mexanizmi, og‘irlik darajasini o‘rganish orqali kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga har 1 bemor hisobidan 243 000 so‘mga byudjet mablag‘larini, 480 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda turli hil shikastlanishlarning akusherlik jihatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 20 sentyabrdagi 04/5208-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi marta turli jarohatlar olgan homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalari o‘rganilib, birinchi trimestrda o‘z-o‘zidan bola tushishi va homiladorlik to‘xtashining yuqori chastotasi (38,8%), ikkinchi trimestrda bu ko‘rsatkich (33,3%), uchinchi trimestrda esa perinatal yo‘qotishlarning past foizi (15,4%) qayd etilgan, hamda  tez tibbiy yordam xizmati tuzilmasida homiladorlik yoshi va jarohatlarning og‘irligiga qarab turli etiologiyali jarohatlari bo‘lgan homilador ayollarga yordam ko‘rsatish algoritmi ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif qilingan algoritmlardan homiladorlik davriga qarab har hil turdagi jarohatlar bilan homilador ayollarni shoshilinch tibbiy yordam xizmatini boshqarishda hamda har hil turdagi jarohatlar olgan homilador ayollarda simpatiko-adrenal tizim va yo‘ldoshdagi gormonal ko‘rsatkichlar natijalarini talqin qilishda yangi uslubiy yondashuvlardan foydalanish, bemorlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi ishlab chiqilgan algoritmga asoslanib jarohatlangan homiladorlarni gospitalizatsiya qilishda va amaliy yordam ko‘rsatishda aniq yo‘riqnoma, ya’ni algoritmga asoslanib olib borish taktikasini qo‘llanilanilishi, tez yordam xizmatining vazifalari aniq taqsimlanashi imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi akusherlik va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda jarahatning og‘irligi  va homiladorlik muddatidan kelib chiqqan holda, har hil turdagi jarohatlar bilan homilador ayollarga yordam ko‘rsatish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ginekolog tomonidan shoshilinch va akusherlik yordamini ko‘rsatish sifatini yaxshilashga va homiladorlikning ijobiy natijalarini ko‘paytirishga ko‘maklashishi hisobiga 1 nafar bemor hisobidan 243 000 so‘mga byudjet mablag‘larini, 480 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda turli hil shikastlanishlarning akusherlik jihatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 20 sentyabrdagi 04/5208-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish