Irgasheva Oydin Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi Kushing bilan kasallangan ayollarda mitoxondrial va seksual disfunksiya va ularni optimallashtirish» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1633.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Xurshida Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muzaffarova Salima Asxatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kushing sindromi bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv buzilishlarning klinik, gormonal va psixologik jixatlarini va ularni optimallashtirish yo‘llarini aniklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kushing sindromi bilan ogrigan ayollarda birinchi marta reproduktiv faoliyatining (xayz ko‘rish funksiyasining sifati va uning natijalari, fertillik, xomiladorlik) AKTG holatiga, kortizol remissiyasi va giperkortizolizmning kaytalanishi shuningdek, gipofiz kortikotropinomasining xajmiga bog‘liqligi asoslangan;
AKTG va gonadotropinlar darajasi bilan kortizol va jinsiy steroidlar (estradiol, progesteron) orasida yuqori salbiy korrelyasion bog‘liklik mavjudligi Kushing kasalligida reproduktiv kasalliklar rivojlanishining asosi sifatida asoslangan;
ayollar seksuallik indeksi so‘rovnomasidan foydalanishni Kushing sindromida reproduktiv buzilishlarni tashxislash va davolashni baxolashda samaradorligi aniqlangan;
Kushing sindromi bilan kasallangan ayollar limfotsitlari mitoxondriyalarida ul`tramikroskopik strukturaviy o‘zgarishlar uning boskichini va reproduktiv buzilishlar mavjudligini xisobga olgan xolda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 42 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Kushing sindromi bilan ogrigan ayollarda birinchi marta reproduktiv faoliyatining (xayz ko‘rish funksiyasining sifati va uning natijalari, fertillik, xomiladorlik) AKTG holatiga, kortizol remissiyasi va giperkortizolizmning kaytalanishi shuningdek, gipofiz kortikotropinomasining xajmiga bog‘liqligi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 11.05.2023 yildagi 5-sonli buyruq hamda Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazning Qashqadaryo filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 66-T -sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallik aniqlangan ayollarda reproduktiv buzilishlarning klinik, gormonal va psixologik o‘zgarishlarni erta aniqlash uning kechishini sekinlashtirish va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
Kushing sindromi bilan kasallangan ayollarda reproduktiv buzilishlarning klinik, gormonal va psixologik xususiyatlarini o‘ganish orqali kasallikning faol hamda remissiya bosqichini aniqlash, boshqa kasalliklar bilan differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan ortiqcha laborator-asbobiy tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi.
Xulosa: Kushing sindromi bilan kasallangan ayollarda reproduktiv buzilishlarning klinik, gormonal va psixologik jihatlarini o‘rganish orqali kasallikning faol hamda remissiya bosqichini aniqlash, davolashga bo‘lgan individual yondoshishni belgilab bergan, natijasida 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘dan o‘rtacha 680.000 so‘m tejab qolish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: AKTG va gonadotropinlar darajasi bilan kortizol va jinsiy steroidlar (estradiol, progesteron) orasida yuqori salbiy korrelyasion bog‘liklik mavjudligi Kushing kasalligida reproduktiv kasalliklar rivojlanishining asosi sifatida asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 11.05.2023 yildagi 5-sonli buyruq hamda Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazning Qashqadaryo filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 66-T -sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi mavjud ayollarda kortizol darajasining yuqoriligi kasallikning kechishini yomonlashtiradi va og‘ir asoratlar rivojlanishiga olib kelgan. Ushbu guruh bemorlarda kortizol darajasini nazorat qilish kasallikning kechishini engillashtiradi va ularning hayot sifati yaxshilanishiga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi mavjud ayollarda qon zardobidagi kortizol miqdorini kamaytirish, kasallikni faol bosqichidan remissiya bosqichiga o‘tishiga olib kelgan. Bu esa ularning oilaviy poliklinikaga murojati va shifoxonaga qayta yotishlar sonini kamaytiradi hamda ortiqcha laborator va asbobiy tekshirishlarni oldini oladi.
Xulosa: Kushing sindromi mavjud ayollarda dastlab qon zardobidagi kortizol miqdorini aniqlash, kasallikning faol yoki remissiya davrini ajratishda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa bemorlarda ortiqcha laborator va asbobiy tekshirishlarni oldini oladi hamda o‘rta hisobda har bir bemordan 550.000 ming so‘m tejalishiga olib kelgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ayollar seksuallik indeksi so‘rovnomasidan foydalanishni Kushing sindromida reproduktiv buzilishlarni tashxislash va davolashni baxolashda samaradorligi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 11.05.2023 yildagi 5-sonli buyruq hamda Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazning Qashqadaryo filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 66-T -sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: so‘rovnoma yordamida kushing sindrom mavjud ayollarda kasallikning faol yoki remissiya davriga bog‘liq ravishda reproduktiv buzilishlarning klinik belgilarni o‘z vaqtida aniqlash hamda monand davolash, ularning ijtimoiy moslashishiga va hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollar seksualligi indeksi so‘rovnomasidan foydalanish kushing sindromida reproduktiv buzilishlarni tashxislash va davolashni baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ortiqcha harakatlar va sarf harajatlarni tejaydi. So‘rovnomada foydalanib maqsadsiz laborator-asbobiy tekshirishlar va dori-darmonlar qo‘lanilishining oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada yotish kunlarini ham kamayishga erishish mumkin.
Xulosa: Kushing sindromi mavjud bo‘lgan ayollarda reproduktiv buzilishlar hamda jinsiy disfunksiyani erta tashxislashda ayollar seksualligi indeksi so‘rovnomasidan foydalanish Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bir bemor uchun 740.000 ming so‘mning tejalishiga olib kelgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ayollar seksuallik indeksi so‘rovnomasidan foydalanishni Kushing sindromida reproduktiv buzilishlarni tashxislash va davolashni baxolashda samaradorligi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 11.05.2023 yildagi 5-sonli buyruq hamda Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazning Qashqadaryo filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 66-T -sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi bilan kasallangan ayollarda klinik belgilar bilan bir qatorda qo‘shimcha hujayralar va ularning tuzilmalarini elektron mikroskop yordamida tekshirish, kasallikda kuzatiladigan o‘zgarishlarni hujayra darajasida aniqlashga va davolashga zamonaviy yondoshishga yordam bergan. Bu ayollarni fertilligini tiklashga sabab bo‘ladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat Kushing sindrom bilan og‘rigan ayollarda oq qon hujayralari mitoxondriyalarida ultramikroskopik strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash kasallikning bosqichini va reproduktiv buzilishlar mavjudligini o‘rganishga imkon bergan va davo muolajalarini optimallashtirishtirgan. Bu orqali har bir bemor uchun sarflanadigan mablag‘ miqdorini sezilarli kamayishiga erishilgan.
Xulosa: Kushing sindromi bilan kasallangan ayollarda oq qon hujayralari mitoxondriyalarida ultramikroskopik strukturaviy o‘zgarishlar uning bosqichini va reproduktiv buzilishlar mavjudligini aniq tashhislashni optimallashtirish sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini bergan. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 850.000  ming so‘mni tashkil etgan.
Irgasheva Oydin Boxodirovnaning “Reproduktiv yoshdagi kushing bilan kasallangan ayollarda mitoxondrial va seksual disfunksiya va ularni optimallashtirish” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Akademik Yo. X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 20 iyundagi 8n-z/14-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish