Maxmudov Dilshodbek Ergashbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutregenetik texnologiyalar asosida ovqatlanish rejimini personifikatsiya qilish orqali sport muvafaqiyatini oshiruvchi yondoshuvlarni ishlab chiqish” 14.00.38-Sport tibbiet (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib882.
Ilmiy raxbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi: PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01
Rasmiy opponentlar: Polyaev Boris Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gavrilova Elena Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali sportchilarning ovqatlanish tizimini nutrigenetik texnologiyalar asosida ovqatlanish ratsioni va tartibini personifikatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qator sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarda moddalar almashinuvi uchun mas`ul ADRB2, ADRB3, PPARG2, FABP2 kabi genlar allel-genotipik variantlarining taqsimlanishi sport bilan shug‘ullanmagan shaxslar bilan qiyoslangan va ular orasida ahamiyatli tafovutlar yo‘k ekanligi aniqlangan;
ADRB2, ADRB3, PPARG2, FABP2 genlari allel-genotipik variantlari orasida qator sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarning morfofunksional va klinik-laboratoriya ko‘rsatgichlari tahlil etilib, jismoniy ko‘rsatgichlar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar ko‘rsatgichlari bilan o‘zaro bog‘liklik mavjudligi aniqlangan;
moddalar almashinuvi jarayonini genetik tiplarga bo‘lish orqali yuqori malakali sportchilarni oqsil, yog va uglevodlar kabi energiya resurslariga ehtiyojini aniqlash, hamda personal va tabaqalashtirilgan ovqat ratsionini shakllantirish imkoniyati isbotlangan;
eshkak eshish va yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarda tayergarlikning asosiy davrida individual genetik (nutrigenetik) xususiyatlar negizida shakllantirilgan ovqatlanish ratsionini qo‘llash sportchilarda tezlik-kuch, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
yukori malakali sportchilar moddalar almashuvi uchun mas`ul bulgan genlarining molekulyar genetik taxlili natijalari va nutrigenetika tamoyillari asosida yaratilgan personal ovkatlantirish yondashuvlari modelini qo‘llash eshkak eshish va yakkakurash bilan shug‘ullanadigan sportchilarning sport natijalarini yaxshilashi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ekspert kengashining 2024 yil 6 fevral` 4-son hulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor qator sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarda moddalar almashinuvi uchun mas`ul ADRB2, ADRB3, PPARG2, FABP2 kabi genlar allel-genotipik variantlarining taqsimlanishi sport bilan shug‘ullanmagan shaxslar bilan qiyoslangan va ular orasida ahamiyatli tafovutlar yo‘k ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ADRB2, ADRB3, PPARG2, FABP2 genlarining allel-genotipik variantlarini taqsimlash natijalari sportchilar metabolizmining genetik xususiyatlarini aniqlaydi va amaliy tibbiyotda ovqatlanishga individual yondashish, shuningdek, sport jarohatlari oldini olish maqsadida foydalanish mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: turli sport turlarida yuqori malakali sportchilarining nutrigenetik xususiyatlarini tahlil qilish usuli O‘zbekiston boks federatsiyasi va dzyudo federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylar amaliyotiga tatbiq etildi (Respublika sport tibbieti ilmiy amaliy markaz ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabrdagi 5-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: organizmdagi metabolik jarayonlarning turini aniqlash orqali genetik tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanish sport bilan shug‘ullanadigan va sport bilan shug‘ullanmaydigan kontingentlarga tibbiy yordam sifatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tibbiy-iqtisodiy mezonlarga ko‘ra vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlarini qisqartirishdan iborat bo‘lib, bu oshqozon-ichak tizimi patologiyasi bo‘yicha 7,1% ni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorlikni (IS) hisoblash (Iskandarov T.I., 2005) standart formuladan foydalangan holda har bir sportchi uchun alohida hisoblandi. Xulosa: moddalar almashinuviga mas’ul bo‘lgan genlarning bir martalik genetik tahlilini joriy etish natijasida bir sportchining mehnatga layoqatsizligi kunlar soni kamaydi va oshqozon-ichak tizimi kasalliklari bilan og‘rigan sportchini davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflangan 2 820 000 so‘m miqdorida ISga erishildi, tibbiy yordam uchun qo‘shimcha xarajatlar bundan mustasno.
ikkinchi ilmiy yangilik: ADRB2, ADRB3, PPARG2, FABP2 genlari allel-genotipik variantlari orasida qator sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarning morfofunksional va klinik-laboratoriya ko‘rsatgichlari tahlil etilib, jismoniy ko‘rsatgichlar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar ko‘rsatgichlari bilan o‘zaro bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sportchining genetik va morfo-funksional profili o‘rtasidagi bog‘liqlikning mavjudligi samarali mashg‘ulotlar va ovqatlanish dasturlarini yaratish uchun asosdir. Bu, shuningdek, boshqa shaxslar uchun ularning genetik xususiyatiga asoslangan ovqatlanish va mashqlarni optimallashtirishga yordam beradi, bu oxir-oqibatda umumiy salomatlikni yaxshilashga va kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: turli sport turlarida yuqori malakali sportchilarining metabolizm uchun mas’ul genlar panelini tahlil qilish usuli joriy etildi O‘zbekiston boks federatsiyasi va dzyudo federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylar amaliyotiga tatbiq etildi (Respublika sport tibbieti ilmiy amaliy markaz ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabrdagi 6 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalaridan foydalanish mamlakatimiz sportchilarining ratsion va sport mashg‘ulot dasturlarini individuallashtirish hamda xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Noaniqlik omili xavfi (jarohatlar, ortiqcha yuklamalar (overtrening), umumiy jismoniy ko‘rsatkichlarning pasayishi va boshqalar) o‘kuv mashhulot yig‘inlari sharoitida va musobaqalarda, mashg‘ulotlar paytida kamayadi, bu har bir sportchi uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlarini sonini kamaytiradi. Xulosa: Sport federatsiyalari dietologlari amaliyotiga sportchining ovqatlanishini individuallashtirish bo‘yicha tavsiyalarning kiritilishi natijasida ortiqcha charchoq va ortiqcha mashg‘ulotlar bilan bog‘liq jarohatlar soni kamaydi. Har bir sportchi uchun yiliga 4 630 000 so‘mlik qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarni kamaytirishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: moddalar almashinuvi jarayonini genetik tiplarga bo‘lish orqali yuqori malakali sportchilarni oqsil, yog va uglevodlar kabi energiya resurslariga ehtiyojini aniqlash, hamda personal va tabaqalashtirilgan ovqat ratsionini shakllantirish imkoniyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuqori malakali sportchilarning sport ko‘rsatkichlarini yaxshilash, mashg‘ulotlar va musobaqalardan so‘ng tiklanish vaqtini qisqartirish uchun ularning genetik profili asosida samarali individuallashtirilgan ovqatlanish dasturini yaratish. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yuqori malakali eshkak eshuvchilar va yakkakurash sportchilar ratsionining ozuqaviy qiymatini tahlil qilish usuli nutrigenetik xususiyatlarini tahlil qilish usuli O‘zbekiston boks federatsiyasi va dzyudo federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylar amaliyotiga joriy va tatbiq etildi (Respublika sport tibbieti ilmiy amaliy markaz ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabrdagi 6 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: shundan iboratki, yuqori malakali sportchilar uchun individual ovqatlanishni joriy etish ularning sport mahoratini oshiradi va sog‘lig‘ini saqlaydi, shuningdek, mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydondagi mavqeini mustaxkamlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: turli ixtisoslikdagi sportchilarning (eshkak eshuvchilar va yakkakurashchilar) jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari ularni yaxshilash uchun ma’lum qo‘shimcha shart-sharoitlarni talab qiladi. An’anaviy tarzda (o‘z organizmidagi metabolizmning genetik xususiyatlarini hisobga olmagan holda) ovqatlanadigan sportchilar musobaqalarda sport ko‘rsatkichlarini oshirmasligi aniqlandi. Mashg‘ulot paytida haddan tashqari mashq qilish xavfi 12-18% gacha ko‘tarilishi isbotlangan. Aniqlanishicha, sportchilarni qo‘shimcha sog‘lomlashtirish uchun sport federatsiyalari byudjetidan har bir sportchiga yiliga o‘rtacha 536370 so‘m mablag‘ sarflanadi. Xulosa: sportchilarning ovqatlanishiga individual yondashuvni joriy etish ularning sportga tayyorgarlik darajasini oshiradi va jarohat olish xavfini kamaytiradi, ya’ni har bir sportchiga o‘rtacha 536370 so‘m tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eshkak eshish va yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarda tayergarlikning asosiy davrida individual genetik (nutrigenetik) xususiyatlar negizida shakllantirilgan ovqatlanish ratsionini qo‘llash sportchilarda tezlik-kuch, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni sezilarli darajada oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: har bir sportchining tezligi va kuchi, chidamliligi bo‘yicha mashg‘ulot darajasini oshirish uchun optimallashtirilgan ovqatlanish turini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yuqori malakali sportchilar uchun individual dietani tanlash usuli O‘zbekiston boks federatsiyasi va dzyudo federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylar amaliyotiga tatbiq etildi (Respublika sport tibbieti ilmiy amaliy markaz ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabrdagi 6 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: portchining individual genetik (nutrigenetik) xususiyatlariga asoslangan parhezdan foydalanish murabbiylar va sport dietologlari faoliyatida mashg‘ulot jarayonini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: intensiv mashqlar siklidan keyin sportchilarning tiklanishi uchun tibbiy va biologik xizmatlar sonini (sarfini) kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash genetik jihatdan aniqlangan ratsion turlari va sport federatsiyalari dietalari (standart menyu) bir sportchiga formuladan foydalangan holda amalga oshirildi. Xulosa: Yuqori malakali sportchilar uchun uning energiya qiymatini oqsillar, yog‘lar va uglevodlarda shakllantirish orqali individuallashtirilgan ovqatlanishning joriy etilishi natijasida federatsiya tomonidan ajratilgan bir sportchi uchun oziq-ovqatga iqtisod qilingan mablag‘ oyiga 428350 sum tashkil etdi. Beshinchi ilmiy yangilikning mohiyati: yukori malakali sportchilar moddalar almashuvi uchun mas`ul bulgan genlarining molekulyar genetik taxlili natijalari va nutrigenetika tamoyillari asosida yaratilgan personal ovkatlantirish yondashuvlari modelini qo‘llash eshkak eshish va yakkakurash bilan shug‘ullanadigan sportchilarning sport natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sportdagi muvaffaqiyatlar darajasini oshirish va turli kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun eshkak eshish va yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilarning genetik profilini hisobga olgan holda ovqatlanish tizimini optimallashtirishdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: turli ixtisoslikdagi yuqori malakali sportchilarning rejimi va ratsioniga shaxsiy yondashuv usuli O‘zbekiston boks federatsiyasi va dzyudo federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylar amaliyotiga tatbiq etildi (Respublika sport tibbieti ilmiy amaliy markaz ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabrdagi 6 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sport jamoalari va murabbiylar amaliyotida nutrigenetika tamoyillariga asoslangan sportchilarning ovqatlanishiga individual yondashuvlar modelini qo‘llash yanada samarali ovqatlanish dasturlarini ishlab chiqishga va ularning sportchilarining natijalarini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: turli ixtisoslikdagi yuqori malakali sportchilarning rejimi va ovqatlanishiga shaxsiylashtirilgan yondashuvning ishlab chiqilgan modelini joriy etish orqali barcha xarajatlar va mumkin bo‘lgan foyda hisobga olingandan so‘ng umumiy iqtisodiy foyda baholandi. Xulosa: Yuqori malakali sportchilarning rejimi va ovqatlanishiga shaxsiy yondashuvning ishlab chiqilgan modeliga asoslanib, xar bir sportchi uchun umumiy oyiga 1093881 sum iqtisod qiladi.