Yarmuxamedova Nargiza Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish», 14.00.38 – Sport tibbiyot 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2. DSc/Tib.74.
Ilmiy maslahatchilar: Sadikov Abdushukur Abdijamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, Gavrilova Elena Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘smir yoshdagi futbolchilar funksional holatini baholashda organizm chidamliligi va C-reaktiv oqsil miqdori (r=0,62) o‘rtasidagi, jismoniy faoliyat ko‘rsatkichlari va limfotsitlar miqdori (r=0,72) o‘rtasidagi to‘g‘ri xamda qondagi MPK va neytrofillar miqdori (r=-0,54) o‘rtasidagi teskari proporsional bog‘liqlik aniqlangan;
futbol bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarda immun holati, immun javob va apoptoz jarayoni xisobiga ikkilamchi immun disfunksiyaning shakllanishiga olib keluvchi, fagotsitlar bakteriotsit faolligining pasayishi, sitotoksik T-limfotsitlarning hamda faollashgan T- i V- limfotsitlar CD3/25, CD3/95 larning oshishi asoslangan;
ilk bor futbol bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarda ikkilamchi immuntanqislik rivojlanishiga organizmda virusli (adeno-, rino, gerpesvirusli) infeksiyalar ta’sirida immun tizim (hujayraviy va gumoral) faoliyatida nomutanosiblik apoptoz jarayoni kuchayishi, adaptiv immunitet shakllanishi buzilishi va sitokinlar disbalansi kelib chiqishi natijasi ekanligi isbotlangan;
futbol bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarda tez-tez qaytalanadigan virusli infeksiyalardan, xususan adenovirus- 40,6%, paragripp-18,8% va gerpesvirus-15,6% hollarda uchrab, ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishining asosiy xavf omillari ekanligi isbotlangan;
ilk bor o‘smir futbolchilar qizg‘in mashg‘ulotlar-musobaqalar jarayonida vitamin-mineral aralashmasi yordamida immunokorregirlovchi terapiya apoptoz jarayonini pasaytirishi va immun disbalansni tiklashi natijasida oksidlovchi stress jarayonni oldini olishi va yallig‘lanish oldi (IL-1, IL-6, TNF-α) xamda yallig‘lanishga qarshi (IL-4, IL-10, IFN-γ) sitokinlar faoliyatini muqobillashtirishga olib kelishi aniqlangan;
futbol bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlarda mashg‘ulot-musobaqa davrida sportchilarning salomatlik holatini quvvatlash maqsadida immunomodulyasion hamda nutrision terapiya sifatida tarkibida V, S, E, D gurux vitamin va Sa, P, Fe, Mg minerallar saqlovchi SIBUS aralashma qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 8 sentyabrdagi 52-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xati yuborilgan):
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor o‘smir yoshdagi futbolchilar funksional holatini baholashda organizm chidamliligi va C-reaktiv oqsil miqdori (r=0,62) o‘rtasidagi, jismoniy faoliyat ko‘rsatkichlari va limfotsitlar miqdori (r=0,72) o‘rtasidagi to‘g‘ri xamda qondagi MPK va neytrofillar miqdori (r=-0,54) o‘rtasidagi teskari proporsional bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchi-futbolchilarning o‘rganilgan tadqiqot ma’lumotlari asosida hujayraviy immunitetining funksional faolligining mumkin bo‘lgan buzilishlari aniqlangan va morfofunksional statusni, klinik-laborator, immunologik tahlillarni kompleks baholash yillik mashg‘ulot sikli davomida immun tizimi tomonidan paydo bo‘lgan buzilishlarini, xususan hujayraviy va gumoral tizimlarning etishmovchiligini ko‘rsatgan, gematologik ko‘rsatkichlar: leykotsitlar, neytrofillar, limfotsitlar darajasi bilan C-reaktiv oqsil (CRO) va immunitet tizimining T-hujayra bo‘g‘ini ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatlar aniqlangan, ular rivojlanayotgan ikkilamchi immun tanqisliklarning prediktori bo‘lishi mumkin, bu ularni erta bosqichlarda o‘z vaqtida tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, musobaqalarga tayyorlanayotgan yosh sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yillik mashg‘ulot sikli davomida immun tizimi tomonidan paydo bo‘lgan buzilishlarini erta aniqlash ularni sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni erta boshlash imkonini bergan hamda musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. Zamonaviy va arzon usullar yordamida o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda boshlanayotgan patologik jarayonlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra erta aniqlash hamda ularni erta davolash kasallikdan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini bergan. Bu boshqa qo‘shimcha tekshiruv va muolajalardan o‘tishni va bu tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishiga olib kelgan. 2.O‘smir-o‘spirin sportchilarda ikkilamchi immunodefisit natijasida rivojlanadigan o‘tkir va surunkali infeksion jarayonlar davosi va reabilitatsiyasi takomillashtirilgan va bu bilan dori darmonga ketadigan sarf xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: 13-17 yoshdagi futbolchi sportchilarning salomatlik holatini baholashda ularda virusli infeksiyaning surunkali o‘choqlari, disgarmonik jismoniy rivojlanish, kardio-respirator tizimning qoniqarsiz ko‘rsatkichlari mavjudligi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh sportchilarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar sportchi hisobiga byudjet mablag‘larini 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: futbol bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarda immun holati, immun javob va apoptoz jarayoni xisobiga ikkilamchi immun disfunksiyaning shakllanishiga olib keluvchi, fagotsitlar bakteriotsit faolligining pasayishi, sitotoksik T-limfotsitlarning hamda faollashgan T- i V- limfotsitlar CD3/25, CD3/95 larning oshishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Asosiy guruh futbolchilarida faollashgan T-limfotsitlar CD3+CD25+, CD3+HLA DR i CD3+CD95+ soni nazorat guruhiga nisbatan mashg‘ulotlar-musobaqa faoliyatning barcha davrlarida deyarli bir xil bo‘lib, CD3+CD95+ bundan mustasno – tiklanish davrida. Barcha sportchilarda CD3+CD25+ va CD3+CD95+ darajalari (tiklanish davridan tashqari) fiziologik me’yor qiymatlaridan yuqori bo‘lgan. Bu apoptoz jarayonlarining faollashishini ko‘rsatdi, bu ikkilamchi immunitet tanqisligining rivojlanishiga va immunitet tizimining jismoniy faollikning oshishiga (haddan tashqari), shug‘ullanish jarayonini o‘tkazish, makrotsikllarning ishlab chiqilgan yillik rejalarini tashkil etish uchun tegishli metodologiyaning yo‘qligiga javobi bo‘lib, jismoniy faoliyat natijalari tabiiy ravishda aks etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda ikkilamchi immuntanqislik holatini erta aniqlash va immunoprofilaktika o‘tkazish, ushbu guruhdagi sportchilarda virusli kasalliklar rivojlanishi, residivlanishi, hamda surunkali jarayonni cho‘zilishini oldini olishga erishilgan. Bu esa turli shakldagi virusli kasalliklari bor sportchilarni reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda ikkilamchi immuntanqislik xolatini shakllanish mexanizmlari ochib berilishi va amaliyotga tadbiq etish to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga olib kelgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi va buning xisobiga harajatlar keskin kamaytirilgan. Sportchilar o‘rtasida virusli infeksion kasalliklar sonini kamayishi xisobiga bemorlar koyka kunlari 40% ga kamaydi (1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik standartiga immun tizimi ko‘rsatkichlarini monitoringini kiritish ikkilamchi immuntanqislik xolatiga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘lgan. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1250 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 5250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, ya’ni koyka kunlarini 40% gacha kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor futbol bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarda ikkilamchi immuntanqislik rivojlanishiga organizmda virusli (adeno-, rino, gerpesvirusli) infeksiyalar ta’sirida immun tizim (hujayraviy va gumoral) faoliyatida nomutanosiblik apoptoz jarayoni kuchayishi, adaptiv immunitet shakllanishi buzilishi va sitokinlar disbalansi kelib chiqishi natijasi ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarida me’yoriy qiymatlarga nisbatan sezilarli farqlar aniqlandi: T-limfotsitlar darajasining 42% ga; V-limfotsitlar - 36% ga kamayishi; immunoregulyator va fagotsitar indekslarning disbalansi, ikkilamchi immunitet tanqisligi bilan 97% sportchilarda tasdiqlandi. Nutritiv qo‘llab – quvvatlash olgan futbolchilarda yillik mashg‘ulot sikli davomida organizmning spesifik himoyasini - 73,5% da va nospesifik himoyasini normallashishi - 82% sportchida qayd etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, o‘smir sportchilarda virusli infeksion kasalliklar yuz berishini o‘rtacha 60% dan 24,5% ga kamaygan va bu o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarni sog‘lomlashtirish va immun tizimining disbalansini profilaktikasini o‘tkazish kasaliklardan keyin reabilitatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, jahon miqyosidagi musobaqalar va turnirlarda chiqishlarning muvaffaqiyatini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunologik tahlillarni kompleks baholash yillik mashg‘ulot sikli davomida immun tizimi tomonidan paydo bo‘lgan buzilishlarini, xususan hujayraviy va gumoral tizimlarning etishmovchiligini ko‘rsatgan, ular rivojlanayotgan ikkilamchi immun tanqisliklarning prediktori bo‘lishi mumkinligi aniklangan va shu asosida immunoprofilaktika o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirilgan. Xulosa: avvalo, gematologik ko‘rsatkichlar: leykotsitlar, neytrofillar, limfotsitlar darajasi bilan C-reaktiv oqsil (CRO) va immunitet tizimining T-hujayra bo‘g‘ini ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatlar aniqlangan. Shuning asosida o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda virusli kasalliklar rivojlanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: futbol bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarda tez-tez qaytalanadigan virusli infeksiyalardan, xususan adenovirus- 40,6%, paragripp-18,8% va gerpesvirus-15,6% hollarda uchrab, ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishining asosiy xavf omillari ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bolalarda kuchli jismoniy zo‘riqish fonida yuqumli kasalliklar organizmning moslashish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. O‘smir-o‘spirin futbolchilarda virusli patologiya bilan bog‘liq ikkilamchi immun tanqislikni erta tashxislash mumkin bo‘lgan klinik-diagnostik o‘zgarishlar aniqlangan, jumladan, immun tizimining hujayraviy bo‘g‘inini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruh futbolchilarida T-limfotsitlarning (CD3+) umumiy soni nazorat guruhiga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi. Xelper/induktor T-limfotsitlar (CD3+CD4+), sitotoksik (CD3+CD8+) subpopulyasiyalarini o‘lchash asosiy guruh sportchilarida bu ko‘rsatkichlarning nazorat bilan solishtirganda oshganligi aniqlandi, barcha davrlarda sitotoksik T-limfotsitlar (STTL) CD3+CD8+ ning o‘rtacha qiymatlari fiziologik ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan. Bunday adaptiv immunitet tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan buzilishlarni oldini olish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik standartiga immun tizimi ko‘rsatkichlarini monitoringi kiritilgan, shu asosida musobaqada qatnashuvchi sportilarda virusli kasalliklar yuz berish ehtimoli kamayishiga, hamda davolashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, o‘smir sportchilarda virusli infeksion kasalliklar yuz berishini o‘rtacha 60% dan 24,5% ga kamaygan va bu o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarni sog‘lomlashtirish va immun tizimining disbalansini profilaktikasini o‘tkazish kasaliklardan keyin reabilitatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, jahon miqyosidagi musobaqalar va turnirlarda chiqishlarning muvaffaqiyatini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunologik tahlillarni kompleks baholash yillik mashg‘ulot sikli davomida immun tizimi tomonidan paydo bo‘lgan buzilishlarini, xususan hujayraviy va gumoral tizimlarning etishmovchiligini ko‘rsatgan, ular rivojlanayotgan ikkilamchi immun tanqisliklarning prediktori bo‘lishi mumkinligi aniqlangan va shu asosida immunoprofilaktika o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirilgan. Xulosa: avvalo, gematologik ko‘rsatkichlar: leykotsitlar, neytrofillar, limfotsitlar darajasi bilan C-reaktiv oqsil (CRO) va immunitet tizimining T-hujayra bo‘g‘ini ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatlar aniqlangan. Shuning asosida o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda virusli kasalliklar rivojlanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor o‘smir futbolchilar qizg‘in mashg‘ulotlar-musobaqalar jarayonida vitamin-mineral aralashmasi yordamida immunokorregirlovchi terapiya apoptoz jarayonini pasaytirishi va immun disbalansni tiklashi natijasida oksidlovchi stress jarayonni oldini olishi va yallig‘lanish oldi (IL-1, IL-6, TNF-α) xamda yallig‘lanishga qarshi (IL-4, IL-10, IFN-γ) sitokinlar faoliyatini muqobillashtirishga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Vitamin-mineral aralashmasi bilan nutrision qo‘llab-quvvatlash orqali ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlarini korreksiyalashdan olingan eksperimental usullarga asoslanib, uni sportchilar immunitetining hujayraviy bo‘g‘iniga (uning boshqa bo‘g‘inlari bilan taqqoslaganda) kamroq ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Biroq, u yuqori sport zo‘riqishlari davrida T-limfotsitlar apoptoz jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan immun disbalansni oldini oladigan oksidlovchi stress jarayonlarini oldini oladi. Binobarin, vitamin-mineral aralashmalar sportchilar immunitetining sitokin regulyasiyasini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ishlab chiqilgan algoritm va o‘smir-o‘spirin yoshidagi futbolchi sportchilarni tibbiy-biologik nazorat qilish dasturi virusli infeksiyalar fonida yuzaga keladigan immunopatologik jarayonlarni faol ravishda tashxislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dastur doirasida belgilangan barcha vazifalarning amalga oshirilishi o‘smir-o‘spirin yoshidagi sport kontingenti orasida IIT ni etarli va samarali monitoringini va o‘z vaqtida immunokorreksiyasini ta’minlaydi, bu ularning mashg‘ulotlarini amalga oshirish va katta professional sportga o‘tkazishda ayniqsa muhimdir. Ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlarini tashxislash algoritmi asosida futbolchilarni tibbiy-biologik nazorat qilish dasturini amalga oshirish natijalari samaradorligi-92%, spesifikligi-87% ni ko‘rsatdi. Xulosa: Immunologik ko‘rsatkichlar va klinik-laborator ma’lumotlarini tahlil qilish asosida IIT ni tashxislash algoritmi, shuningdek, sport kontingenti o‘rtasida o‘tkazish uchun sportchilarni tibbiy-biologik nazorat qilish dasturi yordamida IIT larni klinik-gematologik ko‘rsatkichlar va birlamchi prediktorlar bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘ldi, ushbu tadbirlarni ChTK doirasida o‘tkazish jahon miqyosidagi musobaqalar va turnirlarda chiqishlarning muvaffaqiyatini ta’minlashning yakuniy maqsadiga erishish uchun immun tizimining disbalansini profilaktikasini o‘tkazish imkonini bergan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: futbol bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlarda mashg‘ulot-musobaqa davrida sportchilarning salomatlik holatini quvvatlash maqsadida immunomodulyasion hamda nutrision terapiya sifatida tarkibida V, S, E, D gurux vitamin va Sa, P, Fe, Mg minerallar saqlovchi SIBUS aralashma qo‘llash samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vitamin-mineral aralashmalarni iste’mol qilish intensiv sport faoliyati davrida futbolchilarning immunorezistenligini oshiradi va u (shu davrlarda) ikkilamchi immunitet disfunksiyalarini oldini olish va korreksiyalash uchun ishlatilishi mumkin, bu eng fiziologik usul va farmakologik vositalarga alternativa sifatida immunoprofilaktika uchun ishlatiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Samarqand viloyati Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.09.2023 yildagi 2-sonli buyrug‘i bilan, Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 5.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan hamda Surxandaryo viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan o‘smir-o‘spirin yoshdagi bolalar sport maktabining 3.01.2023 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda virusli infeksiyalar oqibatida yuzaga keladigan ikkilamchi immunitet tanqisligini erta tashxislash algoritmidan foydalanish natijasida IIT aniqlangan futbolchi-sportchilarda mashg‘ulot jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini ko‘rsatdi, buning natijasida sportchilarning umumiy va maxsus ish qobiliyatini tiklash, buzilgan moslashish jarayonlarini tiklash, IIT rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan virusli kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan, bu holatlar mashg‘ulot davri yoki musobaqalar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan, shuning uchun organizm funksional faol tizimlarining faoliyatini tiklaydigan, maxsus ishlab chiqilgan vitamin-mineral aralashmalar yordamida korreksiyalovchi yordam qo‘llanilib, samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Immun yo‘naltirilgan nutrision qo‘llab-quvvatlashning futbolchi sportchilarining immunitet holatiga ta’sirini o‘rganish natijalarida aniqlandiki, eng qizg‘in mashg‘ulotlar-musobaqalar davrida (iyul`, oktyabr`) fagotsitlarning yutish qobiliyati va ularning bakterisid faolligi yaxshilandi; yuqori va past molekulyar og‘irlikdagi SIK darajalari pasaydi va bir vaqtning o‘zida immunoglobulinlarning barcha sinflari (A, G, M) konsentratsiyasining oshishi kuzatilgan. Buning natijasida o‘smir-o‘spirin yoshdagi sportchilarda virusli infeksion kasalliklar yuz berishi extimolini aniqlashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib,1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: virusli infeksiyalar sabab bo‘lgan ikkilamchi immunitet tanqisligini shakllanishida o‘smir yoshdagi futbolchilarning gumoral immuniteti va yallig‘lanishga oid sitokinlarining xususiyatlari tahlili ulardagi ikkilamchi immuntanqislik xolatini profilaktikasiga tug‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘lgan. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 40% gacha kamayishiga olib keldi va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sportchilarda virusli infeksiyalarda ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha tashkiliy va davolash-profilaktika choralari kompleksini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sport maktablarida sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi 239-sonli xat yuborilgan.