Tashmatov Ravshan Kobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovuq holatda shtamplash asboblarini chidamliligini oshirish uchun termik puxtalash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2856.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Begatov Jaxongir Muxamadjonovich, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovuq holatda shtamplash asboblarining chidamliligini oshirish uchun termik puxtalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
puanson va matrisalarning ishchi qismlariga termik ishlov berish texnologiyasi po‘lat listlarni shtamplash mobaynida yuzaga keladigan zo‘riqish kuchlarining hosil bo‘lish joylari asosida ishlab chiqilgan;
sovuq holatda shtamplovchi puansonni 450°C haroratda oraliq qizdirib bo‘shatish bilan takomillashtirilgan termik ishlov berishning izotermik rejimi po‘lat strukturalarini o‘zgarishi, tuzilish va xususiyatlariga ta’sirini austenitning izotermik o‘zgarish diagrammasi asosida ishlab chiqilgan;
matrisani yuqori haroratda qizdirish bilan termik ishlov berish texnologiyasi perlitning austenitga aylanishi natijasida ferrit bilan sementit chegarasida austenitning boshlang‘ich donalari hosil bo‘lishi asosida ishlab chiqilgan;
chala martensit hosil qilingan maydonda qoldiq austenit mavjud bo‘lganda asbobsozlik po‘latlari toblanuvchanlikda darz ketishi hosil bo‘lmasligi aniqlangan;
sovuq holatda list shtamplash asboblarining chidamliligini oshirish uchun oraliq bo‘shatib toblash orqali termik ishlov berish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sovuq holatda shtamplash asboblarining chidamliligini oshirish uchun termik ishlov berish usuli bilan puxtalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
puanson va matrisalarning ishchi qismlarini termik ishlov berish texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 26.05.2022-yildagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida puanson va matrisalarning ishchi yuzalarining xizmat muddati 1,2-1,3 martaga oshgan;
sovuq holatda shtamplovchi puansonni 450°C haroratda oraliq qizdirib bo‘shatish bilan takomillashtirilgan termik ishlov berishning izotermik rejimi “O‘zmetkombinat” AJning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 26.05.2022-yildagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida metall sarfi 12-15% ga kamaytirishga imkon bergan;
matrisani yuqori haroratda qizdirish bilan termik ishlov berish texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 26.05.2022 yildagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida matrisaga termik ishlov berish uchun sarf bo‘ladigan kapital xarajatlar 15-20 % ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish