Sultonova Maxbubaxon Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atmosfera optik aloqa tizimlari asosidagi yuqori tezlikli transport tarmoqlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”,05.04.02 –“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3549.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasi geografik mintaqalari uchun statistik meteorologik ma’lumotlarga ishlov berish yoʻli bilan meteorologik ko‘rinish masofasi integral taqsimot funksiyalarini, atmosfera optik uzatish tizimi asosida mobil aloqada yuqori tezlikli transport tarmoq loyihasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan mintaqa uchun meteorologiya xizmatlarining statistik ma’lumotlariga ishlov berish yo‘li bilan olingan meteorologik ko‘rinish masofasi taqsimoti qonuni asosida uzilishsiz aloqa ehtimolligini aniqlovchi takomillashtirilgan uch bosqichli usul ishlab chiqilgan;
ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra,  respublikamizning geografik mintaqalari uchun qayd etilgan meteorologik sharoitlar bo‘yicha atmosfera aloqa kanalidagi o‘zgaruvchanlikni aniqlashiga imkon beruvchi meteorologik ko‘rinish masofasi so‘nishining integral taqsimoti funksiyalari aniqlangan;
atmosferaning ko‘rinish sharoitini yuqori aniqlikda n-darajadagi ko‘phad bilan approksimatsiyalovchi meteorologik ko‘rinish masofasi integral taqsimoti funksiyalarining analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
4G/5G mobil tizimlarida yuqori tezlikli atmosfera optik tizimlaridan foydalanish imkoniyati ilmiy jihatdan isbotlangan va atmosfera aloqa kanalining yuqori tayyorlik koeffisientli Fronthaul tarmog‘i loyihasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi geografik mintaqalari uchun statistik meteorologik ma’lumotlarga ishlov berish, meteorologik ko‘rinish masofasi integral taqsimot funksiyalarini, mobil aloqada atmosfera optikli yuqori tezlikli uzatish transport tarmoqlarni tadqiqqilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
muayyan mintaqa uchun ishlab chiqilgan meteorologiya xizmatlarining statistik ma’lumotlariga ishlov berish yo‘li bilan olingan meteorologik ko‘rinish masofasi taqsimoti qonuni asosida uzilishsiz aloqa ehtimolligini aniqlovchi takomillashtirilgan uch bosqichli usuli hamda ilmiy jihatdan isbotlangan 4G/5G mobil tizimlarida yuqori tezlikli atmosfera optik tizimlaridan foydalanish imkoniyati va atmosfera aloqa kanalining yuqori tayyorlik koeffisientli Fronthaul tarmog‘i loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tassarufidagi korxonalarda, xususan UNICON.UZ DUKda mobil aloqa yuqori tezlikli transport tarmoqlariga talablarni o‘rnatadigan davlat standartlarini ishlab chiqish jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 33-8/1143 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada atmosferali optik trassaning 2 kmdan kichik uzunligida aloqani rad etmaslik ehtimolligi 0,998 dan kam emasligi aniqlangan;
ko‘p yillik kuzatuvlar asosida respublikamizning geografik mintaqalari uchun qayd etilgan meteorologik sharoitlar bo‘yicha atmosfera aloqa kanalidagi o‘zgaruvchanlikni aniqlashiga imkon beruvchi aniqlangan meteorologik ko‘rinish masofasi so‘nishining integral taqsimoti funksiyalari hamda ularning n-darajadagi ko‘phad bilan approksimatsiyalangan analitik ifodalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasining geografik mintaqalari meteorologik holatlarni bashoratlash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 33-8/1143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining geografik mintaqalari uchun meteorologik ko‘rinish masofasining o‘rtacha yillik qiymatlari aniqlandi;
ilmiy jihatdan isbotlangan 4G/5G mobil tizimlarida yuqori tezlikli atmosfera optik tizimlaridan foydalanish imkoniyati va ishlab chiqilgan atmosfera aloqa kanalining yuqori tayyorlik koeffisientli Fronthaul tarmog‘i loyihasi «NET FEAT MOBILE» MChJda mobil aloqa tizimini loyihalash va tadqiqot ishlarini o‘tkazish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 33-8/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida 2,5 kmgacha masofalarda0,98 tayyorlik koeffisientiga ega bo‘lgan atmosfera optik aloqa tizimlarini joriy etish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish